Nuraliyeva xafiza otaevna
Dorixonalarning er maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Dorixonalarning er maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixonalar uchun agar dorixonani filiali bo‗lsa 54 m 2 dan kam bo‗lmagan, agar dorixonani filiali bo‗lmasa 34 m 2 dan kam bo‗lmagan hajmga ega bo‗lgan maydonga, qishloq joylarida vrachlik puntlari binolarida 8 m 2 kam bo‗lmagan maydon ajratilishi kerak ( SanQ va M № 0337-16 ). Ajratilgan er maydoni ifloslanmagan, quruq, yaxshi insolyasiyali va tinch relefli bo‗lishi kerak, qisman og‗ishmaga ega bo‗lgan va janubga qaragan maydonni tavsiya qilish mumkin. Bu nafaqat qulay insolyasiya sharoitini ta‘minlab qolmasdan, balki atmosfera yog‗inlarining tabiiy oqib ketishini ta‘minlaydi. Shimoliy va g‗arbiy og‗ma maydonlar dorixona qurish uchun tavsiya etilmaydi. Er osti grunt suvlari - er yuzasiga yaqinlik darajasi 1,5 m dan kam bo‗lmasligi kerak. Bunday suvlarning er yuzasiga yaqin turishi dorixona erto‗lasiga suv toshishi, devorlarda, fundament va bino xonalarida namlik paydo bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatib, dori preparatlarining holati va xossasiga ta‘sir qiladi, chunki ularning ko‗pchiligi namlikka sezgir bo‗ladi. Dorixona er maydoni atmosfera chiqindilaridan, shovqin va sanoat korxonalari, aeroport, kommunal manbalar faoliyati bilan bog‗liq tashqi muhitning salbiy omillaridan himoyalangan bo‗lishi kerak. Shuning uchun, dorixona maydoni salbiy ta‘sirlarga ega bo‗lgan manbalar orasida sanitariya himoya maydonlari bo‗lishi lozim. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar dorixonaning shamol esmaydigan (shamol guli, ya‘ni shamolning esishi) tomoniga joylashtiriladi. Er maydoni atmosfera havosida zararli moddalar miqdori havo uchun belgilangan REK dan oshmasligi kerak. Dorixona binosidan tashqari maydonda omborxona, mashinalar turar joyi, germitizatsiyalangan ahlatxona va oqava suvlar o‗rasi bo‗lishi kerak. Dorixona bilan funksional bog‗liq bo‗lmagan qurilish binolarini maydonga joylashtirish ruxsat etilmaydi. Markazlashgan suv bilan ta‘minlanishi mumkin bo‗lmaganda quvurli quduq o‗rnatiladi, agar shaxtali quduq o‗rnatilgan bo‗lsa Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan doimiy, qat‘iy nazorat qilib borish, quduqni vaqti -vaqti bilan tozalash va zararsizlantirish lozim. Ifloslantirish manbai va quduq orasidagi oraliq 25 m dan kam bo‗lmasligi kerak. Dorixonada 97 kommunikatsiya o‗rnatishning iloji bo‗lganda, xovlida yaxshi jihozlangan va suv o‗tkazmaydigan o‗rali hojatxona joylashtiriladi. Dorixona er maydonining 15-25% qurilish binolari va 60% dan kam bo‗lmagan qismi ko‗kalamlashtirilgan maydonga to‗g‗ri kelishi kerak. Yyk tushirish maydonchasi va qulay kirish yo‗lakchalarini qurilishi maqsadga muvofiqdir. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling