Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Jadval 11.2
Ball Sezish belgilari Aniqlashni aks ettirish 0 hech qanday hid sezilmaydi 1 juda kuchsiz iste‘mol qilgan odam sezmaydi, lekin laboratoriyada aniqlanadi. 2 Kuchsiz iste‘mol qilgan odam yaxshiroq ahamiyat bersa seziladi. 222 3 Sezilarli hid etarli darajada seziladi. 4 yaqqol sezilarli hid o‗ziga jalb qila oladigan darajada. 5 juda kuchli hid kuchli, iste‘mol qilish mumkin emas. 2. Suvning tiniqligini aniqlash. Sinama suv aralashtiriladi va tubi tekis, rangsiz silindrga solinadi. Silindr tagida undagi suvni chiqarib yuboradigan jo‗mrak bor. Silindr tagiga 1 sonli bosmadan chiqqan Snellen harflari qo‗yiladi. Yuqoridan qaralganda silindr tagiga qo‗yilgan harflar yaqqol ko‗ringuniga qadar suv jo‗mrak orqali oqizib turiladi. Silindrda to‗kilgandan qolgan suv ustuni sm larda o‗lchanadi. Ruxsat etilgan suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo‗lmasligi kerak. 20—30 sm gacha bo‗lgan tiniqlik kuchsiz loyqa suv, 10—20 sm gacha juda loyqa suv hisoblanadi. 3. Suvning rangini aniqlash. Suvning rangi teng hajmda olingan distillangan suv bilan oq qog‗oz ustida taqqoslash yo‗li bilan aniqlanadi. Sinama suv suzgichdan o‗tkaziladi, 40 ml li rangsiz silindrga quyiladi va shu hajmdagi distillangan suv bilan solishtiriladi. Suvning rangi har xil sabablarga ko‗ra o‗zgarishi mumkin. Masalan o‗simliklarning kolloid moddalari parchalanishi tufayli, botqoqlik suv sarg‗ish bo‗ladi va h.k. Loyqa suv — loyning mayda bo‗lakchalar bilan ifloslanganidan dalolat beradi. Temirning kolloid birikmalari suvga yashil yoki sarg‗ish-yashil rang beradi. Suvda ko‗k-yashil o‗tlar bo‗lsa, uning rangi yashil tusda bo‗ladi. Suv rangining darajasini aniqlashda standart aralashmalar shkalasi bilan solishtiriladi (platina-kobalt va xrom-kobalt aralashmalari). Suvning rangi graduslarda ifodalanadi, bu ko‗rsatkich 20° dan oshmasligi kerak. Suvning rangi unda erigan va muallaq moddalarga (kolloid temir birikmalari, gumus moddalar, suv o‗tlari, rangli moddalar) bog‗liq bo‗ladi. Gumus kislotasi va uning tuzlari miqdoriga qarab, suvning rangi sariqdan jigar ranggacha o‗zgarishi mumkin. Suvning rangi sifatiy va miqdoriy jixatdan aniqlanadi. Suv rangini sifatiy o‗rganish natijalari so‗z bilan tavsiflanadi (rangsiz, och sariq, jigar rang va boshqalar). Miqdoriy ravishda suvning rangi tekshirilayotgan suvni 223 standart eritmalar shkalasi yordamida taqqoslash yo‗li bilan aniqlanadi va ushbu shkalaning shartli darajalarida ifodalanadi (jadval 11.3). Suv rangi bo‗lmasa, u rangsiz hisoblanadi. Suv rangini o„rganish. Kerakli anjomlar va jixozlar: 30 ml diametrdagi va 200 sm 3 xajmli rangsiz silindrlar, zich filtrlar, o‗lchamli pipetka, o‗lchov stakani, konsentratlangan sulfat kislota, №1 asosiy eritma, №2 yordamchi eritma yoki ularni tayyorlash uchun kerakli maxsulotlar (kaliy bixromat va kobalt sulfat) distillangan suv, suv namunalari. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling