Nuraliyeva xafiza otaevna
RADIOAKTIV BIRIKMALARNI FAOLLIGINI O‘LCHOV
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
6.2. RADIOAKTIV BIRIKMALARNI FAOLLIGINI O‘LCHOV
BIRLIKLARI VA NURLANISH DOZALARI. Har bir radioaktiv modda o‗ziga xos doimiy tezliqda emiriladi. Emirilish tezligi amaliyotda yarim emirilish davri bilan ifodalanadi. Yarim emirilish davrining kattaligiga qarab radioaktiv moddalar uch xil - uzoq umrli (100 kundan 154 ortiq), qisqa umrli (1 soat – 100 kun) va o‗ta qisqa umrli (1 soatdan kichik) guruhlarga bo‗linadi. Radiaktiv moddaning nur chiqarish qobiliyati, vaqt birligi ichida ro‗y beruvchi atom emirilishlar soniga bog‗liq. Radiaktiv modda miqdori aktivlik degan tushuncha bilan ifodalanadi. Aktivlik– bir sekundda ro‗y beradigan atom emirilishlari bilan belgilanuvchi kattalikdir. Aktivlikning asosiy birligi qilib SI sistemasida Bk– Bekkerel deb qabul qilingan. 1 Bk– 1 sekunda bir atom emiriluvchi radioaktiv modda miqdoridir. 1000 Bk– 1 KBk, 1000000 Bk = 1 MBk, 1000000000 Bk = 1 GBk. Amaliyotda SI sistemasiga kirmagan, avval qabul qilingan aktivlik birligi Ki - Kyuri ham qo‗llaniladi. 1 Ki – 1 gramm toza radiyning aktivligi bo‗lib u gramm – radiy deb ham ataladi, unda 1 sekundda 3,7 x 10 10 atom emiriladi. Doza, doza birliklari. Doza deb nurlanayotgan modda massa birligida yutilgan nur energiyasining miqdori tushuniladi. Rentgen va gamma nurlar manbasini tavsiflash (xarakteristikasi) uchun «ekspozitsion doza» degan tushuncha kiritilgan. Ekspozitsion doza deb nur dastasi o‗tayotgan havo hajmi yoki massa birligida yutilgan energiya miqdoriga aytiladi. Bu «havo dozasi» deb ham aytiladi. Uning birligi qilib Rentgen (R) olingan. Uning ulushlari: mR –millirentgen va mkR – mikrorentgen. Rentgen – 1 sm 3 havoda, normal atmosfera sharoitlarida (0 o S, 760 mm.sim.ust.) zaryadlarining yig‗indisi 1 elektrostatik birlikga teng ion hosil qila oladigan nur miqdoriga aytiladi. SI sistemasi bo‗yicha ekspozitsion doza birligi qilib Kl/kg olingan uning rentgenga nisbati quyidagicha 1 R=2,58 10 –4 Kl/kg. 1 R nurlanish 1 g havoda 85 erg nurlanish energiyasining yutilishiga teng. To‗qimalarda yutilgan doza rad va Gr (Grey) (SI sistemasida) larda o‗lchanadi. 1 Gr = 100 rad.1 rad – 1 g to‗qimada 100 erg nurlanish yutilishiga teng. To‗qimalarda yutilgan doza muhitning kimyoviy tarkibi, zichligi va nurining turiga bog‗liq holda havo dozasidan farq qiladi. Nurlanishning ekvivalent dozasi– standart tarkibdagi biologik to‗qima uchun nurlanishning yutilgan dozasining nurlanishning o‗rtacha sifat koeffitsientiga ko‗paytmasi. Ekvivalent doza radiatsion havfsizlikda odamni 250 MeV/yil dan 155 oshmaydigan kichik dozalar bilan surunkali nurlashda turli xil IN larning biologik ta‘sirining zararli effektlarini hisobga olish uchun ishlatiladi. 1 rentgen nur chaqiradigan o‗zgarishlarga ekvivalent doza – BER (biologicheskiy ekvivalent rentgena – rentgenning biologic ekvialentligi ) deyiladi. CI birliklarida BER - Zivert (Zv) deb nomlangan. 1 Zv = 100 BER. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling