Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy havo almashinuvi (shamollatish).
Shamollatish xajmi deb, xonaga xar bir odam uchun bir soatda tushishi
lozim bo‗lgan havo miqdoriga aytiladi. Havodagi CO 2 miqdorining chegarasiga qarab shamollatishning zarur xajmi xisoblab chiqiladi. Bu xajm bir kishi uchun soatiga 30-35 m 3 dan kam bo‗lmasligi kerak. Havoning siljish turiga ko‗ra tabiiy va mexanik (sun‘iy) ventilyasiya farq qiladi. Tabiiy havo almashinuvida sovuq va issiq havo zichligining farqi xisobiga yuzaga keluvchi gravitatsion bosim xamda shamol bosimi ta‘sirida havoning xarakati yuzaga keladi. Mexanik havo almashinuvida havo ventilyatorlar ta‘sirida harakat qiladi. Aralash sistemadan ham foydalanish mumkin. Havo almashinuvini tashkil etish usuliga ko‗ra havo almashinuvi mahalliy va umumiy bo‗lishi mumkin. Xarakatlanishi bo‗yicha ventilyasion moslamalar: - tortib oluvchi (havoni tortish uchun muljallangan)ga bo‗linadi, ular o‗z navbatida mahalliy va umumiy bo‗lishi mumkin. - olib keluvchi (havo berib turadigan) ikkiga bo‗linadi: mahalliy (havo dushlari, pardalari, oazislar) va umumiy (bir tomonga yo‗naltiruvchi va ko‗p tomonga yo‗naltiruvchi) Tabiiy havo almashinuvi (shamollatish). Yashash xonadonlarida va xonalarida tabiiy havo almashinuvi devor yoriqlari, oyna va eshiklarni jips yopilmasligi hamda fortochka, framuga yoki deraza va eshiklarning to‗liq ochib qo‗yish hisobiga amalga oshiriladi. Havo almashinuvi kattaligiga asosan meteriologik omillar: tashqi havo va xona havosining harorati, shamol kuchi va yo‗nalishi ta‘sir ko‗rsatadi. Harorat omili ta‘siri ostida uyda yoki alohida xonalarda taxminan balandligining o‗rtasida neytral zona tashkil bo‗ladi, bunda esa musbat 119 va manfiy bosim tenglashadi. Bu mintaqadan yuqorida havo xonadan tashqariga chiqishga harakat qiladi, pastda esa tashqi havoning xonaga kirishi kuzatiladi. Zamonaviy turar joy uylarida, xonadonlarida ventilyasion jihozlanishni bosh elementi olib ketuvchi kanallar hisoblanadi. Ular ko‗pincha oshxona sanitariya tarmog‗ini kapital devorlariga joylashtiriladi, bunda havoning harakati tabiiy asosida o‗tadi. Atmosfera havosining temperaturasi nechog‗li past bo‗lsa, uning solishtirma og‗irligi shuncha katta bo‗lib, xonalarning tashqi to‗siqlariga shuncha ko‗proq bosim ko‗rsatadi va xonalar ichiga shuncha ko‗proq o‗tadi. Xonalar havosi esa, solishtirma og‗irligi kamroq bo‗lgani uchun, xuddi shuning singari, xonalarning yuqori zonasidagi teshik va tirqishlar orqali atmosfera havosiga chiqib turadi. Atmosfera havosining xarakat tezligi ortgan sayin uning shamolga ro‗para turgan xona to‗siqlariga ko‗rsatadigan bosimi zo‗rayadi va shamolga teskari tomondagi to‗siqlarga tushadigan bosimi kamayadi, bu xam havo almashinuvining kuchayishiga olib keladi. Qurilish materiallarining teshiklari orqali o‗tadigan havo miqdori arzimas bo‗ladi va xonalarning shamollashiga axamiyati yo‗q.Tabiiy yo‗l bilan havo almashinuvi asosan deraza va eshiklardagi teshik va tirqishlar orqali ro‗y beradi.Tashqi havo xarakati tezligi 1-5 m/sek bo‗lganida uzunligi bir metr keladigan tirqish orqali bir soat mobaynida 4m 3 dan 12 m 3 gacha havo o‗tishi mumkin. Xonalarni tabiiy yo‗l bilan shamollatishni kuchaytirish uchun fortochka va framugalardan foydalaniladi. Fortochkalar derazaning yuqoridagi 3dan bir qismida bo‗lishi va kattaligi pol maydonining kamida 1/40 qismini tashkil qilishi kerak. Mo‗tadil sovuq va Mo‗tadil iqlimda fortochkalar bo‗yi kamida 0,6 m, yuzi 0,3m 2 bo‗lishi kerak. Fortochkalar orqali havo bir vaqtda kiradi va chiqadi. Xonalarni fortochka orqali shamollatishning kamchiligi shuki, fortochkani ochib qo‗yib uzoq shamollatish kerak bo‗ladi va bunda pastga qarab yuradigan sovuq havo oqimlari vujudga keladi, bu xonadagi odamlarning shamollashiga olib keladi. Tabiiy yo‗l bilan shamollatishning mukammal usuli framugalar o‗rnatishdir. Framuga 45 0 g acha burchak ostida bino ichiga qarab ochiladi, ayni vaqtda tashqaridagi sovuq 120 havo xonaning ustki zonasiga o‗tib,shu erda ilik havo bilan aralashib ketadi. Tabiiy yo‗l bilan shamollatishni kuchaytirish uchun binolarning devorlariga tortuvchi ventilyasiya kanallari ishlanadi. Mana shu tortuvchi kanallarda havo tortilishini kuchaytirish uchun binolarning tomlariga deflektor degan maxsus moslamalar o‗rnatiladi. Deflektorlarning ishi shunga asoslanganki qanday bo‗lmasin biror yo‗nalishda xarakatlanadigan havo moslama orqali o‗tib, deflektordagi havoni xam o‗zi bilan birga olib ketadi, shunga ko‗ra deflektorda atmosfera bosimidan ko‗ra pastrok bosim vujudga keladi va moslamaning pastki qismiga ventilyasiya kanallaridan, ventilyasiya kanallariga esa shamollatilayotgan xonalardan havo kiradi. Sanoat binolarini shamollatishni kuchaytirish, sozlash uchun xamda asosan ortiqcha issiqlik ajralib chiqishiga qarshi eng samarali ventilyasiya - aeratsiya xisoblanadi. Aeratsiya - tabiiy yo‗l bilan shamollatishning uyushqoq va boshqariladigan sistemasidar. Binolarning tashqi devorlarida 2 qator qilib ochiladigan maxsus teshiklar havo berib turish uchun xizmat qiladi. Havo binoning tomiga o‗rnatilgan ventilyasiya fonarining teshiklaridan chiqib ketadi. Yilning sovuq paytlarida 5-6 m balandlikda joylashgan ustki yon teshiklar qatoridan havo tortish uchun foydalaniladi. Sovuq havo binolarning issiq havosi bilan aralashib oladi va etarlicha iligan xolda pastga zonaga tushadi. Yozda pastki teshiklar qatoridan havo kirishi uchun foydalaniladi. Aeratsiya qurilmalarini ishlatishda shamol yo‗nalishi xisobga olinadi: havo kirishi uchun binoning shamolga ro‗para tomonidagi teshiklari ochilsa, havoni tortib olishda shamolga teskari tomonidagi teshiklari ochiladi. Havo kiritiladigan va tortib olinadigan teshiklarga maxsus tavakalar o‗rnatiladi, bularda ularni kattaroq yoki kichikrok qilib ochib qo‗yish uchun xizmat qiladigan moslamalar bo‗ladi. Aeratsiya juda katta iqtisodiy unumdor havo almashinuvi hisoblanadi. Uning kamchiligi ishlab chiqarish havosiga zararli bug‗ va gazlar, aerazollar kirishi mumkin, chiqib ketayotgan havoni tozalashning iloji yo‗q. Bundan tashqari aeratsiyada olib ketuvchi havoni isitish va tozalash iloji yo‗q. 121 Tabiiy shamollatishning muhim kamchiligi xonaga oqim bilan kiradigan va undan chiqadigan havo miqdori noma‘lum va o‗zgaruvchan bo‗lishidir, bu tashqi havo xaroratiga va shamolning kuchiga bog‗liq. Shuning uchun ko‗p kishi yig‗iladigan yoki havosi gaz, chang, suv bug‗lari yoki mikroorganizmlar bilan ifloslanadigan xonalarni tabiiy shamollatish kifoya qilmaydi. Bunday hollarda xonalarga sun‘iy shamollatgich o‗rnatib, havoni yangilash kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling