Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Sanitar-texnologik kiyimni zararsizlantirish.
Aseptik bo‗lim uchun sanitar-texnologik kiyimlar to‗plamiga xalat yoki shim kostyum shim yoki kombinezonlar; maxsus poyafzal va baxillalar; og‗iz va burunni qoplovchi niqob; zarur bo‗lgan paytlarda talksiz rezina qo‗lqoplar kiradi. Komplekt bug‗ sterilizatorlarida 120 0 S da 45 daqiqa davomida yoki 132 0 S da – 20 daqiqa davomida sterillanadi va yopiq bikslarda 3 kundan ortiq bo‗lmagan muddatda saqlanadi. Agar iloji bo‗lsa, bir martalik steril kiyimlar komplektidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xodimlarni qo„lini dezinfeksiya qilish. Dorixonalarning sanitariya rejimiga muvofiq qo‗llarni maxsus tozalash quyidagilarni o‗z ichiga oladi: yuvish, dezinfeksiya qilish va yumshatuvchi vositalar bilan ishlov berish. Ifloslanishlarni va mikroflorani mexanik olib tashlash uchun qo‗llar yuqori ko‗pik qobiliyatiga ega bo‗lgan sovun bilan (bolalar, xo‗jalik sovunlari) yoki ishqorsiz suyuq yuvish vositasi bilan iliq oqib turgan suvda yuviladi. Chayilgan qo‗llar elektr quritgich yoki bir martalik sochiq yoki salfetka bilan quritiladi. Steril kiyim kiyilgandan so‗ng dezinfeksiyalovchi vositalar (teri antiseptiklari) bilan qo‗llar tozalanadi. Buning uchun 70% li spirt yoki boshqa spirt saqlovchi vositalar (AXD-2000, Oktoniderm, Oktonisept), 0,5% xlorgeksidin biglyukonat eritmasi ( 70%li etil spirtida), iodopiron eritmasi i 1% li boshqa iodoforlar (iodonat, iodvidon), 0,5% xloramin B eritmasidan foydalaniladi. Qo‗llarni zararsizlantirishda spirt saqlovchi preparatlar shimdirilgan dokali salfetka orqali artiladi. Xlorgeksidin yoki yodoforlarning eritmalaridan foydalanilganda preparat ko‗l kaftlariga 5-8 ml miqdorda quyiladi va shu bilan qo‗l terisi artiladi; qo‗llarni xloramin eritmasi bilan tozalanganda ular eritmaga botiriladi va 2 daqiqa davomida yuviladi, so‗ng qo‗llar quritiladi. Ish oxirida qo‗llar iliq suv bilan yuviladi va qo‗l terisining elastikligini va mustahkamligini ta‘minlovchi yumshatuvchi vositalar bilan ishlov beriladi. 140 Qopqoqli vositalar va yordamchi materiallarni dezinfeksiya qilish. *Yangi rezina tiqinlar 3 daqiqa davomida issiq (50-60 0 S) 0,5% li yuvish vositalari "Lotus", "Astra" eritmasi bilan yuviladi (tiqin va yuvish vositasi og‗irligi 1:5 nisbatda bo‗ladi); 5 marta issiq vodoprovod suvi bilan yuviladi, har safar suv yangisiga almashtiriladi va 1 marta tozalangan suv bilan yuvildi; 30 daqiqa davomida 1% li natriy bikarbonat eritmasida qaynatiladi, 1 marta vodoprovod suvi va 2 marta tozalangan suv bilan yuviladi. So‗ngra shisha yoki emal idishlarga solinib, tozalangan suv bilan to‗ldiriladi, qopqog‗i yopiladi va 120 0 S da 60 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida saqlanadi. Keyin suv to‗kiladi va tiqinlar tozalangan suv bilan yana yuviladi. Tozalangandan so‗ng tiqinlar bikslarda joylashtirilib 120 0 Sda 45 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida sterillanadi. Steril tiqinlar 3 kundan oshmagan xolda yopiq bikslarda saqlanadi. Biks ochilgandan so‗ng, tiqinlar 24 soat ichida ishlatilishi kerak. Rezina tiqinlarni oldindan tayyorlab qo‗yish maqsadida ishlov berilganidan keyin sterilizatsiya qilmasdan issiq oqimli sterilizatorda 50 0 S dan yuqori bo‗lmagan haroratda 2 soat davomida quritiladi va 1 yildan ko‗p bo‗lmagan muddatda salqin joyda yopiq bikslarda saqlanadi. Ishlatishdan oldin rezina tiqinlar 120 0 S da 45 daqiqa davomida bug‗ sterilizatorida sterillanadi. * Rezina qopqoqlar 70-80 0 S gacha qizdirilgan 1-2% li yuvish vositalari eritmasida 15 daqiqa saqlanadi. Qopqoqlar massasining tozalash eritmasi hajmiga nisbati 1:5. Keyin eritma to‗kiladi va qopqoqlar oqib turgan vodoprovod suvi bilan, keyin tozalangan suv bilan yuviladi. Toza qopqoqlar biksga joylashtiriladi va 50-60 0 S haroratda havo sterilizatorida quritiladi. Yopiq idishlarda (biks, banka, qutilarda) ularning ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlanadi. * Yangi polietilen tiqinlar vodoprovod suvi bilan bir necha marta yuviladi (50-60 0 S). Saqlash vaqtida tiqinlar ifloslangan taqdirda, ular yuvish vositalari bilan oldindan yuviladi. So‗ngra tiqinlar tozalangan suv bilan chayiladi va 6 soat davomida yangi 6% li vodorod peroksidining eritmasiga botirib sterillanadi, shundan so‗ng ular tozalangan suv bilan yuviladi va 50-60 0 S da havo sterilizatorida 141 quritiladi. Quritilgan tiqinlar steril bankalarda, bikslarda 3 kunlik muddatda ifloslanishini istisno qiladigan sharoitda saqlanadi. * Yangi plastik vintli tiqinlar vodoprovod suvi (50-60 0 S) bilan bir necha marta yuviladi, ifloslanganlari esa yuvish vositalari bilan yuviladi, so‗ngra 50-60 0 S da havo sterilizatorida quritiladi. Quritilgan tiqinlar ularning ifloslanishini istisno etuvchi sharoitlarda yopiq qutilarda saqlanadi. * Yordamchi materiallarni sterillash uchun ular tayyor xolatda qanday ishlatilsa, shunaqa xolatda bikslarga joylashtiriladi (pergament va filtr qog‗ozlar, doka kerakli kattalikdagi bo‗laklarga bo‗linadi; paxtadan tamponlar qilinadi va boshqalar). 120 0 Sda bug‗li sterilizatorda 45 daqiqa davomida sterillanadi. Yopiq biks yoki qutilarda 3 kunlik muddatda saqlanadi, ochilgandan so‗ng material 24 soat davomida ishlatiladi. Dezinfeksiya tadbirlarining sifatini nazorat qilish. Dezinfeksiya tadbirlarining sifati vizual, kimyoviy va bakteriologik nazorat orqali aniqlanadi. Vizual tekshirish vaqtida manbaning sanitariya holati, zararsizlantirish tadbirlarining o‗z vaqtida va to‗liq o‗tkazilganligi, manba va zararsizlantirish usullarini to‗g‗ri tanlanganligi, xona, manba (ob‘ekt) va manba yuzalarini zararsizlantirish sifati aniqlanadi. Kimyoviy nazorat faol ta‘sir etuvchi preparatlar va ishchi eritmalarning tarkibini, ya‘ni ishlatilayotgan ishchi eritma konsentratsiyasini amaldagi me‘yoriy hujjatlarda keltirilgan konsentratsiyalarga mosligini tekshirish, dezinfeksion moddalarni saqlanish jarayonlarining to‗g‗riligini aniqlash uchun ishlatiladi. Buning uchun dezinfeksiyalangan jixozlar va manba yuzalarida xlor mavjudligi aniqlanadi. Agar dezinfeksiyadan so‗ng dezinfeksiyalangan jixoz va manba yuzalarida qoldiq xlor aniqlansa, dezinfeksiya to‗g‗ri va to‗liq o‗tkazilgan deb hisoblanadi. Yod-kraxmal usuli - dezinfeksiya sifatini baholashda tezkor usul hisoblanadi. Paxtadan tayyorlanilgan sharcha oldin 10% li kaliy yodidning eritmasida va keyin yangi tayyorlangan 1% kraxmal eritmasi bilan xo‗llaniladi. Agar paxtadan 142 tayyorlanilgan sharcha nazorat qilinayotgan yuzaga tegizilganda ko‗k rangga bo‗yalsa, bu faol xlor mavjudligini ko‗rsatadi, ya‘ni o‗tkazilgan dezinfeksiyani ishonchli ekanligini ko‗rsatadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling