Nuraliyeva xafiza otaevna


Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti deb xona yorug‗ligining (XYo) bir vaqtda 
tashqi yorug‗likka, ya‘ni osmondan to‗g‗ri tushayotgan tabiiy yorug‗likka (TYo) 
bo‗lgan nisbatining foiz ifodasidagi qiymatiga aytiladi, uni topish uchun: 
TYoK = xona yorug‗ligi x100 / tashqi yorug‗lik. 
Ish joyidagi va tashqaridagi yorug‗lik lyuksmetr yordamida bir vaqtda 
aniqlanadi. Dorixona sotuv zalida tabiiy yorug‗lik koeffitsienti 1,5% bo‗lishi 
kerak. 
Yorug„lik tushish burchagi, bu burchak ikkita o‗tkazilgan chiziqdan hosil 
bo‗ladi, bundan biri gorizontal yo‗nalgan aniqlanishi kerak bo‗lgan sathdan (stol 
sathidan) oyna romining past qismigacha yo‗naltirilgan, ikkinchisi o‗sha sathdan 
romning tepa qismigacha yo‗naltirilgan chiziq. Yorug‗lik tushish burchagini 
aniqlash uchun stol balandligi aniqlanib, gorizontal yo‗nalishda romning quyi 
qismidan ish joygacha bo‗lgan oraliq hamda romning vertikal balandligida 
aniqlanadi. 


111 
Gorizontal va vertikal chiziqlar kichiklashtirilgan holda qog‗ozga tushuriladi, 
oxirgi nuqtalar diagonal S holatda birlashtiriladi.Bu ko‗rsatkich 27
0
dan kam 
bo‗lmasligi kerak (1-rasm).
Yorug„lik 
tushish 
tuynugi 
o‗tkazilgan ikkita chiziqdan hosil 
bo‗ladi, yuqorida tushiriladigan 
chiziq xuddi yorug‗lik tushish 
burchagidek ish joyidan romning 
tepa 
qismigacha, 
ikkinchisi-
pastdagi chiziq ish joyidan uy 
qarshisidagi soya beruvchi bino 
yoki daraxtning tepa qismigacha 
o‗tkazilgan chiziq. Yorug‗lik tushish tuynugini aniqlash uchun ish joyidan uy 
qarshisidagi bino yoki daraxtdan tushayotgan soyaning tepa qismi ikkinchi shaxs 
tomonidan qo‗lini ko‗targan holda ifodalanib, ish joyigacha chiziq tushiriladi. 
So‗ngra romning tepa qismidan ish joyigacha tushirilgan chiziq bilan 
birlashtiriladi, oldingi burchakdan foydalanib, vertikal ko‗rsatkich a dan a
1
aniqlanadi. Yorug‗lik burchaklari - γ transportini S chizig‗i bo‗ylab qo‗yib 
aniqlanadi.
Insolyasiya – bu xonaning quyosh nuri bilan ta‘minlanishini va xonaga 
deraza nur o‗tkazuvchi qismi orqali quyosh nurining to‗g‗ri tushishidir. Insolyasion 
tartib kun davomida quyosh nuri bilan ta‘minlanishi, yorug‗lik o‗tkazuvchi 
moslamalar orqali o‗tayotgan nurlanish issiqligining miqdori va xonaning quyosh 
nurlari tushuvchi Insolyasiya maydoni bilan baholanadi. Insolyasion tartib 
maksimal, o‗rtacha, minimal bo‗lishi mumkin, va u binolarning (xonalarning) 
orientatsiyasiga bog‗liq. Insolyasion tartibni aniqlash uchun kompas yordamida 
xona, bino orientatsiyasini aniqlash lozim bo‗ladi, so‗ngra jadval bo‗yicha 
insolyasion tartib turini aniqlash lozim bo‗ladi. 
Insolyasiya tartibining 3 turi quyidagi jadvalda ko‗rsatilgan. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling