Nuraliyeva xafiza otaevna
Jadval 5.3 Dorixona xonalarida havo harorati va havo almashinuvi karraligi
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havoning takroriy almashinuvini aniqlash.
- Ventilyasion sistemalar samarali ishlashlarini baholash.
- Dori vositalarini ishlab chiqarish karxonalarida havo almashinuviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
Jadval 5.3
Dorixona xonalarida havo harorati va havo almashinuvi karraligi Havo temperaturasi kam emas Bo‗limlar nomi Havo almashinuvining karraligi, mexanik ventilyasiya Havoni tabiiy almashinuv i karraligi Olib keluvchi Olib chiquvch i 16 0 S Aholiga xizmat ko‗rsatish zali 3 4 3 18 0 S Buyurtma berish, buyurtmalarni qabul qilish va joylashtirish, retseptura xonasi 2 1 1 18 0 S Assistent, aseptik, defektor, tayyorlash, qadoqlash, sterilizatsiya avtoklav, distillyasiya xonasi 4 2 1 18 0 S Nazorat-analitik, eritmalarni sterilizatsiya qilish xonasi 2 3 1 18 0 S Aseptik sharoitda dori vositalarini tayyorlash xonalari 4 2 Mumkin emas Zahiralarni saqlash xonasi 18 0 S a) dori preparatlari, bog‗lov materiallari, termolabil preparatlar, tibbiy jixozlar xonasi 2 3 1 18 0 S b) dorivor o‗simliklar xom ashyosi xonasi 3 4 3 18 0 S V) zaharli dorilar va narkotiklar xonasi – 3 3 18 0 S d) tez yonuvchan va yonuvchan suyuqliklar saqlovchi xona – 10 5 125 18 0 S d) dezinfeksiyalovchi preparatlar, kislotalar, dezinfeksiya qilish xonasi – 5 3 Havoning takroriy almashinuvini aniqlash. Xona havosining har bir soatda tashqi atmosfera havosi bilan almashinuvi har bir soat necha marotaba bo‗lishini quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bu formulada; P- xona havosining takroriy almashinuvi; o‗lchov birligi marta soat O - bir soatda xona havosi m 3 havo chiqadi, yoki bir soatda necha m 3 toza atmosfera havosi xonaga kiradi (m 3 / soat) K - xonaning hajmi (m 3 ) Ventilyasion sistemalar samarali ishlashlarini baholash. Xonalarda ventilyasiya sistemasining ishiga ob‘ektiv baho berish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Q = U • v• 3600 (t g soat) Bu erda, Q - izlanayotgan havoning hajmi (m 3 ) U - ventilyator teshigidagi kelayotgan yoki ketayotgan havoning yurish tezligi (m/sek ), anamometr bilan aniqlanadi. v - ventilyasion teshikning sathi (m 3 ) Dorixona xonalarida havo harorati va havo almashinuvi karraligi Dori vositalarini ishlab chiqarish karxonalarida havo almashinuviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar: 1. Ishlab chiqarish binolarida o‗ziga xos meteorologik parametrlarni va yuqori tozalik sharoitlarni talab qiladigan xonalarida isitish va olib keluvchi – olib chiquvchi ventilyasiya tizimlari bilan jihozlanishi kerak (steril xonalar, bakterial va virusli preparatlarni ishlab chiqarish sexlari, vivariylar va kichik laboratoriya hayvonlarini saqlash xonalari va boshqalar). 2. Xona havosiga ajralib chiqadigan badbo‗y yoki I va II sinf xavfi bor zararli 126 moddalar ajratib chiqaradigan boshlang‗ich mahsulot va yarim mahsulotlar almashuv zahiralari saqlanadigan ishlab chiqarish binolari ichi maxsus ventilyasiya bilan ta‘minlangan bo‗lishi shart. 3. Yarim tayyor maxsulotlarni, reagentlarni va tayyor maxsulotlarni olib ketuvchi idishlarga quyish joyi mahalliy so‗rish tizimlari bilan jihozlangan bo‗lishi kerak. 4. I va II xavfli sinflarning zararli moddalarini chiqarib tashlash uchun ish joylaridagi havo oqimi tezligi kamida 1,5 m/s, boshqa zararli moddalarni chiqarib tashlash uchun esa kamida 1,0 m/s bo‗lishi kerak. 5. Chang ajraladigan binolarga (tayyor dori vositalari ishlab chiqarish uchastkalari) toza havo beruvchi havo taqsimlagichlar o‗rnatilganda ular oqimi keskin pasayishi lozimligi hisobga olinishi lozim. Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida mikroblar bilan ifloslanishining oldini olish uchun havoni filtrlash, konditsionirlash, olib keluvchi ventilyasiya va toza xonalarda ortiqcha bosim hosil qilish, ularni turli darajadagi tozalik bilan zonalarga bo‗lish kabi bir qancha texnologik usullar qo‗llaniladi. Qo‗shni xonalarda turli tozalik sinflarining odatda 10-15 Pa bosim farqi bo‗lishi kerak. "Toza" xonalarda kerakli havo ta‘minotini ta‘minlash uchun olib ketuvchi ventilyasiya tizimlarining ishlashi olib keluvchi ventilyasiya tizimlarining 80-90% ni tashkil qilishi kerak. Filtr kameralarining ichki va tashqi yuzalari va "toza" xonalarning ventiyalsiya qurilmalarining havo yo‗llari dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov berishga imkon beruvchi qoplamaga ega bo‗lishi kerak. Ishlab chiqarish joylarida havo filtrlarining samaradorligini muntazam ravishda nazorat qilib, baho berib borish kerak. Atrof-muhitni ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishini oldini olish uchun havoni ingichka xajmli filtrlar orqali chiqarib yuborish tavsiya qilinadi. Steril dori-darmonlarni ishlab chiqarishda, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, eng muhim maydonlarni yoki jarayonlarni himoya qilish uchun maxsus uskunalar yordamida butun xonada yoki alohida mahalliy joylarda 127 gorizontal yoki vertikal laminar oqimlarni yaratish mumkin. "Toza maydon"i yoki "toza xona"da vertikal laminar oqim ventilyasiya filtrlar bilan shiftga joylashtirilgan bo‗lishi kerak, ventilyasiya teshiklari esa devorlarning pastki qavatida yoki polda joylashishi kerak. Gorizontal laminar oqimli olib keluvchi va olib chiquvchi ventilyasiya teshiklar filtrlari "Toza" xonada yoki "toza" maydonda qarama-qarshi devorlarning butun yuzasi bo‗yicha joylashgan bo‗lishi kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling