Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Nazorat savollari 1. Fitopreparatlar tayyorlashda mehnatni sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 2. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarishda mehnat sharoitlariga ta‘rif bering 3. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarish bosqichlari. 4. Tabletkalar ishlab chiqarish bosqichlari. 5. Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 6. Draje ishlab chiqarishdagi sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 7. Farmasevtik ishlsb chiqarish korxonalarida ishchilar organizmiga salbiy ta‘sir etuvchi qanday omillar bor? 8. Ishchilar organizmiga salbiy ta‘sir etuvchi omillarni oldini olish yo‘llari. 176 VIII BOB. ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISHDA MEHNAT GIGIYENASI 8.1. KIMYOFARMATSEVTIKA KORXONALARIDAGI MEHNAT GIGIYENASI Kimyofarmatsevtika sanoati - xalq xo‗jaligining etakchi sohalaridan biridir. Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy usullarda ishlov berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash keng qo‗llanadi. Zamonaviy kimyofarmatsevtika korxonalari o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, uning rivojlanish spetsifikasini belgilaydi, jumladan chiqariladigan mahsulotlarning kimyoviy tozaligini ta‘minlash. Bundan tashqari mushak ichiga yuboriladigan, vena ichiga qo‗llaniladigan, teri ostiga yuborilish uchun mo‗ljallangan preparatlarning to‗liq sterillanganligini ta‘minlash kerak. Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlari O‗zbekiston Respublikasi Farmakopiya Davlat standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak. Kimyofarmatsevtika korxonalarining ikkinchi o‗ziga xos xususiyati, ko‗pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichikligi hisoblanadi. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida faqat sulfanilamidlar, salitsilatlar, barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta miqdorlarda ishlab chiqiladi. Mazkur korxonalar uchun xomashyo va boshqa yordamchi materiallarni katta hajmlarda sarflanishi xarakterlidir, chunki dorivor vositalarni sintezlash ko‗p bosqichli va murakkabligi bilan farqlanadi. Kimyo farmatsevtika korxonalari dorivor preparatlarning nomenklaturalarining tez-tez almashinib turishi bilan ta‘riflanadi. Korxonaning mazkur xususiyati, hamda dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kamligi, bu korxonalarda aralashgan texnologik sxemalarni keng qo‗llashga sababchi bo‗ladi va bu yil davomida 2-3 va undan ortiq, dori turlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur soha bo‗yicha ishlab 177 chiqiladigan moddalar tayyor dori shakllarini olish uchun qayta ishlovdan o‗tkazish kerak. Kimyofarmatsevtika korxonalarining ko‗rsatilgan xususiyatlari gigiyena fani va amaliyoti oldiga korxonada sog‗lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o‗tkazish sohasida yangi-yangi va murakkab vazifalarni qo‗yadi. Kimyofarmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik ta‟rif. Kimyofarmatsevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo‗yicha zavodlar va tayyor dori shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi. Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organik sintezlashni keng ko‗lamda qo‗llash yotadi va bu mazkur korxonalari asosiy kimyo sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi. Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalari alohida guruhni tashkil qiladi. Bu shu preparatlarni olishdagi asosiy texnologik jarayon biologik sintez bo‗lganligi bilan bog‗liqdir. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling