Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Og„irligini aniqlash. Tana vazni organizm a‘zo va to‗qimalarining jumladan,
suyak-mushaklar, yog‗ to‗qimalari hamda ichki a‘zolar rivojalanishiga bog‗liq. Tana vaznini aniqlashda tibbiy tarozilardan foydalinladi. Kichik yoshdagi bolalar maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin uning qanchalik to‗g‗ri ekanligini aniqlash uchun maxsus o‗lchov toshlari bilan tekislab olish tavsiya etiladi Yangi tug‗ilgan chaqaloqning o‗rtacha vazni 3500 g dir. Qiz bolaning vazni o‗g‗il bolaga nisbatan 100-150 g kam bo‗ladi. Tug‗ilgandan keyin birinchi yarim yilda bolaning vaznig har oyda o‗rtacha 400 g dan qo‗shiladi. Vazni shunga yarasha 1 yili 6-7 kg, 2-yili 2-3 kg, 3-yili 1,5-2 kg ga ortadi. O„pkaning hayotiy sig„imini aniqlash orqali uni qancha miqdorda havoni qabul qila olishi hamda nafas nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning rivojlanganligini bilish mumkin. O‗pkaning hayotiy sig‗imi kattalarda suvli, kichik bolalarda esa havoli spirometrlarda aniqlanadi. Bolani tekshirishdan oldin maksimal nafas olish tavsiya etiladi, nafasni ushlab turish, lab bilan mundshtukni mahkam ushlash va sekin trubkaga hamma nafasini chiqarish tavsiya etiladi. Chiqarilgan nafas ichki silindrni to‗ldirib uni ko‗taradi. Ichki silindrda chiqarilgan nafasni millilitrlarda o‗lchovi bo‗limlariga bo‗lingan. Tekshirish tugagandan keyin 246 silindr tushiriladi va havo chiqariladi. Tekshirish 2-3 marotaba o‗tkaziladi va eng katta natija hisobga olinadi. Tekshirish aniqligi 50-100 ml. Mundshtukni har bir tekshiruvchidan keyin qaynatib dezinfeksiya qilish kerak. Qo„l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‗rsatkich qo‗l mushaklarining rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‗rsatkichlar qo‗l dinamometrii yordamida aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‗la panja bilan ushlanadi, qo‗l gorizontal holatda olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq qisiladi, qo‗shimcha harakatga ruxsat etilmaydi. Tekshirish alohida chap va o‗ng qo‗llarda o‗tkaziladi. Bel mushaklarining kuchini aniqlash. Buning uchun bel dinomometrini oyoq bilan bosib turgan holda ustki qismidan qo‗l bilan tortiladi. Bunda dinamometrning ushlaydigan qismi tizza balandligida bo‗lishi kerak. Bo‗yga to‗g‗irlash uchun asbobga mo‗ljallangan zanjirlardan foydalanish mumkin. Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning ko‗rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki ―tor‖ suyak, bunday bolalarda ko‗krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo‗ladi, 3-keng yoki qo‗pol ko‗rinishli, bunday bolalarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1 va 3-ning o‗rtacha ko‗rinishi darajasida. Umurtqa pog‗onasi tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‗onasi oldindan, yondan hamda umurtqa pog‗onasi bo‗ylab vertikal yo‗nalishda barmoq yordamida o‗tkazilgan chiziq holatiga qarab, kuraklarning simmetrik joylashishi, elkaning turishi va qo‗lning tushirilgan holatidagi quymich gumbazigacha bo‗lgan oraliqda hosil bo‗ladigan uchburchak ko‗rinishiga qarab baholanadi. Bolalikning boshlang‗ich davridan boshlab, uning umurtqa pog‗onasida to‗rtta fiziologik egilma paydo bo‗ladi. Shundan birinchisi bola 6-7 haftalik davrida, boshini ko‗tara boshlaganida umurtqa pog‗onasining bo‗yin qismi oldinga qarab egilishi tufayli, ikkinchi va uchinchi bola 6 oylik bo‗lganda o‗tira boshlashi bilan ko‗krak va dumg‗aza qismlarida orqaga qarab egilishi hisobiga hosil bo‗ladi. 247 To‗rtinchi egilma bola yura boshlaganda umurtqa pog‗onasi bel qismining oldinga qarab egilishi tufayli yuzaga keladi. Lekin bola bu davrda ta‘sirotlarga beriluvchan bo‗ladi. Bu egilmalar balog‗atga etish davriga kelib to‗la shakllanadi. SHu yoshgacha og‗ir yuk ko‗tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning partada yoki stolda noto‗g‗ri o‗tirish natijasida umurtqa pog‗onasi yon tomonga egilib qoladi. Bunday holat skolioz deb ataladi. Skoliozlar chap yoki o‗ng, ba‘zida esa murakkablashgan chap va o‗ng hamda o‗ng va chap bo‗lishi mumkin. Bundan tashqari, bola umurtqa pog‗onasining qayishqoqlik davrida tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa-kifoz, ko‗krak qismidagi fiziologik egilmaning orqag‗a qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi- lordoz shaklida o‗zgarishi mumkin. Bunday o‗zgarishlar bola o‗sishi va rivojlanishiga ta‘sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi. Jismonan etilmagan bolalarda suyak sistemasi noto‗g‗ri rivojlanishi tufayli qator o‗zgarishlar (elkasi qisilgan yoki bukchaygan, boshi tushgan, ko‗krak yassi, ichiga kirgan va boshqa holatlarni uchratish mumkin) Oyoq kafti gumbazining shakllanishi. Bola hayotining birinchi yilidan boshlab oyoq kafti gumbazi (tovoni) shakllana boradi. Oyoq kafti gumbazining rivojlanishiga qarab-to‗g‗ri shakllangan, yassilashishga moyil va yassi bo‗ladi. Tovon shaklini aniqlash uchun tovon qismini kaft qismi bilan bog‗lovchi oraliqqa va uning kengligiga ahamiyati beriladi. Buning uchun har xil bo‗yoqlardan foydalanib, uning izini olish mumkin (plantografiya): tekshiriluvchi oyog‗ini bir yarim xlorli temir birikmasining 1% suvdagi eritmasi bilan namlangan mato ustiga qo‗yadi so‗ng 0,5% taninning spirtdagi eritmasi bilan namlangan qog‗oz ustida turadi. Bunda bola butun og‗irligini tekshirilayotgan oyog‗iga solishi kerak. Olingan shakl quritilib, tegishli belgilar qo‗yilgach, tahlil qilinadi. Shakli tushgan tovonning kengligi (a), tovoning perpindikuryal kengligiga (a+b) nisbati foizlar hisobida olinadi. Agar shakli tushgan tovonning kengligi umumiy kengligining 50% gacha bo‗lsa to„g„ri rivojlangan, 50-60% yassilanishga moyil, 60% dan yuqori bo‗lsa, yassi tovon deyiladi. 248 Oyoq shaklini aniqlash uchun tekshiriluvchi tovonni birlashtirgan holda to‗g‗ri turishi kerak. Oyoqlar to‗g‗ri rivojlanganida tizza bo‗g‗imida birlashib turadi. «0» shaklidagi holatda esa tizzalar birlashmaydi. «X» shaklidagi holatida bir oyoqning tizzasi ikkinchisining ustiga chiqib turadi. Teri ostidagi yog‗ qatlamining yig‗ilishiga qarab, bolaning to‗laligiga baho berish mumkin. Yog‗ qatlamining rivojlanganligi suyak sathiga hamda yog‗ qatlami qalinligiga qarab aniqlanadi. Kam miqdorda yog‗ qatlami bo‗lsa (1 darajali), bunda bilak va qovurg‗a suyaklarning qirralar aniq ifodalanadi, qorin tortilgan, teri ostidagi yog‗ qatlami juda yupqa, go‗yo teri ostida yog‗ qatlami yo‗qdek. Suyaklar sathi silliqlashgan bo‗lasa, teri ostida ozroq yog‗ qatlami borligi sezilsa, oragnizmda yog‗ning yig‗ilishi o‗rtacha hisoblanadi. Yog‗ miqdori ko‗p bo‗lganda suyak sathi sezilarli darajada silliqlashgan, tana ko‗rinishi dumaloq, yog‗ qatlami rivojlangan bo‗ladi. Teri ostidagi yog‗ qatlamini qo‗l bilan hamda suriluvchi pargar bilan ham aniqlasa bo‗ladi. Yog‗ qatlamini qorin bo‗shlig‗ining chekkalaridan kindik bo‗ylab, ko‗krak bezidan 2-3 sm pastdan hamda ko‗krak tagidan aniqlanadi. Yog‗ qatlamining rivojlanishiga baho berishda bolaning yoshini, jinsini hisobga olish zarur. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling