Odamlardan issiqlik ajralishini hisoblash.
Odamlardan oshkora Qosh va yashirin Qyash issiqlik ajraladi. Bu issiqliklarning oqimi odamlaming holatiga bog’liq, ya’ni u tinch holatdami, yengil, o’rtacha yoki og’ir ish bajarayaptimi?
Oshkora issiqlik oqimini quyidagi formulalar yordamida topish mumkin:
(2),
bu yerda: βu — tuzatish koeffisiyenti, u odamning holatini hisobga oladi, ya’ni ishning intensivligini; βu = l tinch va yengil ish uchun:
βu = 1,07 o’rtacha og‘irlikdagi ish uchun; βu =1,15 og‘ir ish bajarilganda;
βkiy — kiyimning turiga bog’liq bo’lgan koeffisiyent; βkiy = 1 yengil kiyim uchun; bkiy=0,65 - oddiy kiyim uchun; βkiy = 0,4 issiq kiyim uchun; υx- havo tezligi, m/s; tx - xonaning harorati, °C.
Elektrodvigatellardan ajraladigan issiqlik oqimi
Elektrodvigatellardan ajralib chiqadigan umumiy issiqlik oqimi quyidagicha aniqlanadi:
Q el.dv =No’r Kfoy Kyuk Kbir ( l - η + Kfoy η),Vt (4)
bu yerda: No’r – o’rnatilagan elektrodvigatelning quvvati, Vt;
Kfoy = 0 ,7 ÷ 0 ,9 -o‘rnatilg an quvvatidan foydalanish koeffisiyenti;
Kyuk =0,5 ÷0,8 - yuklanish koeffisiyenti; Kbir =0,5÷1 –elektrodvigatelning birdaniga ishlash koeffitsiyenti; Kfoy=0,1÷1 – mexanik energiyasiga o’tish koeffitsiyenti.
Pechlardan va boshqa jihozlardan chiqadigan issiqlik oqimi.
Q=αyuz F (tyuz – tx), Vt (5)
Bu yerda: αyuz – issiqlik berish koeffitsiyenti; Vt/(m2 0C); F – jihozning yuzasi; m2; tyuz – tashqi yuzaning harorati, 0C; tx – xonadagi havoning harorati, 0C.
Do'stlaringiz bilan baham: |