Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Jadval 11.1 
Suv sarfi. Kishi boshiga kuniga (litr ) xisobida. 
№ 
Turar joylarning xolati 
Kishi boshiga 1 
kunda o‗rtacha suv 
miqdori 

Qishloq joylarda kolonkalardan suv oladigan aholi 
uchun 
40-60 litr 

Vodoprovod bilan kanalizatsiyasi bor, vannasi yo‗q 
binolar 
125-160 litr 

Vodoprovod, kanalizatsiya, vanna va suv isitgichlar 
bilan ta‘minlangan binolar 
160-230 litr 

Markazlashtirilgan issiq va sovuq suv bilan 
ta‘minlangan binolar 
230-350 litr 

Yirik shaxarlarda 
500-1000 litr 
Agar suv patogen mikroorganizmlar, gijja tuxumlari bilan ifloslansa, 
organizmga yomon ta‘sir qilishi mumkin. Faqatgina suvni iste‘mol qilishgina 
emas, balki ifloslangan suv manbalarida cho‗milish ham sog‗liq uchun zararlidir
bunday hollarda turli kasalliklar (ichak, teri, ko‗z kasalliklari va h.k.), kelib 
chiqadi. 
Suv juda ko‗p kasalliklarni qo‗zatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim 
o‗rinni egallaydi, jumladan infeksion hamda ayrim turdagi invazion kasalliklarning 
tarqatuvchisidir. Bunday holat juda ko‗p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq 


219 
muddatlarda yashay olishi bilangina bog‗liq bo‗lmay, balki ular suv muhitida 
o‗zlarining virulentligini ham to‗liq saqlay oladi. Ayniqsa issiq iqlim sharoitida 
buning ahamiyati juda muhim, chunki bunday sharoitda mikroorganizmlar va 
ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq muddatlargacha yashay oladi. SHuning 
uchun suv muhiti yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda 
muhim omil bo‗lib hisoblanadi. 
L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbai ekanligini ilmiy jihatdan 
asoslagan, R.Kox Hindistondagi suv saqlanadigan idishlardan vabo vibrionini 
topgan. 
Yuqumli kasalliklarning suv orqali tez tarqalishini aniqlash (suv 
epidemiyalar), ularning yanada keng tarqalib ketmasligining oldini olishdagi tez va 
samarali tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi. Shu narsani alohida nazarda 
tutish lozimki, suv orqali tarqaladigan epidemiyalar o‗ziga xos ayrim 
xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir 
turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik 
aniq bir yashash joyiga ega (chegaralanganligi), kasallik aniqlanganidan so‗ng esa 
ifloslangan manbani zararsizlantirish choralari ko‗rilishi bilan kasallanish keskin 
kamayib ketadi. 
Suv orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar ko‗p bo‗lib, ularni bir qancha 
guruhlarga bo‗lish mumkin. Birinchi navbatda bu bakterial tabiatli ichak 
infeksiyalari bo‗lib, ularga vabo, qorin tifi, paratif A va B, ichburug‗ (dizenteriya), 
har xil enteritlar va enterokolitlar (patogen ichak tayokchalari) kiradi. Suv orqali 
tarqaladigan eng xavfli ichak kasalligi bo‗lib vabo xisoblanadi. Kasallikning 
klinikasi og‗ir kechishi va pandemik tarqalish tendensiyasi tufayli vabo kasalligi – 
o‗ta xavfli infeksiyalarga kiradi. 
Issiq iqlimli davlatlarda leptospiroz kasalliklari uchraydi. Ayrim bakterial 
zoonoz infeksiyalar ham suv orqali tarqaladi. Bunda kasallik manbai bo‗lib 
kemiruvchilar (tulyaremiya) yoki qoramollar (brutsellez, kuydirgi) hisoblanadi. Bu 
kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari suvga bemor va bakteriya tashuvchilarning 
ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va 


220 
har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‗y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv 
manbalari ayniqsa havotirli hisoblanadi. 
Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‗diradi. 
Shubhali ochiq suv manbalarida cho‗milish va mevalarni chayish ham xatarli 
hisoblanadi. 
Suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir. 
Suvda rivojlanuvchi organizmlar — plankton, mollyuskalar, suv o‗tlari va 
boshqalar o‗zida radioaktiv moddalarni kumulyasiya qilish xususiyatiga ega, bu 
o‗z yo‗lida suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga olib keladi.
1950 yillardan boshlab, suv manbalarining sun‘iy radioaktiv izotoplar bilan 
ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a‘zolarda kumulyasiya 
qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo‗lishi mumkin. 
Suv odamlar orasida infeksiya tarqatuvchi manba bo‗lishi mumkinligi 
haqidagi birinchi ma‘lumotlar London shahrida vabo kasalligini epidemiyasida 
Djon Stou tomonidan 1854 yili aniqlangan. Uning olib borgan tajribalarini hayron 
qolarli joyi shundaki, inson suv bilan ishlashi davomida kasallik asoratlarini
sezmaydi. Anologik tekshirishlar Robert Kox tomonidan 1892 yili Germaniyada 
olib borilib, u suv tarkibidagi vabo chaqiruvchi bakteriyalarni filtratsiya qilish 
yo‗li bilan yo‗qotish mumkinligini isbotladi. Keyingi paytlarda AQSh da 
o‗tkazilgan tajribalar shuni ko‗rsatdiki, ich terlama kasalligi o‗rganilib, shunday 
xulosaga kelishgan, ya‘ni suvni filtratsiya qilishdan oldin kimyoviy moddalar 
bilan koagulyasiya qilish kerak ekan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling