Nuraliyeva xafiza otaevna


 AHOLI TURAR JOYLARINI CHIQINDILARDAN


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

10.3. AHOLI TURAR JOYLARINI CHIQINDILARDAN 
TOZALASHNING GIGIYENIK ASOSLARI 
Zamonaviy shaharlar, shahar turkumiga kiruvchi tuman markazlari va aholi 
yashash posyolkalarining qurilishi aholi sonining ortib borishi bilan bog‗liq holda 
aholi yashash joylarini turli xildagi sanoat va xo‗jalik chiqindilaridan tozalash 
muammosining gigienik ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Insonlarning 
hayoti va mehnat faoliyatlari juda katta miqdordagi chiqindilarni hosil bo‗lishi 
bilan bog‗liq bo‗lib, ular 2 guruhga bo‗linadi: 
- suyuq chiqindilar (ifloslangan idishlar, kir yuvishdan hosil bo‗ladigan 
suvlar, umumiy ovqatlanish muassasalaridan chiqariladigan suvlar, kundalik 
turmushdan va sanoat korxonalaridan chiqariladigan suyuq chiqindilar; 
- qattiq chiqindilar (oshxona chiqindilari, axlat va ko‗cha supirindilari, sanoat 
korxonalarida hosil bo‗ladigan qattiq chiqindilar).


211 
Qilingan hisob-kitoblarga qaraganda 1 odam 1 yil davomida o‗rtacha 160 kg 
dan 360 kg gacha qattiq chiqindilarni ua 300 litrgacha suyuq chiqindilarni chiqarar 
ekan. Xar yili Respublikamizdagi kanalizatsiyasi bo‗lmagan aholi turar-joylaridan 
o‗n ming tonnalab chiqindilarni, kanalizatsiyasi bor bo‗lgan shaharlardan esa o‗n 
minglab quruq chiqindi va million kub metrlab suyuq chiqindilar tashib 
chiqariladi. Bunday katta miqdorlardagi chiqindilarni nima qilish kerak va ularni 
qanday zararsizlantirish mumkin degan muammoning yuzaga kelishi tabiiy. 
Chiqindilar o‗z tarkibida juda katta miqdordagi mikroorganizmlarni ushlaydi, 
gelmentlar va ularning tuxumlarini tutadi, metall va shisha chiqindilari, plastik 
materiallarning qoldiqlari va turli tabiatga ega bo‗lgan kimyoviy birikmalarni 
ushlaydi. Chiqindilarni o‗z holicha tashlab qo‗yilishi esa ularning parchalanishi va 
chirishi oqibatida o‗zidan turli xildagi qo‗lansa hid tarqatuvchi kimyoviy gazlarni 
hosil qilib tabiiy muhitning tozaligiga putur etkazadi; sasib - chiriyotgan chiqindi 
pashshalar, suvaraklar, kemiruvchi hayvonlar va boshqa turdagi zararkunandalarni 
ommaviy tarzda ko‗payib ketishiga sharoit yaratadi. 
Aholi yashash joylarida hosil bo‗ladigan va chiqarib tashlanadigan 
chiqindilarni tashkiliy tarzda to‗plash, uzoqlashtirish va zararsizlantirish tizimi 
tashkil etilmagan taqdirda ana shu joylarning sanitar tartibini keskin 
yomonlashishiga sabab bo‗ladi. Shuning uchun aholi yashash joylarini axlatlar va 
chiqindilardan o‗z vaqtida tozalash hamda zararsizlantirish muhim gigiyenik 
ahamiyatga egadir. 
Aholi yashash joylarini qanday usulda bo‗lmasin tozalashda quyidagi asosiy 
prinsipga amal qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar 
bilan kamroq aloqada bo‗lishi va atrof-muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi, 
ya‘ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmasligi kerak. Bu prinsipga 
aholi yashash joylarida to‗planadigan axlatlar va chiqindilarni muntazam, o‗z 
vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni 
zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilish sharoitidagina amal 
qilinishi mumkin. 


212 
Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda 
amalga oshiriladi: 
1)tashib chiqarish tizimi orqali;
2) aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali. 
Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo‗ladigan 
suyuq chiqindilar avval to‗planishi va vaqtincha saqlanishi lozim; bu tizimni 
qo‗llashda quyidagi holatlarga e‘tiborni qaratish kerak - chiqindilar to‗planadigan 
o‗ralar izolatsiya qilingan bo‗lishi kerak, tuproq orqali sizilib o‗tib shu tuproqni va 
er osti suvlarini ifloslamasligi lozim. 
Axlat idishlari va o‗ralarning to‗lishi bilan tezlikda maxsus transport 
vositalari yordamida ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi va 
zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni zararsizlantirish assenizatsiya 
maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi, bunday tozalash va 
zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o‗z-o‗zidan tozalanish 
xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. Kanalizatsiya tizimi aholi yashash 
joylarini suyuq chiqindilardan tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi. 
Kanalizatsiyalangan shahar va ishchi poselkalarida oqizish tizimidan to‗g‗ri 
va unumli foydalanilganda aholi yashash joylari doim toza bo‗lib, aholi o‗rtasida 
yuqumli kasalliklar darajasi keskin pasayadi. Kanalizatsiya deganda - turar joy 
binolari ichidagi har bir xonadonda hosil bo‗ladigan suyuq chiqindilarni qabul 
qilish vositalari, oqizish shoxobchalari, chiqindi suvlarini tozalash inshootlarini 
tushuniladi. 
Chiqindi 
suvlarini zararsizlantirish sug‗orish va boyitish 
maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida 
amalga oshiriladi. 
Umumiy kanalizatsiya tizimi bo‗lmagan hollarda ayrim ob‘ektlardan hosil 
bo‗ladigan suyuq chiqindilar, agar ularning umumiy hajmi 800m

bo‗ladigan 
bo‗lsa, kichik kanalizatsiya tizimi jihozlanishi mumkin. Bunday tozalash va 
zararsizlantirish turi hosil bo‗ladigan suyuq chiqindilarni ob‘ektdan uzoqroqda 
maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik tozalash 
moslamalari orqali amalga oshirilishi mumkin, bu inshootlarning qudrati 25—100 


213 
m
3
tengdir. Texnik vositalardan va tibbiy jarayonlardan to‗g‗ri foydalanilgan 
hamda to‗g‗ri tashkillashtirilgan tozalash tizimida kanalizatsiya chiqindi suvlarini 
tozalangandan so‗ng suv manbalariga qo‗shib yuborilishi yoki maxsus ob‘ektlar 
bo‗lsa shu suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Aholi yashash joylarini 
qattiq chiqindilardan tozalash (axlatlar) ham etarli darajada murakkab jarayondir. 
Axlatlarni zararsizlantirishdagi an‘anaviy usul - axlat to‗plash joylari va 
keyinchalik ularni ko‗mish usuli hisoblanadi (axlatlarni tuproq usulida 
zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda axlatlarni biotermik usulda zararsizlantirish 
ham mavjud bo‗lib, axlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi, natijada axlat o‗z-
o‗zidan qizib, uning harorati 50-70 °C gacha ko‗tariladi. Bunday sharoitda axlat 
tarkibidagi oqsil va organik birikmalar aerobli sharoitda parchalanib go‗ngga 
aylanadi, mikroorganizmlar, ayniqsa patogen mikroblar, gelmentlar va ularning 
tuxumlari o‗ladi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling