Mavzu-2
Xonaga kiradigan issiqlik oqimini aniqlash.
|
REJA:
1. Xonaga kiradigan issiqlik oqimini aniqlash.
2. Elektrodvigatellardan ajraladigan issiqlik oqimi.
3. Derazadan quyosh radiatsiyasi orqaii kiradigan issiqlik oqimini aniqlash.
|
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Vizual ma’ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klaster, "ha-yo‘q" texnikasi
O‘qitish vositalari: Ma’ruzalar matni, proyektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar
|
Ishlab chiqarish jarayoni, odatda, havoga gazlar, zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug’lari, issiqlik chiqarish bilan ro‘y beradi. Xonada ko’pincha odamlar ham havoga issiqlik, namlik, SO2 va boshqa gazlar ajratadilar. Uning natijasida xonadagi havoning kimyoviy tarkibi va fizik holati o’zgaradi, bu esa odam o’zini yaxshi his etishiga, uning sog’ligiga ta’sir etadi va ishlash sharoitini yomonlashtiradi.
Jamoat binolarining ko‘p xonalarida asosiy zararli chiqindi sifatida ortiqcha issiqlik va namlik bo’ladi.
Sanoat binolarida ulardan tashqari xonaga gazlar, zararli moddalar bug’lari, changlar, ortiqcha suv bug’lari ro’y beradi.
Ventilatsiyani hisoblaganda xonaga kirayotgan, ajralayotgan zararli miqdorlarni aniqlash kerak.
Xonaga kiradigan issiqlik oqimini aniqlash.
Xonaga kirayotgan issiqlik oqimlarini quyidagilar tashkil qiladi;
(1)
bu yerda: Qodam - odamlardan ajraladigan issiqlik, Qquyosh - quyosh radiatsiyasining issiqligi; Qyorit - yoritish jihozlaridan ajraladigan issiqlik; Q el.dv - stanok va mexanizmlaming elektrodvigatellaridan ajraladigan issiqlik; Qpech texnologik pechlar; Qmat - matyeriallar sovishidan va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |