Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

Havo harakati 
Havo harakatini markaziy Osiyo iqlim sharoitida aniqlash muhim gigiyenik 
ahamiyatga ega. U turar joy, ko‗chalarni, binolar va atmosfera havosining tabiiy 
tozaligini ta‘minlaydi. Havo harorati yuqori bo‗lganda shamol ortiqcha issiqlikni 
haydaydi. Past haroratli sharoitlarda esa shamolning salbiy ta‘siri ortadi. Sanitariya 
amaliyotida havo yo‗nalishi tezligi havoning tabiiy tozaligini ta‘minlaydi. 
Havo harakat tezligini o‗lchash uchun anemometr deb nomlangan 
asboblardan foydalaniladi. Dizayn xususiyatlariga qarab, anemometrlar quyidagi 
turlarga ajratiladi:
- chashkali (o‗lchov oralig‗i 0,6 dan 42 m/s gacha); 
- qanotli yoki kurakli (o‗lchov oralig‗i 0,3 dan 42 m/s gacha); 
- ultratovush / termoanemometr (o‗lchov oralig‗i 0,02 dan 75 m/s gacha); 
- yuqori darajada ixtisoslashgan - pnevmatik anemometrlar, optik 
anometrlar. 
Qanotli anemometrlar shamolda harakatga keluvchi o‗qqa o‗rnatilgan 
qanotlardan iborat. Qanotlar harakati natijasida aylantirilgan o‗q o‗z yo‗lida 
ko‗rsatkichini harkatga keltirish tufayli, havoning yo‗nalish tezligi siferblatda 
ifodalanadi. Buning uchun asbobni ishlatishdan oldin siferblat ko‗rsatkichlaridagi 
sonlar yozib olinadi, ma‘lum vaqt asbob ishlatgach so‗nggi ko‗rsatkichlardan 
oldingisi ayrilib, sekundlarga bo‗lingandan keyin olingan raqam, havo harakat 
tezligini sekundlarda ifodalaydi.Qanotli anemometrlar yordamida tezligi 0,3 dan
12 m/sek bo‗lgan havo yo‗nalishini aniqlash mumkin. 
Kosachali anemometrlar. Bu usulda havo yo‗nalish tezligini aniqlash aylanuvchi 
o‗qqa qanotlar o‗rniga kosachalar o‗rnatilishi bilan farqlanadi. Shu sababli tezligi 
sekundiga 1 dan 20 m bo‗lgan havo yo‗nalishini aniqlash mumkin.


197 
Yopiq xonalarda havoning kichik harkat tezligini 
aniqlash 
uchun 
(0,1-0,2 
m/sek 
gacha) 
katatermometrar qo‗llaniladi. Havo harorati uning 
harkat tezligiga ham bog‗liq. Shuni hisobga olgan 
holda katatermometr yordamida odam tanasining 
tashqi muhitga issiqlik chiqarish miqdorini ham 
aniqlash mumkin. 
Agar 1 sek ichida 1 sm
2
ter sathining 
yuzasidan katatermometr ko‗rsatkichi bo‗yicha 
5,5-7 millikaloriya bo‗lganda kiyingan odam 
o‗zini yaxshi his etsa, bunda organizm o‗zidan 1,2-1,4 mkal-sm
2
/sek issiqlik 
yo‗qotadi. 
Agar katatermometr ko‗rsatkichi 7 kkal sm
2
/sek dan yuqori bo‗lsa, odam 
sovuqlikni, agar 5,5 kkal-sm
2
/sek dan past bo‗lsa issiqliqni his etadi. 
Havoning sovutish xususiyatini aniqlash uchun katatermometr asbobning 
yuqori rezervuarini ichidagi spirt Ѕ-1/3 hajmiga ko‗tarilgunicha suv hammomida 
isitiladi, so‗ngra ho‗llangan qismini quruq qilib artib tekshirilayotgan joyga-
shtativga o‗rnatiladi va naychadagi (spirtning ko‗rsatkichi 38
0
S dan 35
0
S ga 
qadar tushish vaqti) sekundlarda belgilanadi. Katotermometrning sovish tezligi 
(mkal-sm
2
/s) havoning sovutish xususiyatini ifodalaydi. 
Bu quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
N= F /a
F -katatermometr omili -o‗zgarmas kattalik 
a - naychadagi spirt ko‗rsatkichi 38
0
dan 35
0
gacha tushishi vaqti sekundlarda 
ifodalanadi. 
Havo xarakati tezligi (V) quyidagi formula orqali hisoblab topiladi (m/sek 
da). 
V= (H/Q - 0,2)/0,4 
– havoning sovitish xususiyati millikaloriyada (kv. sm. v sek.). 
– 36,5 gradusli o‗rtacha tana harorati va atrof muxit harorati o‗rtasidagi farq


198 
0,2 i 0,4 – empirik (o‗zgarmas) koeffitsient. 
Yopiq xonalarda, dorixona xonalarida va muassasalarida havoning harakat 
tezligi 0,2-0,4 m/sek orasida bo‗lishi kerak. 
Kichik havo yo‗nalish tezligini quruq katotermometrning sovush tezligi 
(mkal/sm
2
/sek) ko‗rsatkichini, odamning tana harorati (36,5
0
S) bilan tashqi muhit 
harorati orasidagi farqining nisbat ko‗rsatkichini maxsus jadvallar yordamida ham 
topish mumkin. Havo harakati tezligining me‘yori asosan xonaning haroratiga 
qarab belgilanadi. Turar joy xonalarida havo harakatinig tezligi 0,1-0,3 m/sek, 
sport zallarida 0,5 m/sek gacha, ishlab chiqarishda va issiq sexlarda 1-1,5 m/sek 
gacha me‘yor bo‗lib hisoblanadi. 
Gigiyenik nuqtai nazardan qulay deb shunday harorat, nisbiy namlik tezligi 
va boshqa ko‗rsatkichlarga aytiladiki, hosil qilingan bunday sharoitlarda 
organizmda issiqlik almashinuvi va fiziologik faoliyat me‘yorida kechadi. Bunday 
mikroiqlim komfort zona deb aytaladi. 
Komfort zona (kattalar uchun) havo harorati 17-18
0
S, nisbiy namligi 40-60% 
va havo yo‗nalish tezligi 0,1- 0,3 m/sek bo‗lishi kerak.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling