Nuraliyev ismoiljon


-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа sug`оrish vа suv rеsurslаridаn


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

18-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа sug`оrish vа suv rеsurslаridаn 
fоydаlаnish yo`llаri. 
Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning asosiy manbai-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, bugungi kunda dunyo aholisi is’temol qilayotgan oziq-ovqat 
mahsulotlarining 20,0 foizda ko`prog`i dengiz, okean va o‘rmon xo‘jaliklariga 
to‘g‘ri kelgani holda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hissasiga esa 80,0 foizdan 
ortiq.XX asrning 50-yillariga qadar barcha mamlakatlarda, jumladan, 
O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga, ya’ni 
ekstensiv usullarda rivojlantirishga asosiy e’tibor berilgan. Bugungi kunda esa 
deyarli barcha mamlakatlarda haydaladigan yerlarning qisqarishi, lalmikor yerlar, 
yaylovlar va o‘tloqlarning ekologik holatini yomonlashuvi, tuproq eroziyasi hamda 
sho‘rlanish oqibatida yer tabiiy unumdorligining keskin pasayishi jiddiy 
muammoga aylandi. Shahar va qishloqlarning «eniga» kengayishi, sanoat ishlab 
chiqarishi infratuzilmalari va boshqa xizmatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq holda 
yer-suv taqchilligi kuchayib, asosan unumdor yerlar kamaygan. 
XX asrning 50-yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy rivojlangan davlatlar, 80-
yillardan esa rivojlanayotgan davlatlar, 90-yillardan esa bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan davlatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ilm-fan yutuqlari 
asosida texnik-texnologik jihatdan mutlaqo yangi biologiya, genetika, seleksiya 
yutuqlarini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika asoslarini mustahkamlash, 
kimyolashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tuzilmalarini takomillashtirish 
omillaridan keng sur’atda foydalanish boshlangan. Sug‘orma dehqonchilikning 
iqtisodiy samarasi lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3–3,5 marta yuqori bo‘lishi 
ko‘p mamlakatlarda sug‘oriladigan yerlarni muttasil kengayishiga olib keldi. 
Chunonchi, XX asr boshida dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 40,0 mln gektar 
bo‘lsa, XX asrning oxirlarida 330,0 mln. gektarga yetdi yoki 8,2 marta o‘sdi. 
Sug‘orma dehqonchilik Sharq mamlakatlarida juda tez rivojlandi, ayniqsa, Xitoy 
va Hindistonda mavjud ekin maydonlarining 45,0 foizi sug‘oriladigan 
maydonlardan iborat bo‘lsa, bu ko‘rsatkich AQSh va Rossiyada bundan ham katta 
qiymatga tengdir. Birgina O`rta Zarafshon havzasidagi Damxo‘ja suv taqsimlovchi 
inshoati Samarkand viloyatidagi uchinchi gidroinshoat bo‘lib, Oq-Qoradaryo suv 
taqsimlovchi inshoatidan 57 km quyida Qoradaryoda kurilgan. Damxo’ja 
gidrouzeli Qoradaryo daryosida joylashgan, ma’muriy jihatdan u Samarqand 
viloyati Kattaqo’rg’on tumaniga qaraydi. Qoradaryoning shu uchastkasidagi 
maksimal sarfi, 560 m³/s, tubining nishabligi 0,0027, oqim tezligi 3,5 m/s. 
Kattaqo’rg’on suv omboriga suv eltuvchi kanalga hamda Miyankal — Xatirchi, 
Damarik kanallariga kafolatlangan suv chiqarish gidrouzelining asosiy vazifasiga 
kiradi. Gidrouzel tasarrufidagi sug’oriladigan maydon 49200 ga teng. Damxo‘ja 
gidrouzeli 1955–1956 yillarda qurilgan va 1956 yildan boshlab foydalanishga 
topshirildi. Gidrouzelning pasportida uning konstruksiyasi 3- klassli ochiq va 
to‘siqli temir-betonli, Farg‘ona tipiga mansubligi aytiladi 


NURALIYEV ISMOILJON 
22 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling