Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

 Nazorat savollari 
1. Antibiotiklar ishlab chiqarishda asosiy texnologik jarayonlarining gigiyenik 
tasnifi. 
2. Antibiotiklarni olish bosqichlariga ta‘rif bering. 
3. Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat sharoitini belgilovchi omillarga ta‘rif 
bering. 
4. Antibiotiklar olinish manbalari.
5. Antibiotiklar ishlab chiqarishda uning organizmga nojo‗ya ta‘siri. 
6. Antibiotiklar ishlab chiqaradigan kimyo farmatsevtika korxonalarida 
profilaktik tadbirlar. 


185 
IX BOB.
 
HAVO MUHITI VA QUYOSH RADIATSIYASINING 
AHAMIYATI.
 
 
9.1. IQLIM VA OB-HAVONING ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI 
Iqlim va ob-havoning odam organizmiga ta‘sirini o‗rganish tibbiy-biologik 
muammolar ichida eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bu muammo 
bioklimatologiya nomi bilan ataladi, chunki u faqat kasalliklarning oldini olibgina 
qolmay, balki ba‘zi bir kasalliklarning zo‗rayib ketmasligining oldini olish uchun 
ham zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Hozirgi zamon fani va texnikasining 
ilg‗or tajribalaridan foydalanib, koinot sirlarini chuqurroq o‗rgangan holda va bu 
omillarning ta‘sirini insonning ruhiy holatiga salbiy ta‘sir etmagan holda aholi 
ongiga singdirib borish katta ahamiyatga egadir. Turli iqlimiy omillarning inson 
organizmiga ta‘sir etish xususiyatlari turlichadir. 
O„rmon iqlimi - toza va salqinligi, kichik tezlikdagi havo harakati, nisbatan 
yuqori namlik bilan ta‘riflanib, organizmga tinchlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi va 
yo‗qotilgan kuch-quvvatni tez tiklanishiga yordam beradi. 
Cho„l iqlimi - havoning quruqligi, yuqori harorat, quyosh radiatsiyasining 
yuqori jadalligi bilan ta‘riflanib, organizmdan terlash orqali suvni ko‗p ajralishiga 
sababchi bo‗ladi, buyraklar orqali suv ajralishi kamayadi va buyraklar faoliyati 
reflektor tarzda yaxshilanadi, shuni hisobga olgan holda cho‗l iqlimidan buyrak 
kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash yaxshi natija beradi. 
Sahro iqlimi - o‗ta quruq havo, haroratning yuqoriligi asab sistemasiga 
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatada, keyinchalik og‗ir ruhiy siqilish (depressiya) 
holatga olib kelishi mumkin. Ayniqsa harorat yuqori bo‗lganda ishtahaning 
yo‗qolishi, umumiy bo‗shashish holati kuzatiladi. Organizmdan tashqi muhitga 
issiqlikning uzatilishi asosan terlash orqali bo‗lib, 60% gacha ko‗tariladi.
Tog„ iqlimi - odam organizmiga chiniqtiruchi ta‘sir ko‗rsatadi, chunki havo 
harorati nisbatan past, toza, kecha-kunduz davomida keskin o‗zgarishi, namlik va 
bosimning pastligi bunga asos bo‗ladi. Tog‗ sharoitida yurak urishi tezlashadi, qon 
bosimi pasayadi, havodagi kislorodning parsial bosimini pasayishi tufayli, o‗pkaga 
oqib keladigan qonning miqdori kompensator tarzda ortadi, natijada katta va kichik 


186 
qon aylanish tizimida qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Tog‗ sharoitida 
quyosh radiatsiyasi tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligi yuqori bo‗lishi, 
organizmning tetikligini oshiradi, endokrin bezlar faoliyatini yaxshilaydi. Nafas 
yo‗llaridagi shilliq qavatlardan sekretsiya ajralishi ortadi va balg‗am ko‗chish 
yaxshilanadi. Shuning uchun tog‗ iqlimi nafas yo‗llari kasalliklariga duchor 
bo‗lganlar uchun ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, og‗ir yurak-tomir xastaliklariga 
duchor bo‗lganlarning holati yomonlashishi mumkin, shuning uchun ularga tog‗ 
havosi tavsiya etilmaydi. 
Dengiz iqlimi - deyarli o‗zgarmas harorat, toza havo, kuchsiz shabada esishi 
bilan ta‘riflanib, zaiflashgan organizmning faoliyatini tezroq tiklash maqsadida 
foydalanish tavsiya etiladi. Biroq hamma dengiz iqlimlari birdek ijobiy ta‘sirga ega 
emas, chunonchi, Sochi va Krimning dengiz iqlimi asab sistemasini 
tinchlantiruvchi ta‘sirga; tropik dengiz iqlimi (Kuba) bo‗shashtiruvchi; shimoliy 
kengliklardagi dengiz iqlimi hayajonga soluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Quyosh nuriga 
boy, sof va toza dengiz havosi qon ishlab chiqarish faoliyatini tezlashtiradi, qon 
bosimini pasaytiradi, azot va tuz almashinuvini tezlashtiradi, issiqlik 
almashinishini orttiradi, ter ajralishini kamaytiradi, siydik ajralishi tezlashadi. 
Tropik iqlim - yuqori harorat va yuqori namlik sharoitida organizmdan 
issiqlik ajratilishi qiyinlashadi va organizmning qizishiga sabab bo‗ladi. 
Qutb iqlimi - past harorat, yuqori darajadagi nisbiy namlik, qutb tuni davrida 
quyosh radiatsiyasining bo‗lmasligi bilan farqlanadi. Qutb tuni odamni ruhiy 
siqilish, dilxiralikka olib keladi, uyqusizlikka sabab bo‗ladi, natijada asab 
sistemasini zo‗riqtiradi. Qutb kunlari esa faoliyat oshadi, kayfiyat yaxshilanadi. 
Iqlim sharoitlari va ob-havoning o‗zgarishi alohida fasllarga bog‗liq bo‗lgan 
kasalliklarning qaytalanishi va zo‗riqishiga sabab bo‗lib, bemorning holati 
yomonlashishi mumkin. Shunday kasalliklarga misol qilib, fasllarga bog‗liq 
bo‗lgan yuqori nafas yo‗llarining shamollash holatlari, sil kasalligi, revmatizm
o‗tkir diffuzli nefrit kabilarni keltirish mumkin. 
Havo frontlari (siklonlar)ning ma‘lum bir geografik hududga kirib kelishi 
bilan bog‗liq bo‗lgan ob-havoning keskin o‗zgarishlari natijasida gipertoniyaga 


187 
uchragan kasallarda gipertonik krizlar, bosh miya va yurak-tomir ateroskleroziga 
uchragan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashishi natijasida xunuk 
oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligi bizga ma‘lum, 70% gacha bo‗ladigan 
kritik vaziyatlar (stenokardiya, miokard infarkti, gipertonik kriz) havo frontining 
o‗tishiga to‗g‗ri keladi.
Odam organizmiga iqlim va ob-havoning ta‘sirini baholash bilan bir qatorda 
quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan omilni yoddan chiqarmaslik kerak. Iqlim va 
ob-havo bilan bog‗liq bo‗lgan omillarni organizmga ta‘sir etuvchi termodinamik 
omil, ya‘ni harorat, namlik, havo bosimi va shamolning ta‘siri deb tushuntirish 
mumkin. Biroq tabiatda quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa omil ham 
mavjud. Bu quyosh sathida ro‗y beradigan portlashlar natijasida quyosh sathidan 
atrof-muhitga 
tarqaladigan 
katta 
hajmdagi 
korpuskulyar 
radiatsiya 
va 
elektromagnit to‗lqinlardir. Bunday sharoitda meteorologik omillardan farqli 
o‗laroq elektromagnit maydonlari er yuzasining barcha joylarida bir vaqtda 
kuzatiladi, lekin turli kengliklarda fasl yoki kunning turli vaqtlarida uning kuchi bir 
xil bo‗lmasligi mumkin.
Iqlimga moslashish deb, odam organizmining unga mos bo‗lmagan yangi 
iqlim sharoitlariga moslashishiga aytiladi. Iqlimga molashish jarayonida odam 
organizmi o‗zining doimiy yashash joyidagi muhitga ko‗nikish hosil qiladi va 
organizmda dinamik steretotip hosil bo‗ladi. Agar organizm yangi iqlim sharoitiga 
o‗tib qolsa, shakllangan stereotip asta-sekin izdan chiqadi va shu yangi muhit 
hamda ob-havo sharoitlariga nisbatan yangi stereotip shakllanadi. 
Iqlimga moslashish jarayoni juda murakkab ijtimoiy-biologik jarayondir. 
Fiziologiya nuqtaiy-nazaridan iqlimga moslashish deganda, odam organizmida 
tashqi muhit bilan markaziy asab tizimi orqali, refleks yo‗li bilan o‗rnatiladigan 
vaqtinchalik va doimiy aloqa hamda uning asosida organizm uchun o‗zaro foydali 
munosabatni hamda doimiy harakatlanuvchi stereotipning ishlab chiqilishini 
tushunmoq zarur. 
Quyosh haroratining bir tekisda tarqalmaganligi tufayli er yuzasida turli xil 
havo oqimlari vujudga keladi. Bular: passat, musson, siklon va antitsiklonlardir. 


188 
1. Passat –doimiy va kuchli shimoldan janubga yo‗nalgan havo oqimi. 
2. Musson – quruqlikdan dengizga yo‗nalgan havo oqimi. 
3. Siklon - ob-havoning buzilishini, havoning bulutlanishini va yog‗ingarchilikning 
keltirib chiqaradi. 
4. Antitsiklon – quruq va ochiq havoni vujudga keltiradi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling