Mavzu-2 Xonaga kiradigan issiqlik oqimini aniqlash
Materiallar sovushida ajraladigan issiqlik oqimi
Download 28.81 Kb.
|
2-Мавзу БИнжКом
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini aniqlash
Materiallar sovushida ajraladigan issiqlik oqimi.
Qmat=0,278M c(tb – tox) b, Vt (6) bu yerda; M – materiallar massasi, kg; c – materialning o’rtacha issiqlik sig’imi, kJ/(kg 0C); tb – materialning boshlang’ich harorati; 0C; tox – materialning ohirgi harorati, 0C; b – issiqlik berishni vaqt bo’yicha o’zgarishini hisobga oluvchi o’lchamsiz koeffitsiyent. Quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini aniqlash Quyosh radiatsiyasining issiqligi tashqi to'siqlar: dyeraza, devor, ship orqali xonaga kiradi. Derazadan quyosh radiatsiyasi orqaii kiradigan issiqlik oqimini aniqlash. Deraza orqali xonaga kirayotgan issiqlik oqimini quyidagi formula yordamida topish mumkin: Qmax = (qyor Fyor + qs Fs) Kno’, Vt (7) bu yerda: qyor , qs – mos ravishda quyoshdan yoritilgan va soyada bo’lgan 1m2, bir qavatli , oddiy, qalinligi δ = 2,5÷3,5 mm oyna orqali xonaga kirayotgan issiqlik oqimi, Vt/m2; Fyor, Fs – mos ravishda quyoshdan yoritilgan va soyada bo’lgan oynaning yuzasi, m2; Kno’ – oynadan quyosh radiatsiyasi nisbiy kirish koeffitsiyenti. Qurilish joyining jo’g’rofiy kengligi va bino oynalarining oriyentatsiyasiga qarab maksimal yoki belgilangan hisobiy soat uchun qyor, qs qiymatlari aniqlanadi. Oynani quyosh azimuti Aoq<900 bo’lganda, ya’ni tik oyna ayrim yoki to’liq quyosh nuri bilan yoritilgan bo’lganda: qyor = (qto’g’r + qfarq) k1k2 , (8) Agarda tik oyna soyada joylashgan bo'lsa, ya’ni Aoq≥90° bo’lganda, yoki oynaning tashqarisidan quyoshdan himoya qiluvchi qurilmalardan soya tushsa: qs = qfarq k1k2 (9) Bu formulalarda qfarq , qto’g’r mos ravishda to’g’ri va tarqoq quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini eng katta qiymati; k1 - atmosfera iflosligini va dyeraza panjarasidan tushgan soyani e’tiborga oluvchi tuzatish koeffisiyenti; k2-oynani iflosligini hisobga oluvchi tuzatish koeffisiyenti. Oynalarning azimut absolut qiymati Aoq quyidagi formulalardan aniqlanadi: JShq yo’nalishda tushdan keyin va JShq yo’nalishida tushdan oldin: Aoq = Aq +Ao (10) G’, ShlG’, JG’ yo’nalishda tushdan keyin, Shq, ShlShq, JShq yo’nalishda tushdan oldin va Shi, J yo’nalishlarga: Aoq = Aq -Ao (11) F, ShlF yo’nalishda tushdan keyin va Shq, ShlShq yo’nalishda tushdan keyin: А o.q = 360 -(Aq -Ao) (12) Bu yerda Aq quyosh azimuti, ya’ni quyosh nurini gorizontal proyeksiyasi va janub yo’nalishi orasidagi burchak. Ao -oynani azimuti, ya’ni oyna yuzasi va normal orasidagi burchak yoki soat mili yo’nalishi yo unga teskari yo’nalish bo’yicha hisoblanganda, shu normal gorizontal proyeksiyasi bilan janubiy yo’nalish orasidagi burchak. Agarda xonada oynalar har xil yo’nalishda joylashgan bo’lsa hamda bir-biri orasida 90° li burchak bo’lsa va hisobiy soat belgilanmagan bo’lmasa, xonaga kirayotgan issiqlikni har bir devorda joylashgan oyna orqali hisoblash kerak va xonalar kishilar bilan band bo’lgan yoki korxona ishlayotgan davr uchun eng katta qiymat olinishi l Download 28.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling