Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Bo‘y uzunligi organizmning plastik jarayonini ifodalovchi ko‗rsatkich
hisoblanadi. Bo‗y uzunligi yog‗ochdan yasalgan bo‗y o‗lchagich yoki metaldan yasalgan antropometr yordamida aniqlanadi. Yog‗och bo‗y o‗lchagich 2 metrli yog‗och ustundan iborat bo‗lib, keng platformaga mahkamlangan. Yog‗och ustuni bo‗yicha mufta bilan planshyotka harakatlanadi. Ustunning ikki yon tomonidan santimetrlarga bo‗lingan; bir tomonidan hisoblash platformadan boshlansa, ikkinchi tomonida o‗tirgichdan boshlanadi. Bo‗y o‗lchagich maydonida o‗tirgan holda bo‗yini o‗lchash uchun ochiladigan o‗tirg‗ich o‗rnatiladi. O‗tirg‗ich balandligi bolalar uchun 25 sanitimetr, kattalar uchun 35-40 santimetr bo‗lishi kerak. Tekshiriluvchining turgan xolatda bo‗yini aniqlash uchun platformaga elkasi bilan turg‗iziladi. Tekshiriluvchi qaddi – qomatni tik, elkalarni to‗g‗ri tutib, qo‗llarni tanasi bo‗ylab cho‗zgan holatda oyoqlarni birlashtirib turadi. Bunda tekshiriluvchining tovoni, dumbasi va kuraklararo qismi bo‗y o‗lchagichni vertikal taxtasiga tegib turishi kerak. Boshini shunday tutishi kerakki bunda ko‗zning 244 pastki burchagi bilan quloqning yuqori burchagidan o‗tgan chiziq bir gorizontal tekislikda yotsin. Bo‗y o‗lchagichning siljuvchi taxtasi shu turgan holatda boshning eng yuqori sagital chizig‗igacha suriladi. O‗lchash aniqligi 0,5 sanitimetr. Ikki yoshgacha bo‗lgan bolalar tana uzunligini o‗lchashga moslashtirilgan bo‗y o‗lchagich 100 - 120 santimetrli yog‗och doskadan iborat bo‗lib, ikkita planshyotkaga ega. Ulardan biri (siljimaydigan) bola kallasini ushlab turishi uchun xizmat qiladi, ikkinchisi bola oyoqlariga keltiriladi. O‗lchash vaqti bola elkalari bo‗y o‗lchagich doskasiga to‗g‗irlanadi, oyoqlari ko‗zning tashqi burchagi va quloqning yuqori burchagi bir vertikal chiziqda joylashtiriladi. Doska yonida shtrixlangan lineykasi bor. Yog‗och bo‗y o‗lchagich bilan o‗tirgan vaqt turgan holatda tana uzunligi o‗lchanadi. Yangi tug‗ilgan bolaning bo‗yi 50 sm ga teng. 1-kvartalning har oyida 3 sm dan jami 9 sm, 2-kvartalning har oyida 2,5 sm –7,5 sm 3-kvartalning har oyida 1,5 sm –4,5 sm 4-kvartalning har oyida 1 sm –3 sm qo‗shiladi. Bir yoshli bolaning bo‗yi 75 sm bo‗ladi. Bir yoshdan 4 yoshgacha bolaning bo‗yi o‗rtacha yiliga 8 sm ortadi. Ko„krak qafasining aylanasini aniqlash. Olinadigan ma‘lumotlar jismoniy rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichlar tananing hajmi, ko‗krak va elka mushaklari xamda ko‗krak qafasidagi a‘zolar faoliyatini ifodalaydi. Ko‗krak qafasining aylanasi deyarli tinch holatda, chuqur havo olganda hamda chuqur havo chiqarganda o‗lchanadi. Orqa tomondan quyilgan metrli tasma tagida kurak burchaklari bilinib turishi, old tomondan esa ko‗krak qafasining o‗rta qismida bo‗lishi kerak. O‗lchash uchun qo‗llar tushiriladi, bunda tasma orqa tomondan kurak tagiga surilib tushadi. Tasmani shunday o‗rnatish kerakki, u osilib turmasligi, nafas olish va chiqarishga halaqit bermasligi zarur. To‗g‗ri o‗lchash uchun bolaning bir tekisda nafas olishi kutiladi, so‗ng chuqur nafas olganda, chiqarganda, tinch holatda alohida-alohida har biridan 3-4 marta o‗lchab, o‗rtacha 245 arifmetik ko‗rsatkich aniqlanadi. Chuqur nafas chiqarilgandagi ko‗rsatkichning farqi ko‗krak qafasining ekskursiyasi hisoblanadi. Ko‗krak qafasining tinch holdagi ko‗rsatkichi chuqur nafas chiqargandagiga nisbatan 1-2 sm ko‗p, chuqur nafas olgandagi ko‗rsatkichga nisbatan esa deyarli shuncha kamdir. Shunga ko‗ra to‗g‗ri ma‘lumot olish mumkin. Yangi tug‗ilgan bolaning ko‗krak aylanasi esa 33-34 sm ga teng. 6 oylik bolaning ko‗krak aylanasi 45 sm ga teng bo‗ladi. agar bola 6 oylikdan kichik bo‗lsa, har etishmagan oyiga ko‗krak aylanasidan 2 sm chiqarib tashlanadi, agar bola 6 oylikdan katta bo‗lsa ko‗krak aylanasiga 0.5 sm dan 1 yoshgacha qo‗shiladi. 1 yoshli bolaning ko‗krak aylanasi 48 sm ga teng, 10 yoshgacha har yiliga 1,5 sm dan qo‗shiladi va 63 sm ga teng bo‗ladi, 10 yoshdan 15 yoshgacha yiliga 3 sm dan qo‗shilib, 15 yoshda 78 sm ga teng. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling