Nuraliyev ismoiljon


-mavzu.  Suvdаn fоydаlаnishdа


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/39
Sana14.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1198944
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Qishloq xojaligi iqtisodiyoti fanidan mustaqil talim Nuraliyev I

19-mavzu.
 Suvdаn fоydаlаnishdа
tеjаmkоr tехnоlоgiyalаr vа 
uni аmаliyotgа jоriy etish yo`llаri. 
So‘nggi ikki yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanayotganligi natijasida 2020 yilning o‘zida qo‘shimcha 133 ming 
gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi. Biroq, tobora 
kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib 
borayotgani qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin 
oshirishni talab etmoqda.: Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘simlikning suvga bo‘lgan 
ehtiyojiga teng miqdordagi suvni zarur muddatda uning ildiz qatlamiga yetkazib 
berishga mo‘ljallangan bosimli sug‘orish tarmog‘idir. Olimlarning ma’lumotlarga 
ko‘ra, bir sentner paxta hosili olish uchun tomchilatib sug‘orish tizimida egat orqali 
sug‘orishga nisbatan 1,8-1,9 marta kam suv beriladi. Tomchilatib sug‘orish orqali 
ekinning ildiz tizimi normal shakllanadi va dalani bir tekisda namlashga erishiladi. 
Dala qatororalariga ishlov berishga sarflanadigan sarf-xarajat qamayadi. 
Tomchilatib sug‘orishda avvalo, tuproqda o‘simlik uchun zarur bo‘lgan maqbul 
namlikni ushlab turishga erishiladi, suvning quyosh yoki shamol ta’sirida 
bug‘lanishi oldi olinadi, suv o‘simlik ildiz tizimini namlantirish orqali tuproqdagi 
namlikni eng maqbul darajasini saqlab turadi. Tomchilatib sug‘orish usuli 
qo‘llanilishi natijasida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosil berishi uchun 
optimal sharoitlar yaratiladi, ekin turiga qarab, 80 foizgacha suv tejaladi.
u usulni 
dala sharoitida ishlatish orqali tuproqda qatqaloq paydo bo‘lmaydi va o‘simlikning 
havo almashinuvi yaxshilanadi, kultivatsiya qilishga ehtiyoj bo‘lmaydi. O‘simlik 
ozuqa moddalar bilan yaxshi to‘yinadi, tomchilatib sug‘orishda dala emas, 
yetishtirilayotgan ekin sug‘oriladi.Tomchilatib sug‘orish usulini qo‘llashning asosiy 
tamoyili suv o‘simlikning faqat ildiziga boradi va o‘simlikning o‘sishini boshqarish 
imkoniyati yaratiladi. Bunda ekinlar hosildorligini oshirish ko‘rsatkichi 15-30 
foizga yetadi. Suvning tashlamaga chiqib ketishini tugatadi va suvdan foydalanish 
koeffitsiyenti 0,98 gektarga qadar ortadi. Tuproqning tabiiy unumdorligini tiklash 
va oshirish uchun sug‘orish suvi bilan mineral o‘g‘itlar, mikroelementlar va 
kimyoviy meliorantlarni dozalangan miqdorda solishga erishiladi. Ko‘p yillik ilmiy 
tadqiqot ishlarini tahlil qilish orqali tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy 
qilinganda paxtadan gektariga 50-55 sentner, makkajo‘xoridan 120-130 tonna poya, 
25-32 tonna don, pomidordan 130-140 tonna, (ochiq yerda) issiqxonada 500 tonna, 
uzumdan 5 tonna, olmadan 60 tonna, kartoshkadan 45 tonna hosil olishga erishiladi. 


NURALIYEV ISMOILJON 
23 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling