Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Steril xonalarda qyyidagi shaxslarga ishlashga ruxsat berilmaydi: 
- teri kasalliklari (dermatit, qazg‗ok va boshqa teri kasaliklari); 
- yuqori nafas yo‗llari kasalligi bor shaxslar (bronxit, bronxial astma va boshqalar);
- siydik yo‗lida kasalliklari bor shaxslar
- ruxiyatning buzilishi (nevrozlar); 
- tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bor shaxslar; 
- tez kasallikga chalinuvchilar va bakteriya tashuvchilar; 
- allergik preparatlarga, qichishishni keltirib chiqaradigan, tumovni chaqiradigan 
preparatlarga sezuvchanligi bor kishilar;
- ortiqcha vaznli xodimlar. 
Smena davomida ishlash uchun xalaqit beruvchi kasalliklar: oshqozon ichak
traktidagi buzilishlar, surunkali gastrit va oshqozon yara kasalligi, diabet kasalligi, 
gipertireoz, uyquning buzilishi (uyquchanlik). 
Toza xonada ishlashga ruxsat berilganlar xodimlar esa quyidagilarni 
bajarishga majburlar:
- xonaga kirishdan oldin qo‗llarini yuvish; 
- xojatxonaga kirgandan keyin qo‗llarni yuvish; 
- madaniyatsiz qiliqlarni qilmaslikka(qo‗l bilan burun artish va boshqalar); 
- muntazam tishlarni tozalash, og‗iz bo‗shlig‗i gigiyenasiga rioya qilish; 
- toza kiyinishga, ayniqsa ishga borishda. 
Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo‗yog‗i, tirnoq 
bo‗yog‗i, rumyana va boshqalar) mikroorganizmlarning ko‗payishi uchun qulay 
muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar yig‗ilib qoladigan 
joylar ko‗p bo‗ladi, shuning uchun toza xonaga kirishdan oldin ularni echish talab 
etiladi. 
Steril xonalarda ishlovchilarga yuqoridagilarga qo„shimcha yana 
quyidagilarni bajarishlari kerak: 
1. Qo‗llar tirsakkacha yuviladi; 


145 
2. Dezinfeksiyalovchi moddalar bilan 1,5- 2 daqiqa davomida ishlov beriladi
3. Pauzadan keyin suv tirsak bo‗ylab oqishi kerak.
4.Kiyinish uchun maxsus rezina qo‗lqoplardan foydalanish kerak. Kiyinib 
bo‗lgandan keyin bu qo‗lqoplar steril qo‗lqoplarga almashtirilishi shart. 
5.Steril xonalarda qo‗l yuvish instruksiyasi bo‗lishi zarur. 
Steril xududlar uchun mo„ljallangan kiyim qator xususiyatlarga ega bo„lishi 
kerak:
1. Kiyim ishlab chiqarilayotgan mahsulotni inson tanasi bilan bo‗ladigan 
kontaktdan ximoyalashi zarur.
2. Ximoya kiyimining matosi filtr rolini o‗ynaydi, shuning uchun u ma‘lum 
zichlikga ega bo‗lishi kerak.
3. Kiyimdan tolalar ajralmasligi kerak. 
4. Kiyim inson tanasi yuzasini to‗liq yopishi kerak.
5. Kiyimning matosi yuvish va sterilizatsiyaga chidamli bo‗lishi kerak.
6. Kiyim antistatik xususiyatga ega bo‗lishi kerak. 
Kiyim turlari:1. Bir martalik (xalatlar, yuz va soqol uchun niqoblar, 
qalpoqchalar, baxillalar) 2. Ko‗p martalik. Ko‗p martalik kiyimlar sintetik 
tolalardan tayyorlangan bo‗lishi kerak. Paxta tolalaridan tayyorlangan kiyimlarni 
kiyish ruxsat etilmaydi. Kiyimlar oddiy tikilgan, cho‗ntaksiz, qistirgichlarsiz, 
keraksiz burmalarsiz bo‗lishi kerak. Kiyim qanday materialdan tayyorlangan 
bo‗lsa, uni tikish uchun ishlatiladigan ip xam shu materialdan bo‗lishi shart.
Aseptik xududlarda ishchi xodimlarga 
qo‗yiladigan umumiy gigiyenik talablar: 
1. Aseptik xududlarda xodimlar faqat 
maxsus standart himoya kiyimlarda 
yurishi shart. 2. Aseptik xududlarda turli 
bezaklar, shuningdek qo‗l soatlaridan 
xam foydalanish ta‘qiqlanadi. 
3. 
Aseptik 
zonalarda 
kosmetik 


146 
vositalardan foydalanilgan xolda yurish taqiqlanadi. 
4. Kiyinish va yuvinish tartibi maxsus instruksiya asosda bajarilishi lozim. 
Xodimni ishga qabul qilish paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo‘lim 
kiritib, unda xodimning shaxsiy gigiyena bo‘yicha majburiyatlari va javobgarligini 
belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda 
ishlovchilar ishga pardozsiz kelish, ish kunidan oldin spirtli ichimliklar ichmaslik, 
korxona hududida hamda ishga kelishdan oldin ikki soat davomida chekmaslik 
majburiyatini oladilar. Oxirgi talab shunga bog‘liqki, kashandalar nafas bilan 
chiqaradigan havoda zarrachalar kontsentratsiyasi juda yuqori bo‘ladi, bu 
kontsentratsiya chekish tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu zarrachalar 
ko‘pincha kichkina o‘lchamda bo‘lib, niqobda ushlanib qolmaydi. Ba‘zan savol 
tug‘iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho‘milish kerakmi? Amaliyot shuni 
ko‘rsatmoqdaki, agar odam ishga yuvinib kelgan bo‘lsa, ishxonada dush qabul
qilishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho‘milish 
teri poralarining ochilishiga, ter va mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz 
esa mikroorganizmlar teri qoplamasi yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin 
dush qabul qilish zarurligi haqida qat‘iy ma‘lumotlar yo‘q. Shu bilan birga, 
alohida hollarda ishdan keyin dush qabul qilish talab etilishi mumkin. Avariyali 
vaziyatlar uchun dush to‘rlari nazarda tutilishi mumkin. Dushni (vanna emas) har 
kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan samaraliroq hisoblanadi. 
Toza xonalardan foydalanganda belgilangan tozalik sinfini muntazam saqlab 
turishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi bajariladi. Toza xonalardan 
foydalanish tartibi ISO 14644-5 ―Toza xonalar va ular bilan bog‘liq nazorat 
qilinadigan muhitlar. 5-qism. Ekspluatatsiya‖ standarida belgilangan. Toza 
xonalardan foydalanishni tashkil qilishda barcha ishlarni bajarish tartibini belgilab 
olish lozim, buning uchun quyidagi savollarga javob berish kerak: qanday ish 
bajariladi (ishning predmeti), qanday bajariladi (ishni bajarish texnologiyasi), 
ijrochi kim, nimalar bilan ishlanadi (uskunalar, materiallar va h.k.lar ro‘yxati), 
qanday hujjatlar bo‘yicha ishlanadi (yo‘riqnomalar va h.k.). 


147 
Toza xonalar tizimidagi kritik jihat – xodimlardir, agar bunday xonalarda 
tegishli tayyorgarligi bo‘lmagan va bunday maqsadlarga mos kelmaydigan 
xodimlar ishlasa, loyiha eng yuqori darajada ishlab chiqilgan bo‘lsa ham toza 
xonadan foydalanish ko‘zlangan maqsadni bermaydi, uni tashkil etishga sarflangan 
mablag‘lar zoe ketadi. 
Toza xonalardan foydalanishda kritik omillarni yetarlicha hisobga olmaslik 
toza xonaning ifloslanishiga va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Rejali 
tartibda xavf omillari ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish va iflosliklarni aniqlash 
bo‘yicha harakatlarni belgilab olish kerak. 
Toza zonalar muammosi, texnologik jarayon davomida xodimlarning aniq 
harakatlari hamda qat‘iy texnik yechimlardan tashqari, tozalash deb ataluvchi 
ishlarga munosib, ya‘ni aniq yondashuvni taqozo etadi. Toza zonalarning doimiy 
standartini saqlash uchun uzluksiz ishlar uchun zarur bo‘lgan va shu tariqa 
firmaning sifatni kafolatlash tizimini ta‘minlaydigan bilimlar kerak. Bir qarashda 
oddiy bo‘lib ko‘ringan operatsiyalardagi nazoratsiz harakatlar keyinchalik 
mahsulot sifatida o‘z aksini topadi, bu esa muqarrar ravishda iqtisodiy 
yo‘qotishlarni keltirib chiqaradi. Farmatsevtika ishlab chiqarishiga eng oddiy holda 
uchta asosiy jarayonlardan tashkil topgan jarayon sifatida qarash lozim. Bular: 
tayyorlov jarajonlari, ishlab chiqarish jarajonlari va tozalash jarajonlariridir. Shuni 
anglab yetish muhimki, tozalash amallari ishlab chiqarish ishlaridan keyin keladi, 
ammo ayni paytda, keyingi ishlab chiqarish jarajonlaridan oldin olib boriladi. 
Tozalash va ishlab chiqarish jarajonlari o‘zaro yopiq aloqadorlikka ega, tozalash 
jarajonlarining noto‘g‘ri bajarilishi mahsulot sifatiga ta‘sir qilishi mumkin. 
Shuning uchun ishlab chiqarish jarajonlariga qanday e‘tibor berilsa, tozalash 
ishlariga ham shunday e‘tibor berish kerak. Ifloslanishni muhitda, asbob-
uskunalarda, materiallardagi qoldiqlar miqdoriga qarab eng munosib tarzda 
ifodalash mumkin. Qoldiq mahsulotlarning tarqalishi usullariga qarab ular 
kontaminatsiyasi bir jinsli yoki turli jinsli bo‘lishi mumkin. Turli jinsli 
kontaminatsiyada kontamitatsiya manbalarini hamda katta e‘tiborni talab etuvchi 
eng kuchli ifloslanish joylarini bilish zarur. Ishlab chiqarishda qoldiq mahsulotlar 


148 
odatda turli o‘lchamdagi zarrachalar ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Qoldiq 
mahsulotlar xarakteriga bog‘liq holda ifloslanishlarni fizik, kimyoviy, biologik 
ifloslanishlarga bo‘lish mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling