Nuraliyeva xafiza otaevna


 AMPULALARDAGI DORILARNI ISHLAB CHIQARISHDA


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

7.3. AMPULALARDAGI DORILARNI ISHLAB CHIQARISHDA 
MEXNAT SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI. 
Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni farmatsevtik 
ishlab chiqarish korxonasining ampula sexida amalga oshiriladi. Ampulalarni 
tayyorlashnish ishlab chiqarish sikli quyidagi asosiy jarayonlardan tashkil topadi: 
ampulalar tayyorlash, in‘eksiya eritmasini tayyorlash va ampulalarni to‗ldirish 
(ampulalash), ampulalarni yopish, sterillash, nazorat, yorliqlarni o‗rab joylash. 
Ampulalar tayyorlash. Ampula sexi bo‗limida maxsus apparatlar (avtomatlar 
yoki yarim avtomatlar) yordamida amalga oshiriladi. Ampulalar uzun kimyoviy 
jixatdan chidamli shisha quvurchalar - drotlardan tayyorlanadi. Dastlab drot 
yuviladi, so‗ngra aylana yarim avtomatlar yoki avtomatlarga o‗rnatilib, gazli 
yondirgichlar yordamida undan ampulalar olinadi. Keyingi bosqichlarda ochiq 
kapillyarli vakuumli yarim avtomatlarda yuviladi. Yanada samarali yuvish uchun 
so‗nggi yillarda ampulalarga ultratovush bilan ishlov berishlari keng 
foydalanilmoqda. Yuvilgan ampulalarni quritish javonlarida issiq havoda quritib, 
so‗ngra ampulalarni to‗ldirish bo‗limlariga jo‗natadilar. Tadqiqotlarning 
ko‗rsatishicha, bu jarayonda ishlovchilar uglerod oksidi na yuqori harorat (280

gacha) ta‘siri ostida bo‗ladilar. Ajralib chiqadigan zararli moddalarniig asosiy 
manbai tabiiy gazni ampula mashinalarini gazli yondirgichlarida yondirish jarayoni 
hisoblanadi. 
Xonalarni tozalash qoidalari buzilganda, xususan, ampula mashinalari 
yuzasidan changni mexanik usulda va puflash yo‗li bilan ketkazishda bu davrda 
shisha changi konsentratsiyasi REKdan 2 baravar va undan ortiq bo‗lishi mumkin. 
Yuqoridagi ishlab chiqarishdagi zararlar bilan bir qatorda ishlovchilar ampula 
mashinalaridan chiquvchi shovqin ta‘siriga beriladilar. Bundan tashqari, drotlar va 
ampulalarni yuvishda, shuningdek, ampula mashinalariga xizmat ko‗rsatishda 
shisha siniqlaridan jarohat olish xavfi yuzaga kelishini ko‗zda tutish zarur. 
Eritmani tayyorlash va ampulash. In‘eksiya eritmasini tayyorlash eritmaga 
ishlov berishdan boshlanadi, suv, turli yog‗lar (shaftoli, bodom, eryong‗oq va 
boshqalar), sintetik va yarim sintetik birikmalar eritma sifatida qo‗llaniladi. 


169 
In‘eksiyalar uchun suvga ishlov berish uning tegishli sifati, jumladan, 
apirogenligini ta‘minlovchi yuqori ishlab chiqarish distillyatorlarida amalga 
oshiriladi. 
Ampulalash shprits yoki vakuum usulida amalga oshiriladi: birinchida 
ampulalarni eritma bilan to‗ldirish avtomatik ravishda shprits yordamida bajariladi. 
ikkinchisida - ularda ma‘lum chuqurliklagi vakuum yaratilib, u chiqarilgach, 
in‘eksiya eritmasiga botirilgan ampula uning ma‘lum xajmi bilan to‗ladi. 
Ampulalarni dorivor modda bilan to‗ldirish mukammal tozalikni talab etadi, shu 
sababli texnologik jarayonlar, xonalarni rejalashtirish, pardozlash va tutishga 
nisbatan qat‘iy sanitariya-gigiyena talablari qo‗yiladi. Devorlarga plitka 
yopishtirilishi yoki moyli buyoq, bilan bo‗yalishi shart. Pol materiali suv
dezinfeksiya vositalari, organik eriguvchilar va boshqa kimyoviy moddalar bilan 
artilganda yoki dezinfektsiya qilinganda chidamli bo‗lishi kerak. Ko‗p jixatdan 
uni polimer material (polivinilxlorid, plitkalari. relin va b.) bilan qoplash ushbu 
talablarga muvofiq keladi. Havoni tozalash (filtrlash) va uni bakteritsid lampalar 
yordamida zararsizlaptirish muhim jihatlardan sanaladi. Xonani doimiy ravishda 
ho‗llab tozalab turish zarur. Ineksiya eritmalarini tayyorlash va ampulalarni ular 
bilan to‗ldirishda ish zonasidagi havo erituvchilar va dorivor moddalar bilan 
ifloslanishi mumkin. Dorivor moddalar eritmalarini olish jarayonlari, xususan 
kukuni dorilarni dozalash va ularni reaktorlarga ortishni qo‗lda bajarish gigiyenik 
jixatdan eng noto‗g‗ri hisoblanadi. Ushbu bosqichda mehnat sharoitlarini 
sog‗lomlashtirish maqsadida havoni kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishining 
oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena tadbirlari majmuini o‗tkazish zarur. 
Ishlovchilar shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va shahsiy ximoya 
vositalaridan foydalanishi muximdir. 
Ampulalarni yopish.Ushbu texnologik jarayon turli konstruksiyadagi yarim 
avtomatlarda amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda yuqori havo harorati (290
0

gacha) va unda uglerod oksidining mavjudligi asosiy ishlab chiqarishdagi zararlar 
hisoblanadi. Bir qator korxonalarda aylana yarim avtomatlarda tabiiy gaz 


170 
yoqilganda ajralib chiqayotgan uglerod oksidi ampulalarni konveer liniyalarda 
yopish chog‗ida chiqadigan mikdoridan qariyib 2 barobar ortiqni tashkil etadi. 
Mavjud zararlar bilan kurashishda eng samarali sanitar-texnikaviy tadbir, 
ya‘ni oqim ustidan tortish ustunlik qiladigan oqilona oqimli tor havo almashinuvi 
qurilmasi hisoblanadi. Qo‗l va ko‗zlarni shahsiy ximoya qilish vositalaridan 
(qo‗lqop va ximoya ko‗zoynagi) foydalanishiga alohida e‘tibor berilishi shart. 
Ampula yopilgach, uning germetikligi tekshirilib, sterillanadi va nazoratdan 
o‗tishga jo‗natiladi. 
Nazorat. Har bir tayyorlangan ampulada mexanik aralashmalar yo‗qligi, 
amaldagi moddalarning miqdor tarkibini belgilash va mikroorganizmlar mavjud 
emasligi tekshiriladi. Mexanik qo‗shilmalar bor-yo‗qligini ko‗z bilan yoki tegishli 
optik qurilmalar yordamida tekshiriladi. Ampulalarni ko‗zda tekshirish qorong‗i 
xonada (umumiy yorug‗lik qariyb 5lk) maxsus yorug‗lik stendida amalga 
oshiriladi, uning ish joyida yorug‗lik kamida 1000 lk bo‗lishi shart, shuningdek 
xonalarini qurilishi va rejalashtirilishi, ularda havo almashinuvhi yaxshi tashkil 
etilganligi qanchalik mukammalligiga qarab belgilanadi. 
Tadqiqotlarini ko‗rsatishicha, ko‗zda tekshirish usuli ma‘lum, ko‗z quvvatini 
bilan bog‗liq, buning ustiga u ishlovchilarning qariyb 85% ish vaqtini oladi. Ko‗z 
bilan tekshirish gigiyenik jihatdan bir qator nohush jihatlarga ega. Chunonchi, 
ampulalarni tekshirish chog‗ida ishchi uzoq vaqt majburiy o‗tirish holatida bo‗lib, 
qo‗l barmoqlarining mayda mushaklariga katta og‗irlik tushganini sezadi. Buning 
sababi ishchi bir qo‗lida 4 gacha ampulani ushlab, bir necha elpig‗ichsimon 
silkitishlardan keyin dorivor moddaning mexanik ifloslanganligini aniqlash 
maqsadida ularni chiroqni ekran oldida o‗giradi. Bunday operatsiya navbat 
davomida ko‗p marotaba takrorlanadi va bu holatda uzoq vaqt ishlansa ishchilarda 
tendovaginit va koordinator nevrozining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Nimqorong‗i xonadagi ishning bir hil xolatda uzoq vaqt ishini davom etishi 
ishlovchilarning ruxiy holatiga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqoridagi 
omillarning noxush ta‘sirini bartaraf etish uchun ishlovchilarni okulist doimiy 
ko‗rikdan o‗tkazib turishi zarur. Ko‗rish quvvati pasayishining birinchi alomatlari 


171 
va shapko‗rlik paydo bo‗lganida ularni boshqa bo‘limlarga o‗tkazish kerak bo‗ladi. 
Ishlash vaqtida har 2 soatda ishlab chiqarish gimnastikasi uchun tanaffus qilish 
zarur. Ijobiy hissiyot va yaxshi kayfiyatlarni saqlab turish uchun musiqiy fon 
yaratiladi. Ampulalarni ko‗zdan kechirishga ko‗p kuch sarflanadi va doimo ham 
holis bo‗lavermaydi. Gigiyenistlarning tadqiqotlari ko‗rsatishicha, ish kunini 
oxiriga kelib hatoliklar soni ko‗payadi. Shuni hisobga olgan holda so‗nggi paytda 
gigiyenik jixatdan yanada progressiv bo‗lgan optik uskunalar yordamida nazorat 
qilish usuli ishlab chiqilib, keng qo‗llanilmoqda. U ishlovchilardan ko‗z diqqatini 
talab etmaydi, mahsuldor va holisdir. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling