Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

8. Fenol tarkibli vositalar: bu guruhga 2-bifenol tarkibidagi dezinfeksiyalovchi 
vositalar kiradi. Ular viruslarga va spora xosil qiluvchi bakteriyalarga faol ta‘sir 
etmaydi. 
9. Kislota asosli vositalar: anorganik va organik kislotalar ishlatiladi. Organik 
kislotalarga nisbatan anorganik kislotalar kuchli va keng ko‗llamli antibakterial 
ta‘sir etish xususiyatiga ega. Biroq xozirgi kunda anorganik kislotalar dezinfeksiya 
maqsadida ishlatilmaydi. Tibbiy maqsadda ishlatiladigan buyumlarni dezinfeksiya 
qilishda iloji boricha tarkibida xlor tutmagan dezinfeksiyalovchi vositalarni 
ishlatish tavsiya qilinadi. Bularga Katasept (Polisept+Katamin AV), Peroksimed, 
Glutaral N, Alaminol, Bianol, Veltosept, Veltolenlar kiradi. 
Dorixona ichi muxitidagi turli manbalarni (ob‟ekt) dezinfeksiya qilish. 
Dorixona idishlarini dezinfeksiya qilish. 
Dastlabki idishlarni tozalash ulardan turli ifloslantiruvchi moddalarni olib 
tashlashga qaratilgan. Keyin idishlarni dezinfeksiyalovchi-yuvish tozalash amalga 
oshiriladi. Idishlarni dezinfeksiya qilish 1% li faol xloraminning eritmasiga 30 
daqiqa yoki 3% li vodorod peroksidi eritmasiga 80 daqiqa davomida cho‗ktirish 
bilan olib boriladi. Dezinfeksiyalovchi eritma shisha, plastmassa, emal bilan 
qoplangan idishlarda ishlov beriladigan idishlarni to‗liq cho‗ktirish uchun zarur 


138 
bo‗lgan miqdorda tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmalarni saqlash muddati 24 
soatdan oshmasligi kerak. Shu eritmadan takroran foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Dezinfeksiya qilingandan keyin ishdishlar oqib turgan vodoprovod suvida 
dezinfeksiyalovchi vositalarni xidi ketguncha yuviladi. Yuvish vositalariga natriy 
bikarbonat, sintetik yuvish vositasi, "Lotos"," Astra", suyuqlik - Progress va 
boshqalar kiradi, ular 50-60
0
gacha qizdirilgan suvda eritiladi. Idishlar 25-30 
daqiqa davomida eritmaga to‗liq botguniga qadar cho‗ktirib qo‗yiladi. Juda 
kirlangan idishlar uzoq vaqt davomida eritmada saqlanadi.
Dorixona idishlari 7 marta vodoprovod suvi bilan, keyin 1 marta tozalangan 
suv bilan yuviladi. Steril eritmalarni tayyorlash uchun mo‗ljallangan shisha idishlar 
vodoprovod suvida 5 marta, tozalangan suvda – 3 marta chayiladi. Oxirgi chayish 
esa 5 mkm bir filtr orqali in‘eksiya uchun filtrlangan suv bilan amalga oshiriladi. 
Toza idishlar quritiladi va yopiq shkaflarda saqlanadi. In‘eksion eritmalar va 
ko‗z tomchilari uchun mo‗ljallangan flakonlar sterillanadi. Bu suyuqlikni keyingi 
sterilizatsiyani ishonchliligini belgilaydi va in‘eksion va infuzion eritmalarni 
pirogenlik xavfini kamaytiradi. Sterilizatsiya qilish tartibi: issiq havo bilan – 180
o

60 daqiqa yoki to‗yingan bug‗ bosimi ostida 120
o
S-45 daqiqa. Sterilizatordagi 
harorat 60-70
0
S gacha kamaytirgandan so‗ng idishlar olinadi, steril tiqinlar bilan 
yopiladi va eritmalar quyish uchun ishlatiladi. 
Yuvilgan idishlarning sifatini nazorat qilish ularni chaygandan so‗ng 
flakonlarning devorlaridan suv oqishining bir xilligi bilan begona kiritmalar, 
dog‗lar, bo‗lmasligini ko‗rish orqali amalga oshiriladi. Idishlarning sirtida yog‗ 
bilan ifloslanish aniqlansa, Sudan III tutgan reaktiv bilan nazorat olib boriladi. 
Sintetik yuvish vositalari va yuvish-dezinfeksiya vositalarini yuvilishining 
to‗liqligi potensiometrik usul yordamida pH qiymati bilan aniqlanadi. Idishlarning 
to‗liq chayilgandan so‗ng tozalangan suvning pH qiymati nazorat uchun olingan
suvning pH ga mos kelishi kerak. 
Taxminiy yuvish vositalari qoldig‗i mavjudligini fenolftalein bilan pushti 
rangga bo‗yalish orqali aniqlash mumkin. 
 


139 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling