Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Nazorat savollari 
1. Radiatsion gigiyenaning rivojlanish tarixi. 
2. Radiaktivlik hodisasiga ta‘rif. 
3. Ionlantiruvchi nurlarning biologik ta‘siri. 
4. Ionlantiruvchi nurlar ta‘sir qiluvchi kritik organlar. 
5. Ochiq nurlanish sabablari. 
6. Ionlantiruvchi nurlarning REKsi va o‗lchov birliklari. 
7. Ionlantiruvchi nurlardan saqlanish choralari. 
8. Dozimetrik nazorat. 
9. Radiatsion xolatni aniqlovchi usullari va asboblari. 
 


165 
VII BOB. GALEN VA NEOGALEN PREPARATLARINI ISHLAB 
CHIQARISHDA MEHNAT GIGIYENASI 
7.1. TO‘G‘RI (YAXSHI) ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI 
QOIDALARI (GOOD MANUFACTURING PRACTICE) 
Farmatsevtika sohasini rivojlanitirishni yaxshi yo‗lga qo‗yish uchun Evropa 
mamlakatlarida ―Evropa birlashmasida dori-darmonlarni bir maromda ushlab 
turilishi‖ bo‗yicha qoida ishlab chiqilgan. Bu qoida asosan ishlab chiqarish 
jarayonida kam hatoga yo‗l qo‗yilishini va tayyor mahsulotning sifatini aniqlaydi. 
Asosan ikki turdagi hatoliklar ko‗p uchraydi: 1. Kesib o‗tilgan 
kontiminatsiya. 2. Aralashib, yoki adashib ketilgan tayyor mahsulot. 
Hatolikni oldini olish yo„llari: 
1. Talab etilgan tayyor mahsulotni tayyorlanish va tasdiqlash jarayonida 
nazorat qilishning aniq reglamentini berish. 
2. Har bir bosqichda taftish o‗tkazish: ―tayyor mahsulot sifatining 
o‗zgarishiga ta‘sir etishi‖ 
3. Ishlab chiqarish quyidagi sharoitlarda: yopiq inshootlarda, jihozlar
xizmatlar, ta‘minot, qadoqlanuvchi va nomlanuvchi materiallar bilan ta‘minlanishi 
hamda tashish va etkazib berish kafolatlanishi shart. 
4. Har bir tayyor mahsulotda ishlatish tartibi va reglamenti yozilishi shart. 
5. Texnologik jarayonni olib boruvchi shaxs malakasini oshirishi shart. 
6. Mahsulot xar bir bosqichda tekshirilib, tayyor bo‗lgandan keyin sifati va 
soni talabga javob berishi lozim. 
7. Mahsulot ishlab chiqarilishi va saqlanish jarayonini qayd etib boriladigan 
xujjatlar, realizatsiya qilinadigan mahsulotlarni joyiga shikastsiz etkazib borilishini 
qayd qiluvchi xujjatlar saqlanishi shart. 
8. Dori – darmonlar sotilgan yoki etkazib berilgan taqdirda sifati 
buzilmaganligini nazorat qilishshart. 
Tizimda ishtirok etish uchun mamlakatda uchta sharoit bo„lishi kerak: 
1. Dori vositalarini Davlat ro‗yxatidan o‗tkazish idorasi va tizimining mavjudligi. 


166 
2. Vakolatli idoralar tomonidan farmatsevtika korxonalarini muntazam ravishda 
inspeksiyadan o‗tkazish. 
3. Amaldagi korxonalarning - Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (Good 
Manufacturing Practice) qoidalaritalablariga mos kelishi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling