Nuraliyeva xafiza otaevna
IONLOVCHI NURLANISHNI BIOLOGIK TA’SIRINING ASOSIY
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
6.3. IONLOVCHI NURLANISHNI BIOLOGIK TA’SIRINING ASOSIY
QONUNIYATLARI. Nurlanishning organizmga biologik ta‘sir samarasi, nurlanish energiyasining yutilgan qiymatiga, uning ko‗rinishiga, nurlanish turiga (tashqi, ichki) hamda organlarning qay darajada radiosezgirligiga bog‗liqdir. Ionlantiruvchi nurlanishlarni 3 guruhga bo‗lish mumkin: 1. Somatik-o‗tkir va surunkali nurlanish kasalligi, mahalliy jarohatlar (kuyish, katarakta) 2. Somato-stoxastik-umr ko‗rish muddatining qisqarishi, leykozlar, xavfli o‗sma kasalliklari 3. Genetik-genga doir mutatsiyalar va xromosomli aberratsiyalar-bu holatlar nurlanishga uchragan shaxslarning naslida kuzatiladigan oqibatlardir. Tirik to‗qimaning nurlanishi natijasida, xuddi boshqa muhitlardagi kabi, energiya yutiladi va to‗qimalarning qo‗zg‗alishi va nurlangan modda atomlarining ionlashuvi kuzatiladi. Odam organizmining asosiy qismini suv tashkil etganligi uchun, birinchi navbatda xujayradagi suvlar nurlarni o‗ziga biriktirib oladi, oqibatda suv molekulasi ionlashib kimyoviy nuqtai-nazardan yuqori aktivlikka ega bo‗lgan ON - va N + turkumidagi ozod radikallarni hosil qiladi. Keyinchalik esa bu birikmalar zanjirli katalitik reaksiyalarga kirishadi (bu radikallar asosan hujayra oqsillarini oksidlaydi). Bu esa suvning radiolizlanish mahsulotlari orqali qiyosiy (bilvosita) ta‘siri demakdir. Ionlantiruvchi nurlarning bevosita ta‘siri oqsil molekulalarini parchalanishini yuzaga keltirib, juda ham mustahkam bo‗lmagan oqsil bog‗larini uzib yuborishi, oqsil radikallarini uzilib chiqishi va boshqa denaturatsion o‗zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 156 Keyinchalik birinchi jarayonda hosil bo‗lgan mahsulotlar ta‘sirida hujayralarda hayotning biologik qonuniga bo‗ysunuvchi funksional o‗zgarishlar sodir bo‗ladi va hujayra yoki to‗qima o‗ladi. Hujayralardagi eng muhim o‗zgarishlar: A) hujayraning bo‗linish mexanizmi va nurlangan hujayraning xromosom apparatining shikastlanishi B) hujayraning qayta tiklanishi va tabaqalanishi jarayonlarini to‗sib qo‗yadi V) hujayradagi proliferatsiya jarayonini bog‗laydi va keyinchalik to‗qimaning fiziologik regeneratsiyasini izdan chiqaradi. Ionlantiruvchi nurlanishlarning ta‘siridan yuzaga keladigan shikastlanish va uning samarasi eng avval nurlarning dozasiga va bu nurlarning organizmga ta‘sir etish samarasi yiliga 0,5 3v (50 ber yil -1 ) va undan ortiq dozada ta‘siri surunkali ravishda kuzatiladigan bo‗lsa u holda ionlantiruvchi nurlarning surunkali ta‘sirida har qanday dozada bo‗lsa ham ularning stoxastik ta‘sirini kutish mumkin. Ionlantiruvchi nurlar ta‘siriga barcha organizmlarning sezuvchanligi bir xilda emas shuning uchun xozirgi kungacha “kritik organlar” degan tushuncha organlarning shu xususiyatlarini ta‘riflab beradi. Eng yuqori darajadagi radiosezgir organlar qatoriga hujayrasi doimiy ravishda yangilanib turuvchi qizil suyak ko‗migi, jinsiy organlar, taloqni kiritish mumkin. Radiosezgirlik bo‗yicha ikkinchi o‗rinda mushaklar, qalqonsimon bez, yog‗ to‗qimasi, jigar, buyrak, o‗pka, oshqozon-ichak yo‗li, ko‗z gavhari turadi. Eng kam radiosezuvchanlik badan terisi, suyak to‗qimasi, qo‗l panjalari, barmoqlar, to‗piq, tovon kabi a‘zolarga xosdir. Organlarning turlicha radiosezuvchanligi nurlanish dozalarini gigiyenik me‘yorlashtirishda inobatga olinadi. Ionlantiruvchi nur manbalarida ishlovchilar va aholini ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari ‖O‗zR SSV tomonidan 05.01.2006 da buyrug‘i bilan tasdiqdan o‗tgan. Bu me‘yorlarning asosida qilib Radiatsion Havfsizlik Xalqaro Komissiyasining tavsiyalari, RXM (Radiatsion Xavfsizlik Me‘yorlari) 76/87ning ayrim Nizomlari hamda Radiatsion Havfsizlik Me‘yorlari ionlantiruvchi 157 nurlarning zararli nur manbalaridan foydalanish va qo‗llashdagi xavfsizlik qoidalarini hamda radiatsion-yadroli ob‘ektlarning atrof muhitga zararli ta‘siridan muxofaza qilish masalalarining aniqlab beradi. Sanitariya Qoidalari va Radiatsion xavfsizlik me‘yorlari (SQRXM) ning bajarilishini nazorat qilish Sanitariya epidemiologiya xizmati radiologik bo‗limlari zimmasiga yuklash va uni bajarish uchun doir yuklama (nagruzka) ni pasaytirishga qaratilgan nazorat qiluvchi tadbirlar majmuasidan iboratdir. Bu tadbirlar Sanitariya dozimetrik nazorat deb nom olgan. Sanitariya nazorati quyidagi vazifalarni o‗z ichiga oladi: 1. Radiologik ob‘ektlarni qurish va eskilarini qayta qurishdagi ogohlantiruvchi sanitariya nazorati. 2. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanadigan va ishlab turgan radiologik ob‘ektlarni qayd qilish. 3. Turli toifadagi aholining nurlanish dozalarini o‗lchash va baholash. 4. Tabiiy va texnogen radioaktiv moddalarni sanoatda, turar joy binolarida va atrof muhitdagi miqdorini nazorat qilib borish. 5. Vaqtinchalik ruxsat etsa bo‗ladigan darajalarni o‗rnatish va radiatsion avariya sodir bo‗lgan holatlarda radionuklidlarning amaldagi miqdorlarini aniqlash. 6. Radioaktiv moddalarni saqlash va tashish sharoitlarini nazorat qilish 7. Kasbiy nurlanish oluvchi shaxslarning soni va ularni davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tkazilishini nazorat qilish. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling