Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Zararsizlantirish usullari va vositalari.
Dorixonadagi ob‘ektlarni dezinfeksiya qilish uchun mexanik, fizik va kimyoviy usullar va vositalardan foydalaniladi. 1. Dezinfeksiyaning mexanik usuli. Bu usul mikroorganizmlarni, shu jumladan patogen va shartli patogen mikroorganizmlarni ob‘ektlardan yo‗q qilishga asoslangan. Bunga maxsus materiallardan tayyorlangan filtrlar orqali havo va suvni filtrlash; qattiq va yumshoq yuzalarni changyutgich bilan tozalashlar kiradi. 2. Zararsizlantirishning fizikaviy usullari. Dezinfeksiyaning bu usulida fizikaviy dezinfeksiya qiluvchi agentlarning antimikrob ta‘siri natijasida mikroorganizmlarning o‗limi ta‘minlanadi. Bularga yuqori harorat, yuqori chastotali oqimlar, ultratovush, ultrabinafsha va ionlashtiruvchi nurlanishlar kiradi. 132 A) Yuqori harorat. Barcha patogen va shartli patogen mikroorganizmlar past haroratlarga chidamli bo‗ladi, lekin ular 100 0 S dan yuqori haroratda tez o‗ladi. B) 15 daqiqa davomida 2% li natriy bikarbonat eritmasi qo‗shib distillangan suvda qaynatish patogen va shartli patogen bakteriyalarning vegetativ shaklini, mikobakteriyalarni, viruslarni, zamburug‗larning o‗ldiradi. Qaynatish asosan yuqori haroratda o‗z xususiyatlarini o‗zgartirmaydigan iflos kiyimlarni, idishlarni, asbob uskunalarni va boshqa buyumlarni dezinfeksiya qilish uchun tavsiya etiladi. V) 160-180 0 C haroratdagi issiq quruq havo mikroorganizmlarning barcha turlari va shakllarining o‗limiga sabab bo‗ladi, shuning uchun xam issiq quruq havo sterilizatorlarida dezinfeksiyalovchi va sterillovchi vosita sifatida ishlatiladi. "Dezinfeksiya" atamasi ko‗proq aseptik tayyorlash jarayonlari uchun ishlatiladi va tirik mikroorganizmlar sonini 10 6 marta kamaytirishni nazarda tutadi. "Sterilizatsiya" atamasi tirik mikroorganizmlar sonini 10 12 marta kamaytirishni nazarda tutadi. G) To„yingan suv bug„lari eng faol dezinfeksiyalovchi hisoblanadi, chunki u ishlov berilgan ob‘ektlarga chuqur kirib boradi va barcha turdagi mikroorganizmlarning, jumladan, spora xosil qiluvchi mikroorganizm shakllarining o‗limini ta‘minlaydi. Dezinfeksiyalovchi vosita sifatida 100 0 C haroratda va normal bosimda bug‗ dezinfeksiya kamerali sterilizatorlarida ortiqcha bosim ostida dezinfeksiya va sterilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Bug‗ sterilizatorlarida suvga to‗yingan bug‗ P = 0,05 Mpa ortiqcha bosim bilan ishlatiladi va 110 0 S harorat ostida maxsus ish kiyimlarni, laboratoriya idishlarni va boshqalarni dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiya kameralarida to‗yingan suv bug‗lari yordamida kiyimlarni, ichki kiyimlarni, laboratoriya anjomlari va boshqa buyumlarni dezinfeksiya qilish amalga oshiriladi. D) Ultrabinafsha nurlanish. Dorixonalarning ishlab chiqarish xonalari tarkibini tayyorlashga nam tozalashdan so‗ng, havoni dezinfeksiya qilish, ya‘ni ultrabinafsha nur yordamida dezinfeksiya qilish kiradi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim xollarda havo va yuzalarning ifloslanishi tezda ortishi mumkin, masalan, pol yuzasida umumiy mikroblar soni 3-4 soatdan keyin dastlabki holatga 133 etadi. Shuning uchun buyum va asboblar yuzalarini va havoni ultrabinafsha nur bilan qo‗shimcha zararsizlantirish talab qilinadi, natijada havoning ifloslanishi 90- 98% ga kamayadi. Chang yoki qum donachalari mikroorganizmlarga ultrabinafsha ta‘sirini kamaytiradi, ultrabinafsha nurlar faqat toza, changsiz havo va toza yuzalarni dezinfeksiya qilishda samarali bo‗ladi. 205nm dan 315 nm gacha bo‗lgan to‗lqin uzunligidagi UB nurlar bakteriotsid ta‘sir qilish xususiyatiga ega. Bakteritsid ta‘sir qiluvchi ultrabinafsha lampalarni xar xil kuchlanishlari (15, 30, 60 vatt) mavjud. Ushbu UB nurlarning mikrob hujayralariga ta‘siri DNKning xujayra yadrolarida modifikatsiyalovchi fotokimyoviy zararlanishi va keyinchalik mikroorganizmlarning nobud bo‗lishi bilan namoyon bo‗ladi. UB nurlar bakteriyalar va viruslarga qarshi eng faol bo‗lsada, zamburug‗lar va spora hosil qiuvchi bakteriyalarga ta‘sir kuchi sustdir. Ultrabinafsha nur manbalari - bularga past va yuqori bosimli simob lampalari va ksenon impulsli lampalar kiradi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling