Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


Download 1.24 Mb.
bet1/9
Sana06.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1171979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maxsus suyuqliklar va moylar, Amrilloyev.A





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI

NEFT VA GAZ FAKULTETI
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
Mavzu: Plastinali issiqlik almashinish qurilmasida suvni isitish jarayonida qanch issiqlik miqdori sarflanadi.
Maxsus suyuqliklar va moylar texnologiyasi fanidan
KURS ISHISI

Bajardi: “NGТ ta’lim yo’nalishi____kurs _____guruh talabasi:
_______________________________
Ilmiy rahbar: «neft va gazni qayta ishlash » kafedrasi o‘qituvchisi:
______________________________

QARSHI – 2022 yil



Reja

  1. Kirish.

  2. Issiqlik o’tkazuvchanlik.

  3. Issiqlik almashinish qurilma turlari.

  4. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalari haqida umumiy tushincha.

  5. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari.

  6. Hisoblashlar qismi.

  7. Gidravlik xisob ekstrogetik xisob

  8. Mexanik xisob

  9. Devor qalinligining xisobi

  10. Xulosa

  11. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Issiqlik texnikasi umumtexnik fundamental fanlardan biri b o "lib, texnikada issiqlikni hosil qilish usullarini, issiqlikni energiyaning boshqa turiga aylantirish usullarini, issiqlikni uzatish usullarini va issiqlik ishlatilishini olrgatadi. Sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, tog‘-kon ishi va boshqa sohalarida issiqlik berish va uning ajralib chiqishi, issiqlik almashuvi, mashina, qurilmalarda sodir bo'ladigan issiqlik jarayonlari hamda elektr energiya va issiqlikdan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Issiqlik texnikasi fani yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tarbiyalab tayyorlashda asosiy o ‘rin tutadi. Bu fan talabalarni ilmga qiziqtirish, qonunlar texnikada qoMlanilishi, termodinamik jarayonlarni hisoblash, issiqlik kuch qurilmalarining optimal holatlarini aniqlashga tayyorlashda yordam beradi. Issiqlik texnikasi fani uch boMimdan iborat: 1) texnikaviy termodinamika; 2) issiqlik uzatilishi; 3) issiqlik energetik qurilmalari. Termodinamika so‘zi grekcha so'zdan olingan boMib «termos»— issiqlik, «dinamikos» — kuch degan m a’noni bildiradi. Texnikaviy termodinamika issiqlik effektlari bilan sodir boMadigan turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga o'tishi, ya’ni issiqlikning ishga va ishning issiqlikka aylanishini o ‘rganadigan fan. Texnikaviy termodinamika fan sifatida M.V.Lomonosov (1746-y.) tomonidan energiyaning aylanish va saqlanish qonuni ochilishi tufayli yuzaga kelgan. M.V. Lomonosovning «Issiqlik va sovuqlik sabablari» (1747-v.) degan ishi issiq moddalar mikrozarrachalarining harakatdaligini isbotlashga bag‘ishlangan. Rus mexanigi I.I.Polzunov tomonidan birinchi universal bug‘ mashinasining kashf etilishi (1765-v.) natijasida universal porshenli dvigatellarining chizmasi va termodinamikaning ikkinchi qonuni varatildi. Termodinamikaning rivojlanishiga R.Mayer ( 1872-y.), A.Joul (1843- 1846-y.) ishlari bilan katta hissa q o 'sh ish g an . Termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishi dvigatellaming foydali ish koeffitsientini oshirish yo‘llarini ko‘rsatadi. Issiqlik apparatlarini loyihalash va qurish uchun uning vazifasini, ishlash uslubini va u yerda boMadigan issiqlik uzatish jarayonlarini bilish kerak. Issiqlik uch xil usulda: issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish Lisulida uzatiladi. Har bir texnologik jarayonlarning bajarilishida issiqlik www.ziyouz.com kutubxonasi energetik qurilmalari qollaniladi. Issiqlik energetik qurilmalari energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirib beradi. Issiqlik texnikasini o'rganish jarayonida aniq masalalarni hisoblash, ifodalarni keltirib chiqarish va ular orasidagi bogManishlarni aniqlashda matematika fanining o'rni kattadir. Jismlarni, hodisalar va jarayonlarni o ‘rganishda, tahlil qilishda fizika va kimyo fani bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Issiqlik texnikasi fanidan olingan bilimlar faqat fan-texnika taraqqiyoti uchun zarur bo‘libgina qolmay, balki ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, mustaqil Respublikamiz ravnaqi uchun intellektual saviyasi keng, axloq-odobli barkamol insonni tarbiyalashga ham o ‘z hissasini qo‘shadi.
Kimyo sanoatidaa etishtirilayotgan mahsulotlarini qayta ishlash yo’li bilan olinadigan tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilish, hamda xalqimiz iste`moli uchun zarur bo`lgan yuqori sifatli, arzon mahsulotlarni etkazib berish, etishtirilayotgan mahsulotlarni uzoq muddatda saqlash uchun yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qo`llash dolzarb muammoli vazifalardan bo’lib kelmoqda.
Bu o`rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o`tish bo`yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo`rilmoqda. O`z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqeyiga ega bo`lishini ta’minlash imkonini beradi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling