Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Past bosimdagi simob lampalari UB nurlarining yuqori uzatuvchanligi bilan
maxsus kvars oynasidan tayyorlanadi. Nurlanishning 60% dan ortig‗i maksimal bakteritsid ta‘sir ko‗rsatadi, xizmat qilish muddati 5-10 ming soat va yoqilgandan so‗ng darhol ishlatishga tayyor bo‗ladi. Yuqori bosimli lampalar ham kvars shishasidan tayyorlanadi, lekin ular kam bakteritsid ta‘sirga ega va xizmat qilish muddati (500-1000 soat) qisqaligi bilan farq qiladi. Yoqilgandan so‗ng 5-10 daqiqadan keyin yonish rejimi yuzaga keladi. Impulsli ksenon lampalar qisqa muddatli kuchli nurlanish impulslarini yaratadi, shuning uchun nurlanish vaqtini kamaytirish mumkin. Ularning kamchiligi murakkab va qimmat uskunalardan foydalanish zarurligidir. UB nurlanish bilan zararsizlantirish bakteritsid nurlantirgichlar, ya‘ni radiatsion manba sifatida bir yoki bir necha bakteritsid lampalarni o‗z ichiga olgan qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Umuman olganda, bakteritsid nurlantirgichlar (OB) o‗z ichiga elektr qurilma: bakteritsid lampa, reflektor, ishga tushirish qurilmasi va boshqa elementlarni oladi. Bakteritsid lampalar tuzilishi va ishlatilishiga karab devorga, shiftlarga o‗rnatiladigan, ko‗chma, ekranlangan, 134 ekranlanmagan bo‗lishi mumkin. Ekranlanmagan tizimlardan faqat ishchilar yo‗qligida, ekranlanganlardan ishchilarning ish vaqtida (qisqa vaqt ichida – 15 daqiqadan ko‗p bo‗lmagan) va retsirkulyator lampalardan ish davrida cheklanmagan vaqt davomida ishlatilishiga ruxsat beriladi. Ekranlangan bakteriotsid lampalar havoning yuqori qatlamlarini nurlantirish uchun xizmat qiladi, havoning pastki qatlamlari esa konveksiya yo‗li bilan dezinfeksiya qilinadi. Ular poldan kamida 2 m balandlikda joylashtirilishi kerak. Moslama lampa nurini gorizontal sirtdan 5 0 va 80 0 orasidagi burchak ostida yuqoriga yo‗naltirishi kerak. Dorixonaning bakteriotsid lampalar o‗rnatiladigan xonalari: distilyasiya xonasi, sterilizatsiya xonasi, yuvish-sterilizatsiya xonasi va assistent-aseptik xonalar. 3. Dezinfeksiyaning kimyoviy usuli. Zararsizlantirishning kimyoviy usuli faol ta‘sir qiluvchi moddalar bo‗lgan kimyoviy dezinfeksiyalovchi vositalarni qo‗llashga asoslangan. Dezinfeksiyalovchi vositalar quyidagi shakllarda ishlab chiqariladi: tabletkalar, granulalar, kukunlar; suyuq konsentratlar (eritmalar, emulsiyalar, pastalar, kremlar va boshqalar.); gazlar; tayyor qo‗llaniladigan shakllari (ishchi eritmalar, bakteritsid tabletkalar, laklar, bo‗yoqlar). Dezinfeksiyalovchi vositalarga quyidagi talablar qo„yiladi. Antimikrob ta‟siri bo„yicha: - bakteritsid ta‘sirga ega bo‗lishi, ya‘ni mikroorganizmlarni o‗ldirishi shart; bakteriostatik ta‘sirga ega vositalar mikroorganizmlarning o‗sishini kechiktiradi, shu sababli bular yaroqsiz xisoblanadi. - antimikrob ta‘siri keng doirada bo‗lishi kerak, ya‘ni patogen va shartli patogen bakteriyalar, viruslar, mikobakteriyalar, zamburug‗lar, sporalarni o‗ldirish; - qisqa muddatda, kam miqdorda qo‗llaniganda yuqori samaradorlikka ega bo‗lishi. - etarli darajada antimikrob ta‘sirga ega bo‗lishi kerak. Dezinfeksiyalovchi vositalar zaxarliligiga ko‗ra 4 sinfga bo‗linadi. Dorixonalarda 2-sinf xavflilik darajasiga ega bo‗lgan dezinfeksiyalovchi moddalardan foydalanishga ruxsat beriladi. 135 Fizikaviy va kimyoviy xossalari bo„yicha: - ta‘sir qiluvchi faol moddaning katta miqdorda bo‗lishi; - suvda tez eruvchan bo‗lishi; - dezinfeksiyalovchi vositalarni yaroqlilik muddati bir necha yil (3-5yil) bo‗lishi, ishchi eritmalarda esa - bir necha soat bo‗lishi kerak. Dezinfeksiyalovchi vositalar korroziv faollikka ega bo‗lmasligi lozim, ular yuzalarni buzmasligi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi lozim, ya‘ni biologik jihatdan o‗zi parchalanib ketishi kerak. Asosiy antimikrob ta‘siridan tashqari ular ijobiy yonaki ta‘sirga ham ega bo‗lishi lozim - yuvuvchi, xushbo‗y hid taratuvchi, oqartiruvchi, tozalovchi va hokazo. Ob‘ektlarni zararsizlantirish murakkab jarayon bo‗lib, uning samaradorligi quyidagi omillarga bog‗liq: - dezinfeksiyalovchi vositalarning kimyoviy tabiatiga va uning ta‘sir etish mexanizmiga, preparat tarkibidagi dezinfeksiyalovchi vositalarning konsentratsiyasiga va uning ishchi eritmadagi miqdoriga; - mikroorganizmlarning turiga, uning dezinfeksiyalovchi vositalargi chidamliligiga va ishlov berilayotgan manba (ob‘ekt)dagi miqdoriga; - ishlov berilayotgan manbaning fizik-kimyoviy xossalariga, shakliga, o‗lchamiga, undagi organik va neorganik ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligiga; - manbani dezinfeksiyalovchi vositalar bilan tozalash usuliga (sug‗orish, yuvish, eritmalarga botirish va boshqalar.); - dezinfeksiyalovchi eritmaning mikroorganizmlarga ta‘sir etish vaqtiga. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling