Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

 
 


230 
11.4. FARMATSEVTIK MAQSADDA QO‘LLANILADIGAN SUVGA 
QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR 
Suvning tayyorlanishi. Sanoatning elektron, kimyo, farmatsevtika va boshqa 
sohalarida ko‗pgina texnologik jarayonlarda yuqori darajada toza hisoblangan 
suvdan foydalaniladi. Suvning o‗ta toza bo‗lishi va uni olishning maxsus 
texnologiyasi dori vositalarini ishlab chiqarishda (in‘eksiya uchun suv va 
tozalangan suv) zarurdir. Tozalangan suvdan turli maqsadlarda foydalanilsada, 
ammo uni olishning usullari bir xil tartibga asoslanadi. Bunda farmatsevtik 
maqsadlarda ishlatiladigan toza suvni olish tartibi namuna qilib belgilangan.
Farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan suv. Farmatsevtik maqsadlarda 
ishlatiladigan suv dori vositalarining xavfsizligini ta‘minlaydigan muhim 
elementlarga kiradi. Uning sifati Davlat Farmakopiyasiga kiritilgan Farmakopiy 
modda (FS) bilan qat‘iy belgilangan. FS 42-2619-97 ― Tozalangan suv‖ va FS 42-
2619-97 ― In‘eksiya uchun suv‖.
Tozalangan 
suvdan 
quyidagilarda 
foydalaniladi: 
in‘eksiya uchun 
ishlatilmaydigan dorivor vositalarni tayyorlashda; bug‗ hosil qilishda; sanitar 
ishlovda; idishlarni yuvishda; laboratoriya amaliyotida va hokazolarda. In‘eksiya 
uchun suv tayyorlashda tozalangan suv asos suv hisoblanadi. FS 42-2619-97 ga 
binoan tozalangan suvni distillyasiya yo‗li bilan, ion almashinishi yo‗li bilan, qayta 
so‗rilish yoki shu usullarning kombinatsiyasi yo‗li bilan va boshqa usullar bilan 
olinadi. Tozalangan suv ion, organik, kimyoviy va mikrobiologik jihatdan toza 
bo‗lishi zarur.
In‘eksiya uchun suvdan steril dorivor vositalarni tayyorlashda va ular 
joylanadigan idishlar (upakovka) larni yuvishda (yuqori darajada chayishni istisno 
qilgan holda) foydalaniladi. Farmatsevtik maqsadlarda foydalaniladigan suv tabiiy 
ichimlik suvidan olinar ekan, uni albatta har xil aralashma va cho‗kindilardan 
tozalash kerak. Tabiiy suv tarkibida har xil aralashmalar bo‗lishi mumkin: mexanik 
zarralar 
(erimaydigan 
organik 
va 
noorganik 
aralashmalar), 
eriydigan 
moddalar(noorganik tuzlar, kalsiy, magniy, natriy, xlor ionlari, oltingugurt, ko‗mir 
kislotalari va boshqalar); kimyoviy faol bo‗lmagan eriydigan gazlar (kislorod, 


231 
azot); kimyoviy faol bo‗lgan eriydigan gazlar (uglerod dioksidi, ammiak); 
mikroorganizmlar (jumladan, ko‗z ilg‗aydiganlar, mog‗or zamburug‗lari, suv 
o‗tlari 
va 
sistalar 
va 
h); 
bakteriyali 
endotoksinlar 
(grammanfiy 
mikroorganizmlarning hujayra devorlaridagi lipopolisaxaridlar); organik moddalar 
(tabiiy organik moddalar – gumin kislota va b. hamda ifloslantiruvchi organik 
moddalar – sanoat chiqindilari, o‗g‗itlar, pestitsitlar va b. ); kolloidlar; qolgan 
dezinfiksiyalovchi moddalar (xlor, xlor kislotasi, gipoxlorit – ion, xloraminlar va 
boshqalar). Asos suv ―Ichimlik suvi‖
O‗zbekiston Rtspublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‗lgan gigiyenik 
talablar va uning nazorati» qoidalariga 
muvofiq ichimlik suvi talablariga javob 
berishi shart. Asos suvning sifati, uning kimyoviy tarkibi, undagi mavjud 
aralashmalardan qat‘iy nazar texnologik sxema bo‗yicha suvni tozalangan holda 
olishda filtratsiya, yumshatish, ion almashish, qayta so‗riltirish va h. kabi bir 
necha bosqichlardan iborat suvni dastlabki tayyorlash jarayoni katta ahamiyatga 
ega.
Suvni tozalangan holda olish. Dastlabki tayyorgarlik va olish. Suvni 
tozalangan holda olishning texnologik sxemasini tanlashda quyidagilarga 
asoslaniladi: asos suv (berilgan suv)ning sifatiga; suv olishning yakuniy bosqichini 
tanlashga; Farmakopey qoidalarining suvga qo‗yilgan talablariga; asos suvning 
sifatiga bo‗lgan talablarga; tarkibi normativ hujjatlarda belgilanganidek yoki 
farmakologik mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda
aralashmalarni yo‗qotishga yo‗naltirilgan dastlabki tozalash bosqichlariga.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling