Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Nazorat savollari 1. Tabiiy havo almashinuviga gigiyenik baho va uning ahamiyati. 2. Sun‘iy havo almashinuviga gigiyenik baho va uning ahamiyati. 3. Joylarda havo almashtirish asboblari, tizimlari, ularning ahamiyati. 4. Aeratsiya nima, uning kamchiligini ko‗rsating? 5. Havoning takroriy almashinish sonini aniqlash. 6. Almashinadigan havo miqdorini tarkibidagi uglerod oksid miqdoriga qarab hisoblash. 7. Ventilyasion sistemaning effektiv ishlashini baholash. 8. Havo almashinuvi turlariga tarif bering. 9. Yorug‗lik koeffitsienti deb nimaga aytiladi va me‘yorlari? 10. Tabiiy yorug‗lik koeffitsienti nima? 150 11. Yorug‗lik tushish burchagi va uning me‘yori. 12. Yorug‗likni o‗lchash uchun ishlatiladigan asbob. 13. Xonalar tabiiy yoritilishi qanday omillarga bog‗liq. 14. Sun‘iy yoritilishni baxolash usullari. 15. Xona havosining mikroblar bilan ifloslanish manbalari 16. Xona havosining mikroblar bilan ifloslanishini o‗rganish usullari 151 VI BOB. RADIATSION GIGIYENA 6.1. RADIATSIYA TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA Radiatsion gigiyena- bu ionlovchi nurlanishni inson organizmiga salbiy ta‘sirini shart-sharoitlarini o‗rganadigan va ionlovchi nurlarni organizmga salbiy ta‘sirini bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan fan hisoblanadi. Radiatsion gigiyenaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -xalq xo‗jaligi sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nurlanish manbalari turlari va qo‗llash sharoitlari bilan tanishish; -nurlanishni turiga, dozasiga, nurlanish vaqtiga va boshqa radiologik tomonlariga bog‗liq bo‗lgan nurlanishni salbiy ta‘sirlarini aniqlash; -radiatsion nurlanishdan himoya qilishni sanitariya me‘yor va qoidalarini ishlab chiqish; -amaliy faoliyat yuritayotgan ishchilar o‗rtasida radiatsion xavfsizlik, uni sanitariya me‘yorlari va qoidalarini tatbiq qilish. Radiaktivlikni ochilish tarixi Nemis fiziki Vilgelm Kondrad Rentgen 1895 yil 8 noyabrda o‗zining laboratoriyasida qorong‗ida bariyning ko‗kimtir platinali kristallariga yaqin joyda ko‗kimtir nur taralayotganini topadi. Olimning aniqlashicha, bu katodga oid nur tarqatadigan kruksovoy trubka yaqinida joylashgan elektr toki bilan bog‗liq edi. Necha marta tokka ulanilgan bo‗lsa, shuncha marta yorug‗lik sezildi, lekin katod nurlari ko‗rinmas nurlar bo‗lganligi uchun bu yorug‗lik yangi ma‘lum bo‗lmagan nur bo‗lishi mumkin edi. Rentgen bu nurlarni X-nurlari deb nomladi. Germaniya olimlari buyuk kashfiyot oldida hayajonda qoldilar va bu nurlarni rentgen nurlari deb atashni taklif qildilar. Bu nurlarni o‗ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, bu nurlar o‗ralgan qora qog‗oz, insonni yumshoq to‗qimalari va hamma predmetlar orqali o‗tar edi. V. K Rentgen bu kashfiyoti uchun 1901 yilda nobel mukofotiga sazovor bo‗ldi. 1896 yilda fransuz olimi Anri Bekkerl bir necha kun oldin uran rudasi bo‗lagi bilan tasodifan bir joyda yotgan fotoplastinkani olib 152 keladi. Bu plastinka olib kelinganiga qadar kassetada bo‗lishiga qaramay kuygan edi. Radiaktivlik bu ba‘zi bir kimyoviy elementlarning yadrolarini ixtiyoriy ravishda parchalanishi oqibatida atrof muhitga turli nurlanishlarning tarqalishidir. Bu nurlanishni tashqi muxit bilan o‗zaro ta‘siri har xil belgili ionlarni hosil bo‗lishiga olib keladi va shunga bog‗liq holda bu nurlar ionlovchi nurlar deb aytiladi. Ionlovchi radiatsiya–bu shunday radiatsiyaki o‗zaro ta‘sir qiluvchi atomlarni ionlashga etarli bo‗ladigan energiyaga ega bo‗ladi. Ionlantiruvchi nurlar: alfa, beta, gamma, neytron, rentgen nurlari. Alfa nurlari- 2ta proton va 2ta neytronlardan mustaxkam tuzilgan, bu musbat ta‘sirlangan zarrachalar. Og‗ir atomlarning parchalanishi (masalan; uran, radiy, toriy) natijasida tabiatda xosil bo‗ladi. Havoda alfa nurlari 5sm gacha, qog‗ozda to‗liq ushlanib qoladi. Organizmga xavo orqali nafas yo‗llariga , oziq ovqatlar orqali ichak sistemasiga kirishi juda xavfli xisoblanadi Beta nurlari- elektronlar bo‗lib, alfa nurlaridan xam mayda va organizmga chuqurrok, bir necha santimetr kirishi mumkin. Yupqa temir to‗siq, oyna, kiyimlar bilan undan himoyalanish mumkin. Ochiq joylarga kirishi natijasida kuchli kuydiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. 1986 yili Chernobil avariyasida ko‗pgina odamlar orasida kuyish kuzatilgan. Ichki a‘zolarga kirib, ularni nurlantiradi. Gamma nurlar-fatonlar, energiya tarqatuvchi elektromagnit to‗lqinlardir. Havoda tarqalashida o‗z energiyasini yo‗kotadi. Beto‗xtov ta‘siri faqat terini emas, balki ichki a‘zolarni xam zararlaydi. Qattiq va og‗ir materiallar,temir, qo‗rg‗oshin to‗siqlari himoya qila oladi. Rentgen nurlari - gamma nurlariga juda o‗xshash, sun‘iy rentgen trubkalari orqali hosil qilinadi, rentgen trubkalari elektr energiya orqali ishlagani uchun bu nurlarni yoqish va o‗chirish mumkin. 153 Neytron nurlari- atom yadrosining parchalanishi orqali paydo bo‗lib, kuchli kira olish xususiyatiga ega. Neytronlarni suv, parafin va beton to‗siq bilan ushlab qolinadi. Yadroli reaktorlardan tashqari neytronlarni sanoatda ishlatilmaydi. Rentgen va gamma nurlarga nisbatan qattiq, yumshoq formalar ishlatiladi. Bu ularning energiya xarakteriga va nurlantirishiga bog‗liq. Yuqorida qayd qilingan nurlar kashf qilinganidan keyin bu nurlarni odam organizmiga salbiy ta‘sir qilishini shu sahoda ishlaydigan ko‗pgina olimlar o‗zlarini qo‗l terisini nurlantirib ko‗radilar. Ionlovchi nur manbalari bilan ishlovchi va tajriba o‗tkazuvchi bir qancha olim va vrachlar nurlanish qurbonlari bo‗ldilar. D.F.Reshetilo 1906 yilda yozgan monografiyasida ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda albatta ko‗z va terini himoya qilish kerakligi to‗g‗risida yozadi. Ionlovchi nurlardan alfa, beta, gamma nurlar radioaktiv moddalarning parchalanishidan hosil bo‗ladi. Qolganlari: aksariyat suniy ravishda hosil qilinadi yoki kosmik nurlar tarkibiga kiradi. Ionlantiruvchi nurlarning manbalari (INM). IN manbalari ikki guruhga bo‗linadi: tabiiy va sun‘iy manbalar. Tabiiy muhitda uchraydigan IN manbalariga tabiiy radiaktiv moddalar, kosmik nurlar kiradi. Sun‘iy manbalar: sun‘iy radiaktiv moddalar, rentgen trubkalari, zaryadli zarrachalarni tezlatgichlar – betatronlar, siklotronlar, chiziqli tezlatgichlar, sinxrofazatronlar, mikrotronlar, yadro reaktorlari, yadro energetik va texnologik qurilmalari. INlarning sun‟iy manbalari. Rentgen apparatlari. Qo‗llanish maqsadiga qarab ikki xil – diagnostik va terapevtik uskunalar tafovutlanadi. Ularda nur manbasi – rentgen trubkasidir. Diagnostik va terapevtik rentgen trubkalari tuzilishining prinsipial farqi yo‗q. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling