Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Jadval 11.3.
Standart eritmalar shkalasi probirklar nomeri Eritma, ml Suv rangi, gradusda №1 №2 1 0 50 0 2 0,5 49,5 5 3 1,0 49,0 10 4 1,5 48,5 15 5 2 48 20 6 Tekshirilayotgan suv Tekshirilayotgan suv Ishning bajarilish tartibi: Suv rangini sifatiy baholash uchun kamida 40-50 sm 3 suvni kog‗ozli filtr orqali filtrlang. Filtrlangan suvni rangsiz silindrga to‗king va xuddi shunday boshqa silindrda bir xil miqdordagi distillangan suv bilan taqqoslang. Taqqoslash kunning yorug‗ida oq qog‗oz fonida amalga oshiriladi. Suv yuqoridan va yong tomondan ko‗rilib, uning rangi ko‗rsatiladi (rangsiz, och sariq, jigar rang va boshqalar). Miqdoriy ravishda suvning rangi Xromat – kobalt shkalasi bo‗yicha aniqlanadi. Rang shkalasi №1 (asosiy) va №2 (yordamchi) eritmalarni aralashtirilib, tayyorlanadi. №1 eritmani tayyorlash uchun aloxida idishdagi distillangan suvda 0,0875 gr kaliy dixromat va 2,0 gr Kobalt sulfat 224 eritiladi. Tuzli eritmalarni aralashtirib, 1 sm 3 konsetrlangan sulfat kislota qo‗shiladi va distillangan suv bilan 1dm 3 ga keltiriladi. №2 eritmada 1dm 3 distillangan suvda 1 sm 3 konsetrlangan sulfat kislota mavjud. Rang shkalasi 11.3-jadvalga muvofiq 50 sm 3 li 5 ta silindrlarda №1 va №2 eritmalarni aralashtirish orqali tayyorlanadi. Yuqoridagi silindrlarga o‗xshash №6 silindr olinadi va unga tekshirilayotgan suvdan 50 sm 3 quyiladi. Suv rangini oq fonda 5 ta silindrdagi eritmalar rangi bilan taqqoslanib, shkalada bir xil rang topiladi. 4. Suv ta‟mini aniqlash. Suvning ta‘mi kimyoviy, bakteriologik, virusologik, radiologik tekshirishlardan so‗ng aniqlanadi. Suv ta‘mini aniqlash uchun 15—20° gacha isitiladi. Suvni og‗izga oz-ozdan olib, bir necha sekundgacha ushlab turiladi. Suvning ta‘mi uning tarkibidagi kimyoviy birikmaga qarab — achchiq, sho‗r, shirin, nordon, xlorli, baliq ta‘mli (va h.k.) bo‗lishi mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling