Nuraliyeva xafiza otaevna
DORIXONA XODIMLARINING SHAXSIY GIGIYENASI
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
4.3. DORIXONA XODIMLARINING SHAXSIY GIGIYENASI.
Dorixona ishchi-xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari. Dorixona xodimlari ishga kirishdan oldin dastlabki va ish jarayonida davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tishlari kerak va ko‗rik natijalari sanitariya daftarchasiga qayd etiladi. Farmatsevtika xodimlari bir yilda bir marta terapevt, dermatovenerolog nazoratidan o‗tishi, flyurografiya qildirishi, jinsiy yo‗l bilan yuqadigan kasalliklarga analiz topshirishi lozim. Ishlab chiqarish sohasida ishlaydigan xodimlar qo‗shimcha yiliga bir marta oftalmolog, nevropatolog, 102 otorinolaringologga tashrif buyurishlari, leykotsit formulasini aniqlash uchun umumiy qon testini o‗tkazishlari kerak. Bundan tashqari, har bir xodim o‗z sog‗ligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni rahbariyatga ma‘lum qilib borishi kerak. Yyqumli kasalliklar bilan kasallangan, teri va ko‗z, burun shilliq pardalarining shikastlanishi bo‗lgan ishchi xodimlar ishga qo‗yilmaydi. Kasallik aniqlangan ishchi xodimlar davolanish va sog‗ligini qayta tiklash uchun yuboriladi va davolash profilaktika muassasasi tomonidan sog‗ligi tiklanganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma bo‗lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta bajarilishi shart va bu odatiy bo‗lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi ko‗rinishi, kiyim va qo‗llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigiyenik bilimlarga amal qilishi sanitariya oqartuvida katta rol o‗ynaydi. Dorixona xodimlarining xaridorlar bilan bo‗lgan muomalasi, gapirish madaniyati namunali bo‗lishi kerak. Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‗mol yoki qalpoq) bo‗lishi kerak. Shuning uchun u uchta xalat va uchta bosh kiyimi bo‗lishi, kamida ikki marta almashtirishi, sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‗llarini sovunlab va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvishi lozim. Xalat va shahsiy kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq kiyimlarini almashtirishlari lozim. Dorixona xodimlari hojatxonaga kirayotganlarida xalatni echishi, chiqqandan so‗ng qo‗llarni sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha, bularning hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‗lishi kerak. Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi, ishlab chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‗moldan tashqari begona 103 narsalarning xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shahsiy kiyim va ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta‘qiqlanadi. Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e‘tibor berish lozim. Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holatlarda tayyorlanilishi kerak. Ish vaqtida tananing barcha qismi yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq kiyim, dokali niqob kiyilishi shart. Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xodimlari oziq-ovqat, chekish materiallari yoki shaxsiy dori-darmonlarni dorixonalar ishlab chiqarish sohalarida va tayyor mahsulotlarni saqlash joylarida iste‘mol qilmasligi va saqlamasligi kerak. Xalatlarining cho‗ntaklarida ro‗molchadan tashqari shaxsiy buyumlar bo‗lmasligi kerak. Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 10% ammiak eritmasi solingan ikkita sirli tog‗arachada qo‗l zararsizlantiriladi. Qo‗lni dokali salfetka yoki paxta bilan avval birinchi, so‗ng ikkinchi tog‗arachada zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‗aradagi suv xira bo‗lsa zararsizlantirishni yana takrorlash lozim. Qo‗l yuvilganidan so‗ng quruq steril sochiq, so‗ng 3-5 daqiqa 70 0 S etil spirti bilan artiladi. Bu omillarni oldini olish uchun avvalambor ish joyini to‗g‗ri jihozlash, kompleks va kichik mexanizatsiyalangan texnologik va tashkiliy muhit ta‘minlanishini to‗g‗ri tashkil qilish kerak. Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash uchun kerak bo‗ladigan qo‗shimcha materiallar va moddalar ortiqcha harakat qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin joyga joylashtirilgan bo‗lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‗g‗ri tutishga majbur qilmaydigan qilib tanlanishi kerak. Ishda qo‗llaniladigan jihozlar va buyumlar stol ustida qulay va ratsional joylashtirilishi lozim. Ish jarayonida o‗ng qo‗lda olinadigan barcha narsalar (tarozi 104 toshlari, ruchka va boshqalar) o‗ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda tarozi, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi. Stol va stul konstruksiyasi organizmning fiziologik holatiga mos kelishi va ishlashga qulay bo‗lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli dori shakllarini qadoqlashda, idishlarni to‗ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va boshqa jarayonlarni qo‗l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‗liq taqiqlash kerak. Ko‗pgina diqqatni ishlab chiqarish jismoniy mashgg‗ulotlarga, mikrotanaffusga, tana holatini o‗zgartirishga, mehnatning ilmiy elementlarini kiritishga qaratish lozim. Tahminiy va davriy tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish, ko‗z, tayanch-harakatlantiruvchi apparatlardagi o‗zgarishlar va boshqa kasalliklarni oldini olishga imkon beradi. Ishlab chiqarishda aseptik sharoitda ishchi xodimlarni ishlashga tanlash va tayyorlashga alohida e‘tibor qaratish lozim. Aseptik bo‗limda ishlaydigan xodimlar ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklarga, ya‘ni qo‗llarni doimiy tozalashga, kiyimni qat‘iy belgilangan ketma-ketlikda o‗zgartirishlarga, yuzga taqiladigan niqoblarga, qo‗ldagi rezina qo‗lqoplarga ko‗nikishlari shart bo‗ladi. Xodimlarning salomatlik holatiga alohida e‘tibor beriladi va quyidagilarga aseptik bo‗limda ishlash taqiqilanadi: tanasidan ter va epidermis ko‗p ajratuvchilar, allergik kasalliklarga chalinganlar, surunkali yo‗talga chalinganlar, bakteriya tashuvchilar. Xodimning og‗iz va burun bo‗shlig‗i dastlabki sanatsiyadan o‗tkazilishi zarur. Xodimning shaxsiy psixologiyasiga xam alohida e‘tibor beriladi. Tinch, muvozanatli xarakterga ega bo‗lish talab etiladi, chunki hissiy odam odatda tezroq harakat qiladi, ko‗proq nafas oladi, ko‗proq terlaydi va gapiradi, shuning uchun ko‗proq zarrachalarni va mikroorganizmlarni o‗zidan ajratadi. Bundan tashqari, bu bo‗lim xodimlari ishning bir xilda (monotonlik) uzoq vaqt davom etishiga sabr toqat bilan chidashlari va bajarilayotgan xar bir jarayonga diqqatlarini jalb qilishlari kerak. Ko‗rsatmalardagi ko‗plab qoidalar va talablarga rioya qilish juda muximdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling