Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Xonalarda havo haroratining o„rtacha ko„rsatkichlarini aniqlash
Xonalardagi havo haroratini simobli va spirtli termometrlarda aniqlanadi. Hozirgi kunda xona haroratini aniqlashda selsiy shkalasi bo‗yicha 0 0 dan + 30 0 -50 0 , tashqi havoni esa-50 0 bo‗lgan simobli va spirtli termometrlardan foydalaniladi. Xonaning kun davomida maksimal darajadagi yuqori va eng past haroratini aniqlash uchun maksimal va minimal ko‗rsatkichlarni ifodalovchi termometrlardan 191 foydalaniladi. Bunday termometr orqali xonaning haroratini maksimal darajaga ko‗tarilganligini va tushganini ma‘lum ajratilgan vaqtda aniqlash mumkin. Devor haroratini aniqlashda devor haroratini o‗lchaydigan termometrlardan foydalaniladi. Termometrni yopishtirish uchun mum, kanifol yoki alibastr pol sathidan 10-15 sm hamda 1,5m balandlikda o‗lchanadi. Ushbu termometr yordamida devorning burchaklari va eng sovuq joyining haroratini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tashqi muhit haroratini uzluksiz ravishda ob‘ektiv belgilab turish uchun o‗zi yozuvchi asbob-termografdan foydalaniladi. Termograflar bir kunlik yoki haftalik bo‗ladi. Asbob takomillashmagani tufayli vaqti-vaqti bilan tekshirib aniqlik kiritib turish zarur. Havo haroratini aniqlashda termometrni mumkin qadar isituvchi yoki sovutuvchi moslamalardan uzoqroq o‗rnatganma‘qul. Spirtli termometrlar simobli termometrlariga nisbatan ancha aniq bo‗lmasa ham, ishlanish uchun bexavotirdir. Oz miqdorda bo‗lsa ham tasodifan termometrdan to‗kilgan simob bolalarga zaxarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Xona havosining o‗rtacha haroratini aniqlash uchun gorizontal holda poldan 1,5 m balandlikda, ularning o‗rtacha bo‗yiga qarab 5 nuqtadan, ya‘ni xonaning 4 burchagidan devorlardan va isitish moslamalaridan 10 sm nari va xona o‗rtasidan o‗lchab arifmetik miqdori olinadi. Vertikal bo‗yicha kuzatilishi mumkin bo‗lgan haroratning o‗zgarishi 3m balandlikda, jumladan: poldan 10 sm va 1,5 m balandlikda hamda shiftdan 15-20 sm pastdan aniqlanadi. Gorizontal yo‗nalishi bo‗yicha haroratning o‗zgarishi tashqi devordan ichki devorgacha bo‗lgan oraliqda 2 0 dan, vertikal yo‗nalishi bo‗yicha xonaning polidan 1,5 m balandlikda 1,5-2 0 S dan oshmasligi kerak. Xona haroratini bir yo‗la tekshirib to‗la ma‘lumot olindi, deb bo‗lmaydi, chunki olinadigan ko‗rsatkich faslga, isitish moslamalarining turiga, issiqlik chiqarish davomiyligiga, xonadagi odamlar soniga, ularning xonada bo‗lish paytiga va hakozoga bog‗liq. Shunga ko‗ra xona harorati yuqoridagilarni hisobga olgan holda kun davomida tekshirib turilgani ma‘qul. 192 Havo namligi Suv havzalari, tuproq yuzasi va o‗simliklardan muntazam ravishda suv bug‗lari chiqib turadi, bu havoning namligini ifodalaydi. Havo namligini quyidagi turlari farqlanadi: absolyut, maksimal, nisbiy. Absolyut havo namligi deb - 1 m 3 havodagi suv bug‗larining miqdoriga (g da) aytiladi. Maksimal havo namligi deb havoning ma‘lum haroratda namlik bilan to‗la-to‗kis to‗yinib olishi uchun zarur bo‗lgan suv bug‗larining miqdoriga (g da) aytiladi. Havo harorati ko‗tarilib borgan sari havoning maksimal namligi oshib boradi. Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo namligining maksimal havo namligiga foizlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi. Nisbiy havo namligi havoning suv bug‗lari bilan to‗yinish darajasini belgilab beradi. Havo namligini aniqlashda aspiratsion va statik psixrometrlardan hamda gigrograflardan foydalaniladi. Aspiratsion psixrometrni statik psixrometrdan farqi shundaki, aspiratsion psixrometrga o‗rnatilgan moslama orqali termometr ko‗rsatkichlarini aniqlashdan oldin, joylarda aspiratsiya usulida havo yo‗nalishini bir tekisda tashkil qilish bilan birga termometrlarni radiatsion nur ta‘siridan himoya qilish choralari ko‗rilgan. Avgust psixrometrlar yordamida absolyut namlik aniqlanadi. Absolyut namlik Reno formulasi yordamida hisoblab chiqiladi: K= F – 0,50 (T – T 1 )xV/755 K = f – a ( t – t 1 ) V, bu erda: K - absolyut namlik, mm simob bo‗yicha; f - nam termometrning ko‗rsatishi bo‗yicha maksimal namlik ; a – psixrometr koeffitsienti (xona havosi uchun 0,0011) t - quruq termometr ko‗rsatishi (gradusda) 193 t 1 - nam termometr ko‗rsatishi (gradusda); V - tekshirish vaqtidagi barometrik bosim, mm simob ustunida. Topilgan absolyut namlikni nisbiy namlikka o‗tkazish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. R = K x 100 / F bu erda: R - nisbiy namlik, % hisobida K-absolyut namlik, mm simob ustunida F -quruq termometrning harorati bo‗yicha maksimal namlik olinadi (jadvaldan olinadi). Havo namligini aniq o‗lchovlari aniqlash uchun Assman aspiratsion psixrometridan foydalaniladi, bunda termometrlar nurli energiya ta‘siri oldini oluvchi porloq naychalar bilan himoyalangan va havo ventilyator yordamida teng ravishda so‗riladi. Avgustning statsionar psixrometri ikkita bir xil simobli yoki spirtli termometrlardan iborat, ular shartli ravishda "nam" va "quruq" deb nomlanadi. "Nam" termometr rezervuari yupqa material (batist, doka) bilan o‗ralgan bo‗lib, uning oxiri distillangan suv tutuvchi idishga solingan bo‗ladi. Idishning yuqori chekkasi termometr rezervuaridan 3-4 sm uzoqlikda bo‗lishi lozim. Nam material yuzasidan suv bug‗lanadi. Bug‗lanish jarayoni uchun issiqlik sarflanadi, shu sababli "nam" termometr soviydi va "quruq" termometrga nisbatan past haroratni ko‗rsatadi. Havo namligini aniqlashda asbobni nurlanish manbalari va havoning tasodifiy harakatlaridan saqlash lozim. Ikkala termometr ko‗rsatkichlari asbob o‗rnatilgach, 10-15 minutdan so‗ng amalga oshiriladi. Nisbiy namlikni formula bilan aniqlashdan tashqari, aspiratsion psixrometr ko‗rsatkichlari bo‗yicha maxsus jadval yordamida ham topish mumkin (Jadval Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling