Nuraliyeva xafiza otaevna
XONALAR HAVOSINI MIKROBLAR BILAN IFLOSLANISHI
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
5.3. XONALAR HAVOSINI MIKROBLAR BILAN IFLOSLANISHI
SABABLARI VA ANIQLASH USULLARI. Dorixonalarda havoning bakterial ifloslanishi (mijozlar va ishchilar xisobiga) katta axamiyatga ega, chunki personalning har xil infeksiyalar bilan zararlanishiga va mikroblarning dori vositalariga tushishiga sabab bo‗ladi. Dorivor preparatlarga tushgan mikroflora uning fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishiga, terapevtik faolligining pasayishi, saqlash muddatining kamayishi, kasalliklar kelib chiqishi va asoratlarga olib keladi. Intensiv ravishda bakterial ifloslanish savdo zalida, yuvish va qo‗shimcha xonalarda kuzatiladi. Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi manbalari. Mikrozarrachalarni xodimlar, to‗suvchi konstruksiyalar, asbob-uskunalar ajratadi, ular toza xonaga atrof-muhitdan olib kiriladi. O‗rtacha hisobda toza xonada mikroiflosliklarning 70- 80 foizi odamlarga, 15-20 foizi – asbob-uskunalarga, 5-10 foizi – atrof muhitga to‗g‗ri keladi. Toza xonada iflosliklarinng asosiy manbasi- odam. Bu odamning terisi tuzilishi va uning o‗zgarishi dinamikasi bilan izohlanadi. Odam terisi tashqi qoplami o‗lchami 1 mkm dan o‗nlab mkmlargacha plastinkalar (tangachalar)dan iborat. Ular teri yuzasidan muntazam tarzda ajraladi, bir necha kun ichida teri qoplamasi to‗liq yangilanadi. Ajralganda ular yanada mayda zarrachalarga parchalanadi. Tinch, harakatsiz holatda odam 1daqiqada o‗lchami 0,5 mkm atrofida taxminan 200 mingta zarracha ajratadi. Tananing ozgina harakati va kiyimning ishqalanishi ham zarrachalarning ajralishini 1 daqiqadabir necha milliongacha oshirib yuboradi. Intensiv harakat qilganda daqiqasiga taxminan 10 mln zarracha ajraladi. O‗rtacha yiliga 3,5 kg yoki kuniga 10 g ajraladi. 128 Ko‗pchilik tibbiy preparatlar – in‘eksion va infuzion preparatlar, ko‗z tomchilari, shilimshiq qavatlarning steril uchastkalariga yoki teridagi ochiq yaralarga suriladigan mazlar, kremlar, emulsiyalar steril bo‗lishi, ya‘ni har qanday mikroorganizmlardan holi bo‗lishi lozim. Ishlab chiqarilayotgan tibbiy preparatlar, shuningdek tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar (kateterlar, qon quyish tizimlari, dializatorlar, gemo- va plazmofiltrlar va h. k. ) sifatini ta‘minlash farmatsevtika va tibbiyot sanoatining murakkab muammolari bo‗lib, ancha katta sarf-xarajatlarni taqozo etadi. Biologik kelib chiqqan aksariyat preparatlar esa – vaksinalar va zardoblar, fermentlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlar, gormonal preparatlar, interferonlar, qon o‗rnini bosuvchilar o‗ramada- sterillash usullariga dosh bera olmaydi. Shuning uchun bunday preparatlarni ishlab chiqarish bosqichlarining katta qismida aseptika va sterillik sharoitlarini yaratish, shuningdek suyuqliklarni sterillovchi filtrlashdan foydalanish talab etiladi. Steril mahsulotning har ikkala turi toza xonalarda ishlab chiqarilishi zarur, ularga talablar GMP koidalarida keltirilgan Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo„llari. Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo‗llari har xil. Bular ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan xom ashyo va oraliq mahsulotlar, suv va gazlardir. Mikrobli kontaminatsiyaning boshqa manbasi atrof-muhitdir, muhim manbasi – odamlar. Preparatni tayyorlash jarayonida mikrobli kontaminatsiyani oldini olishga qaratilgan choralar mikrobli kontaminatsiya manbasining xavf darajasiga mos bo‗lishi kerak. Tashqi muhitdan izolyasiyalashga tegishli filtrlar tizimlari bilan jihozlangan va toza xonalarda ortiqcha bosimni ta‘minlaydigan ventilyasiya tizimlari yordamida erishiladi. Suv va gaz ta‘minoti manbalari orqali mikrobli kontaminatsiyaning oldi olinishiga ushbu muhitlarni issiqlik usulida yoki filtrlar yordamida sterillash yo‗li bilan erishiladi. Toza xonaga kiradigan odam umumiy hisobda 1014 dan ortiq tirik bakterial hujayralarga ega, ularning eng ko‗pi terida, og‗izda, ichakda mavjud. Toza xonalarda teri qoplamalari mikroflorasi preparat uchun katta xavf tug‗diradi, chunki ko‗pchilik bakteriyalar bemorlar uchun, ayniqsa immuniteti zaiflashganlar uchun patogen 129 hisoblanadi.Me‘yoriy xujjatlarga ko‗ra havoning tozaligiga baho berishda 1 m3 havodagi mikroblar soni bilan baholanadi. A, B va V sinfga mansub xonalarda Staphilacoccus aerius koloniyalari, mog‗or zamburug‗lari va achitqilar 1 m 3 havoda aniqlanmasligi kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling