Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Nazorat savollari 
1. Iqlim o‗zgarishining sabablari. 
2. Ob-havo o‗zgarishining odam organizmiga ta‘siri. 
3. Turli iqlimiy omillarning odam organizmiga ta‘siri. 
4. Atmosfera havosining kimyoviy takibi. 
5. Kislorodning inson organizmi uchun ahamiyati. 
6. Atmosfera havosining fizikaviy xususiyatlari. 
7. Havo namligi turlari va o‗lchovchi asboblari. 
8. Havo haroratini aniqlah va baholash. 
9. Havo harakat tezligini aniqlovchi asboblar. 
10. Kesson kasalligi nima? 
11. Mikroiklim ko‗rsatkichlarining me‘yorlari. 
12. Quyoshning spektral tarkibi. 
13. Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi bo‘yicha turlari. 
14. Ko‘rinuvchi nurlarning hususiyatlari 
15. Infraqizil nurlarning ahamiyati. 
 


206 
X BOB. 
TUPROQ TASHQI MUHIT OMILI.
 
10.1. 
TUPROQ TARKIBI VA UNING XUSUSIYATLARIGA 
GIGIYENIK TAVSIF
 
Tuproq tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo‗lib, inson 
organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o‗rinni egallaydi. 
Tuproq murakkab ko‗rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil 
topgan bo‗lib, o‗z tarkibida juda ko‗p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi 
mumkin. U er qobig‗ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo‗lib 
turadigan bir qator jarayonlar ta‘sirida hosil bo‗lib turadi. Tuproqning mineral 
komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta‘sirida er qobig‗ining qattiq 
qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo‗ladi. Organik tarkibi esa, 
o‗simlik va hayvonot dunyosining o‗lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq 
tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo‗ladi va ular 
tuproqning hosil bo‗lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va 
organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va 
organik moddalarning miqdori zarrachalarning katta-kichikligiga qarab, quyidagi 
tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari. 
Inson tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo‗lmaydi, ammo bilvosita 
aloqasi muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi aloqa havo muhiti, 
suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo‗ladigan aloqasi orqali kuzatiladi. 
Inson faoliyatidagi tuproq bilan bo‗ladigan bilvosita aloqasini turar-joy binolari va 
boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar 
nuqtayi-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo‗jaligidagi mehnat jarayonlari 
orqali ko‗rinishi mumkin. Shuning uchun odam organizmi,
qanday tuproq, uning 
xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta‘sirlarga uchrashi mumkin. Tuproqning 
ayrim muhim xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz, chunki bu xususiyatlar muhim 
gigienik ahamiyatga egadir.
 Tuproqning fizik-mexanik xossalari 
Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g‗ovakliligi, 
o‗zida nam va suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‗tkazuvchanligi 


207 
kabilar kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu 
xususiyatlar esa turli xildagi ob‘ektlar, chunonchi turar-joy binolari, davolash-
profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muassasalari, korxonalarni 
qurish uchun er-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash va 
obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir. 
Yirik donador tuproq yuqori g‗ovakli bo‗ladi, shuning uchun bunday 
tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez 
quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorganik iflosliklarning o‗z-o‗zidan 
tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa 
yuqoridagilarning aksi bo‗lib, bunday tuproq muhiti o‗zida namni ko‗p va uzoq 
muddatlarda ushlaydi, o‗zidan suvni kam va juda sekin o‗tkazadi, yuqori 
kapillyarlilikka ega, shuning uchun gigienik nuqtai-nazardan bunday tuproq 
nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli joylarga turar-joy va jamoat hamda 
ma‘muriy binolar qurilgan bo‗lsa, binolarning erto‗lalari va birinchi qavatdagi 
xonalar doim zax va namligi yuqori bo‗ladi, natijada xonalarning mikroiqlim 
sharoitlari gigienik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin 
yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o‗z-o‗zidan tozalanish jarayoni juda 
yomon va sekinlik bilan boradi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling