Nuraliyeva xafiza otaevna


 DOZIMETRIK VA RADIOMETRIK NAZORAT OLIB BORISHDA


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

6.5. DOZIMETRIK VA RADIOMETRIK NAZORAT OLIB BORISHDA 
QO‘LLANILADIGAN TEKSHIRISH USULLARI 
Dozimetrik va radiometrik nazoratini olib borish asosida ionlovchi 
nurlanishni qayd qilish yotadigan instrumental tekshiruvlardan foydalanishga 
asoslanadi. 
Ionlovchi nurlanishni qayd qilish usullarini quyidagi guruhlarga bo‗lish 
mumkin: 
1. fizikaviy, ionlashtiruvchi, sintilyasion, kalorimetrik, spektrometrik 
2. kimyoviy, fotografik, radiokimyoviy 


162 
3. biologik. 
Fizikaviy usullari 
 1. Ionizatsiya usuli. Bu usul Geyger-Myuller hisoblagichini to‗ldiradigan 
gazning ionizatsiyalanish samarasini qayd qilinishiga asoslangan. Ionlanish 
natijasida hisoblagichni darajalanishi yoki ular zaryadlari potensialining 
kamayishiga olib keladi. Hisoblagichga priborni pasportida ko‗rsatilgan muayyan 
ish kuchlanish berilganda hisoblagichni darajalanishidan kelib chiqadi. 
Geyger-Myuller hisoblagichi yordamida beta-zarrachalari, gamma-kvant
shuningdek rentgen nurlari qayd qilinadi qattiq turdagi nurlarni dozimetriya va 
dozimetriyasi. 
2. Sintilyasion usul. Ba‘zi bir moddalar (rux sulfid, stilben, antratsit) 
ionizatsion nurlanishi ta‘siri ostida yorug‗lik va sintilyasion portlash hosil qilishiga 
asoslangan. Sintilyasiya intensivligi ionlovchi nur instensivligiga proporsional 
bo‗ladi. Bu usul har xil nurlanishlarni aniqlashda ishlatiladi.
3. Kalorimetriya usuli. Bu usul nurlanish energiyasining kalorimetik 
tanasida yutilib unda issiqlik energiyasiga aylanishiga asoslangan. 
Alfa nurlarini kalorimetrik usulda o‗lchash osonroq. Chunki ular kalorimetr 
tanasiga to‗liq yutiladi. Ko‗proq dozimetriyada qo‗llaniladi. 
Kimyoviy usullar. 
Kimyoviy usul. Bu usul yordamida ionizatsion nurni moddalarga ta‘sir 
qildirib kimyoviy o‗zgarishi aniqlaniladi: valentligining o‗zgarishi, molekulyar 
tarkibini o‗zgarishi, ochiq materiallarni qorayishi. Shaxsiy nurlanish dozasini 
aniqlash uchun ishlatiladi. 
Fotografiya usul. Ionlovchi nurlanish ta‘sirida fotoqog‗ozning qorayishni 
qayd qilinishiga asoslangan. Bu fotoqog‗ozning qorayishi darajasi nurlanish 
dozasiga bog‗liq bo‗ladi. Asosan korpuskulyar nurlarni tashqi oqimini o‗lchash 
uchun ishlatiladi. 
Biologik usul. 
Bu usul ionlovchi nurlanish ta‘sirida organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarni 
darajasi va xarakterini qayd qilishga asoslangan. Odamga nisbatan bu usul 


163 
qandaydir avariya natijasida shtatdan tashqari holatda olgan nurlanish dozasini 
baholash uchun ishlatiladi. Bu murakkab, mehnat talab qilinadigan usullar olingan 
nurlanish dozasi haqida aniq ma‘lumot bermasligi ham mumkin. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling