Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Dorixona ichi muhitida ob‟ektlarni zararsizlantirish usullarini gigiyenik
baholash. Mikroorganizmlar odatda chang zarrachalariga, havoda muallaq turgan aerozol zarrachalariga (ya‘ni, suyuq zarrachalarga) birikadi. Dorixona xonalari va farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xonalarini ifloslanish manbalari ventilyasiya va atmosfera havosi, uskunalar yuzasi, yordamchi materiallar, kiyim- kechak va ishchi-xodimlarning o‗zlaridir. Bakterial ifloslanish xavfi, birinchidan, dori preparatlarni kimyoviy tarkibini o‗zgartiradi, terapevtik davo samaradorligi kamayishi va zaxarli xususiyatlarini paydo bo‗lishi bilan xarakterlanadi; ikkinchidan, ayniqsa, dorixona sharoitida mijozlar (farmatsevtlar, farmatsevtlar- texnologlar, kassirlar) bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqada bo‗lgan ishchi xodimlar uchun dorixona ichi infeksiyalarini tarqalish xavfi ortadi. Havoning bakterial ifloslanishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari. 1. Rejalashtirish chora-tadbirlari - binolar majmui va ularning razmerlari sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, boshqa ob‘ektlar bilan o‗zaro tartibda joylashtirish va tub yo‗nalishlarga yo‗naltirish; 2. Sanitar-texnik chora tadbirlar - shamollatish, isitish, suv ta‘minoti, kanalizatsiya va ultrabinafsha nurlantirgichlarni o‗rnatish va ishlatish talablariga rioya qilish; 3. Ishchi-xodimlar gigiyena talablariga rioya qilishi - ishchi-xodimlar gigiyenasiga qo‗yiladigan talablar, kiyim-kechak, aseptik blokida qo‗lni yuvish qoidalari, tibbiy ko‗riklarning muntazamligi va ishlashga qarshi ko‗rsatmalarni aniqlash; 4. Ish rejimiga rioya qilish - ho‗l tozalash karraligi, va binolarni, idishlarni, havoni, mebelni dezinfeksiya qilish chastotasi. 130 Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun aseptik shartlarga rioya qilish bo‗yicha sanitariya-gigiyena talablari. Katta shaharlardagi zamonaviy dorixona o‗z ichiga quyidagi xonalar jamlagan aseptik bo‗linmaga ega bo‗lishi kerak: shlyuzli defektor, shlyuzli aseptik xona, sterilizatsiya va distillash xonalari. Aseptik bo‗linma alohida kirish joyiga ega bo‗lishi yoki boshqa xonalardan shlyuz bilan ajratilishi kerak. Aseptik sharoitda dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishchi xodimlar shlyuzga kiraverishda maxsus kombinzonlarni kiyadi, qo‗llarini yuvadi, dezinfeksiya qilib, steril xalat, 4 qavatli doka bintdan tayyorlanilgan niqob (maska), qalpoq (soch to‗liq yopilishi kerak) va baxilla kiyib, keyin aseptik xonaga kiradilar. Niqobni har 4 soatda o‗zgartirish kerak. Steril bo‗lmagan sanitariya kiyimida aseptik sharoitda dori-darmonlarni tayyorlash va qadoqlash uchun xonaga kirish va steril sanitariya kiyimida aseptik bo‗linmadan tashqariga chiqish taqiqlanadi. 0,5 mkm dan katta zarralarni ushlaydigan havo filtrlari havoni tozalash va toza saqlash uchun samarali hamda ishonchli antibakterial deb hisoblanadi. Bundan tashqari, maxsus uskunalar yordamida aseptik bo‗limlarda toza havolaminar oqimlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Laminar-parallel (aralashtirilmaydigan) havo oqimlari cheklangan maydon ichida bir xil o‗rnatilgan tezlikda harakatlanadi. Bunday havo oqimining optimal tezligi 0,3–0,6 m/s hisoblanadi, hamda kamida bir oyda bir marta majburiy mikrobiologik nazorat o‗tkaziladi. Yo‗laklar va sanoat binolaridan havo oqimini aseptik bo‗limga kirishini oldini olish uchun, aseptik bo‗limda kiruvchi-chiquvchi ventiyalsiya tizimini tashkil qilish tavsiya etiladi, bunda havo oqimining kirishini chiqishdan ustunligini ta‘minlash (+4-2) lozim. Olib kiruvchi ventilyasiya tizimlarining "toza" xonalarda etarlicha havo ta‘minotini ta‘minlash uchun olib chiquvchi ventilyasiya tizimlarining samaradorligi 80-90% ni tashkil qilishi kerak. 131 Aseptik bo‗limda havo muhitining sifatli saqlashning yana bir yo‗li xonada mavjud bo‗lgan yuzalarga doimiy ishlov berishdir. Yuvish vositalari va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda yuzalarni nam tozalash tavsiya qilinadi. Aseptik bo‗linma binolarini tozalash ish oxirida smenada kamida 1 marta amalga oshiriladi. Haftada bir marta, agar iloji bo‗lsa, uskunalar chiqarilishi bilan umumiy tozalash amalga oshiriladi. Aseptik bo‗lim yoki xonalarni tozalashda tozalash bosqichlari ketma- ketligiga qat‘iy rioya qilish talab qilinadi. Tozalashni aseptik zonadan boshlash kerak. Birinchi bo‗lib, devor va eshiklar yuzalarini shiftdan polgacha yuvish, harakatlar yuqoridan pastga qarab bo‗lishi kerak. Keyin statsionar uskunalar yuviladi va dezinfeksiya qilinadi, oxirida esa pollar yuviladi. Aseptik bo‗linmaga kiritiladigan barcha uskunalar va mebellar dezinfeksiyalovchi eritma bilan oldindan tozalanadi. Tozalash va dezinfeksiya qilish uchun ko‗pikli gubkalar, tolali materiallardan tayyorlangan salfetkalar tavsiya etiladi. Pollarni artish uchun, qattiq matolardan tayyorlangan lattadan foydalanish mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling