Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Antibiotiklar changi ta‟siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklari:
1. Oshqozon ichak traktidagi buzilishlar: ishtaha yo‗qolishi, ko‗ngil aynishi, meteorizm, qorin bo‗shlig‗idagi og‗riqlar. 2. Qon sistemasidagi o‗zgarishlar: anemiya, agranulotsitoz, leykopeniya, avitaminoz. 3. Terida uchrovchi allergik kasalliklar: dermatit, ekzema, krapivnitsa. 4. Nafas yo‗li kasallikalari: asmoid bronxit va bronxial astma. 5. Antibiotiklar ta‘sirida organizm normal mikroflorasining o‗zgarishi: disbakteriozning yuzaga kelishi. Bundan tashqari antibiotiklarni surunkali ta‘siri natijasida tez-tez bosh og‗rishi, terida qichish, ko‗zning achishi, qattiq toliqish, tomoq qurishi va og‗rishi, eshitishning pasayishi, yurak va uning atrofida og‗riq hosil bo‗lishi kuzatiladi. Antibiotiklar ishlab chiqarishda yuzaga keladigan kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida quyidagi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: - ishlab chiqarishni zamonaviy texnikalar bilan avtomatlashtirish; - asbob-uskunalarning germetligini muntazam tekshirish; - Ish zonasi havosidagi zararli moddalarning miqdorini laboratoriya nazorati ostiga olish; - ishchi xodimlarni shahsiy himoya vositalari (kombizionlar, rezina qo‗lqoplar, baxillalar, niqoblar yoki respiratorlar) bilan to‗liq ta‘minlash; - ishchi xodimlarni ishga kirishdan oldin va ish davomida davriy tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish; - ishchilar orasida to‗g‗ri ovqatlanish va dam olishni tashkil etish 184 Barcha farmatsevtika korxonalarida antibiotiklarni ishlab chiqarishda atrof- muxitning sanitariya ximoyasiga katta e‘tibor qaratish lozim. Buning uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: - dori preparatlari ishlab chiqarish korxonalarida tabiatni himoya qilish maqsadida korxona uchun ruxsat etilgan chiqarib tashlash (RECHT) normativiga rioya qilishni ta‘minlash; - organik erituvchi, reagentlar, yarim sintetik mahsulotlar va boshqalarni saqlovchi kimyoviy moddalarni zararsizlantirish yoki ushlab qolish; - mikroorganizmalar qo‗llaniladigan korxonalarda mikroblarni saqlovchi texnologik chiqindilarni atmosfera havosiga chiqarilishida zamburg‗lar, sporalar, drojjilar va boshqa mikroorganizmlarni inaktivatsiyalash yoki ushlab qolish ishlari ko‗rib chiqilishi kerak; - biologik moddalarni ushlab qolish bilan birgalikda , ularni zararsizlantirish va yo‗qotish; - hayvon va o‗simlik mahsulotlari (antibiotiklar, fermentli preparatlar, vitaminlar, sintetik dori preparatlari, organopreparatlar, garmonlar va boshqalar) qo‗llaniladigan biologik va boshqa korxonalardan chiqayotgan yoqimsiz xidlarni yo‗q qilish; - tayyor dori preparatlarini quritish va qadoqlash bo‗limlarida gaz xamda changlardan tozalash uskunalarini qurish. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling