Nuraliyeva xafiza otaevna
BOLALAR VA O‘SMIRLAR ORGANIZMINING O‘SISHI VA
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
12.1. BOLALAR VA O‘SMIRLAR ORGANIZMINING O‘SISHI VA
RIVOJLANISHI QONUNIYATLARI Bolalar organizmida ularning yoshi bo‗yicha morfologiyasi va fiziologiyasiga qarab ularni o‗sish va rivojlanishida qonuniyatlar belgilangan. 1 - qonun. O„sish va rivojlanish. Organizm qancha yosh bo‗lsa, o‗sish va rivojlanish shuncha tez boradi. M: bola 1 yoshga etganda, birinchi kunlariga nisbatan 47%, ikkinchi yili birinchi yiliga nisbatan 9% o‗sadi. Bolalar 3-7 yoshlarida har yilga o‗sishi 7,5-5%ni tashkil qiladi. Ya‘ni dastlabki 1-3 yoshida bolaning gavda, bo‗y uzunligi va vazni ancha ortadi. Masalan:1 yoshda bolaning 241 bo‗yi 25 sm ga, 2-yili esa 10-15 sm ga, 3-yil 4-5 sm ga ortib boradi. Vazni shunga yarasha 1 yili 6-7 kg, 2-yili 2-3 kg, 3-yili 1,5-2 kg ga ortadi. Ko‗krak qafasining aylanasining o‗zarishi 1 yoshgacha har oyda 1 sm qo‗shilib boradi, keyinchalik esa nisbatan kamayib boradi. Suyaklarning o‗sishi hujayralar, suyak ko‗migi va suyakdagi qon tomirlarini o‗rab turgan to‗qima hujayralariga bog‗liq. Suyaklarning shakllanishi 12-13 yoshda tugallanadi. Chaqoloqning bosh miya vazni 1 yoshgacha 350-400 g gacha o‗zgaradi. 1 yoshga to‗lganda bosh miya vazni 2-2,5 marta, 3 yoshga to‗lganda esa 3 marta ortadi, ya‘ni o‗rtacha miya og‗irligi 1000 g ni tashkil qiladi. 7 yoshligida 1250 g ga teng. 7 yoshdan keyin miya vazni kamayib boradi. Katta yoshdagilarning miya og‗irligi 1400 g ga teng. YUrak urushi 1- oylikda 120- 140 ta, 1 yoshda 110-120 ta , 3-4 yoshda 100-110 ta. Nafas olishi: yangi chaqoloqlarda 40-60 marta, 1 yoshda 30-35 marta, 2-3 yoshda 25-30 marta. 2 – qonun. O‗sish va rivojlanish bir xil darajada kechmaydi va har bir yoshga o‗ziga xos antomo-fiziologik xususiyatlari bilan kechadi. Misol tariqasida yurak tomir sistemasi rivojlanishini ko‗radigan bo‗lsak, uning o‗zi bir necha davrni ajratish mumkin. Birinchidan, tug‗ilgan vaqtda 2 yoshgacha yurak tez o‗sadi, yurakning morfologik tuzilishi kam o‗zgaradi. Ikkinchidan, 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‗lgan davrda o‗sish va rivojlanish jarayoni kamayadi. Uchinchidan, 7 yoshdan 10 yoshgacha yurak sig‗imi va hajmi asta-sekin kattalashadi, 11-13 yoshda yurak kuchli o‗sa boshlaydi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling