Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Infraqizil nurlar ikki guruxga bo„linadi: uzun va qisqa to‗lqinli.Uzun
to‗lqinli 2000 dan 1500 nonometrgacha bo‗lgan to‗lqin uzunligidagi nurlar. Qisqa to‗lqinli 1500 dan 760 nonometrgacha bo‗lgan to‗lqindagi nurlar. Uzun to‗lqinli infraqizil nurlar amalda er atmosferasida butunlay yutiladi, shuning uchun biologik ta‘siri nuqtai-nazaridan faqat uning qisqa to‗lqinli nurlari ahamiyat kasb etadi. Infraqizil nurlarning energiya kvanti katta bo‗lmay, ta‘sir etayotgan muhitning atomlarini qo‗zgatishga qodir emas. Nur o‗tayotgan muhit doirasidagi elektronlarni boshqa muxit doirasiga o‗tkaza olmaydi, biroq shu bor bo‗lgan energiyaning miqdori shu muhitdagi atom va molekulalarning tezligini oshirishga etarlidir va shu sababli infraqizil nurlar isituvchi ta‘sir kuchiga ega. Infraqizil nurlar me‘yorda ta‘sir qilganda organizmdagi qon tomirlari kengayadi, modda almashinuvi tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitor faolligi oshadi, teri orqali bakteritsid ta‘sir etuvchi moddalarning ajralishi ko‗payadi. Infraqizil nurlarning yuqori dozadagi ta‘siri natijasida organizmning qizib ketishi yoki hatto issiq urish xollari bo‗lishi mumkin. Issiq sexlarda nurlarning kuchli oqimi ta‘sirida ko‗zning xiralashib qolishi kuzatiladi, chunki ko‗z gavxarida qon tomirlari bo‗lmaydi. Natijada bu nurlar ta‘sirida issiq ajratish sodir bo‗lmay undagi oqsil molekulalari parchalanib ko‗z xiralashadi, natijada kasb kasalligining turli formalari uchraydi. Xorijiy adabiyotlarda quyoshning spektral tarkibi to‗g‗risida keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra, ultrabinafsha nur (UBN) larning qisqa, yuqori muddatli keskin ta‘siri natijasida odamlarda haroratni ko‗tarilishi, ko‗ngil aynishi, darmonsizlik xolatlari kelib chiqishi mumkin. Surunkali ta‘sirlarida terining qorayishi, teri saratoni kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‗lishi mumkin. Eng ehtimoli yuqori bo‗lgan ta‘siri melanoma kasalligini rivojlantiradi, bu teri 204 saratonining o‗ta jiddiy ko‗rinishidir. Bu kasallik koeffitsenti Birlashgan Qirollikda 1979- va 1994-yillar oralig‗ida ikki martaga oshgan. Saraton kasalligini oldini olish uchun himoyalanish ko‗rsatmalarida UBNlardan saqlanish uchun maxsus kiyimlar kiyish bilan amalga oshirilishi kerakligi ko‗rsatib o‗tilgan. Garchi oddiy ko‗zoynaklar yuqori chastotalarni qaytarsada, kiyim tarkibi va rangi orqali himoyaga erishish mumkin. 100 foiz paxta matosidan tayyorlangan qaymoq rangli kiyim 10 foizdan kamroq UBN lardan himoyalashni ta‘minlasa, xuddi shu matodan, ammo yorqin pushti yoki feruza rangli kiyimlar 30 foizdan ko‗proq himoyalay oladi. Materiallarning cho‗ziluvchanligi yoki namligi himoya omillarini samaradorligini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin ekan. Chunki izlanishlar shuni ko‗rsatadiki, yoshlar tomonidan qo‗llaniluvchi qoraytiruvchi lampalar teri saratonining kelib chiqish ehtimoliligini ikki baravar oshirar ekan. Ko‗zga ko‗rinadigan yorug‗likning sog‗likka ta‘siri bevosita yoki bilvosita bo‗lishi mumkin. Misol uchun, Quyosh tutilishi paytida etarli himoyasiz Quyoshga qarash bilan ko‗z to‗r pardasining kuyishi kuzatilishi mumkin. Yorug‗lik etishmovchiligi hushni yo‗qotish, haddan ortiq yorug‗lik esa, masalan, kelayotgan avtomobilning yorug‗ligi tufayli avariyalarga sababchi bo‗lishi mumkin. Ko‗zga ko‗rinadigan yorug‗lik nurlarining inson salomatligigga salbiy ta‘siri vaqtinchalik yoki mahalliy bo‗lishi mumkin. SHulardan biri lazer bo‗lib, u keng diapazonda, xususan, masofa o‗lchagichlar, payvandlashda, kesishda, teshish asboblarida, isitish tizimida, ko‗ngilochar jihozlarda (lazerlar tomoshasida), jarrohlikda qo‗llaniladi. Lazerlar, shuningdek, videoplastik jihozlarda, supermarket skannerlarida, printer jihozlarida ishlatiladi. Ko‗pchilik hollarda, lazerlar ta‘sirini bevosita yoki tasodifiy radiatsiyani o‗tkazishni oldini olish uchun butunlay va qisman yopiladi. Oddiy misol, ma‘ruzachilar tomoshabin e‘tiborini tortish uchun lazer ko‗rsatkichlardan foydalanishadi. Ammo bu kishi ko‗ziga to‗g‗ridan to‗g‗ri yo‗naltirilganda ko‗z pardasida teshiklar hosil qilib uni kuydirishi mumkin. Lazerning boshqa ta‘siri innovatsion mahsulotlarda keng qo‗llanilishidir. Shu sababdan, Birlashgan Qirollikda ishlab chiqarish turiga qarab lazer ko‗rsatkichlarini klassifikatsiya qilinishi ommalashgan. Boshqa bir himoya chorasi 205 nur ekranda diametri 1 yoki 2 sm bo‗lgan dog‗cha hosil bo‗lguncha kengaytiriladi. Bu nafaqat tomoshabinlar ilg‗ashi uchun qulay, balki bu kabi vositalarning innovatsion mahsulotlarda qo‗llanilishini kamaytiradi. Ammo yuqori kuchlanish lazerlar nurlari ayrim ko‗z kasalliklarini davolashda foyda beradi. Bunga bir misol, qovoq sohasining qiyshayishidagi o‗zgarishlarni va miopiyadagi muammolarni echishda lazer nurlaridan foydalaniladi. Infraqizil radiatsiya organizmga chuqur ta‘sir qilmaydi, ammo u nazorat qilinmasa, teri yuzasi kuyishiga, ko‗zdagi katarakt linzalar yoki parda zararlanishiga olib keladi. Kataraktalar himoya ko‗zoynaklari bilan osongina himoyalanishi mumkin. Umumiy vaziyatlarda, binolar ichki qismi kabi, ortiqcha issiqlik odatda konditsionerlar va ventilyasiya tizimi orqali boshqariladi, ortiqcha issiqlik tashqariga chiqariladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling