Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi


-rasm. Shtamplangan plastinali issiqlik almashinish qurilmasi


Download 1.24 Mb.
bet8/9
Sana06.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1171979
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maxsus suyuqliklar va moylar, Amrilloyev.A

13-rasm. Shtamplangan plastinali issiqlik almashinish qurilmasi.




G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi.
Ish unumdorligi kichik, davriy ishlaydigan korxonalarda qovushqoqligi katta bo`lgan suyuqliklarni isitish uchun asosan g’ilofli issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalarning ish hajmi asosan sferik taglikka ega bo`lgan tsilindr shaklida bo`lib, u tashqi tomondan g’ilof bilan qoplangan. G’ilofga berilgan suv bug’i tsilindr tashqi devorida kondensatsiyalanib, issiqlik devor orqali qurilmada isitilayotgan suyuqlikka yuboriladi. Issiqlik o`tkazish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida bu qurilmalar kup hollarda aralashtirgich bilan ta`minlangan bo`ladi. G’ilofli issiqlik almashinish qurilmai 14 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma korpus 1, bug’ qobigi 2 va flanets 3 dan iborat (a-past bosimlar uchun; b-yuqori bosimlar uchun).
Agar issiqlik tashuvchilardan birining issiqlik berish koeffitsienti ikkinchisinikidan ancha kichik bo`lsa, u holda ning qiymati kichik bo`lgan tomondagi issiqlik almashinish yuzasi kattalashtiriladi.


1 4- rasm. G’ilofli isitkich:

      1. past bosimlar uchun; b) yuqori bosimlar uchun.

Bug‘ bilan isitish. Ma’lumki, sanoat miqyosida issiqlik eltkich sifatida to‘yingan suv bugi keng ko‘lamda ishlatiladi, chunki u bir qator afzalliklarga ega. Masalan, bug‘ kondensatsiyalan1'anda juda kapa miqdorda issikdik ajralib chiqadi. Agar, bug‘ning bosimi 9,8-104 N/m2 bo‘lsa, 2,26- J/kg miqdorda issikdik berishi mumkin. Kondensatsiyalanayotgan bug‘ning issiqlik berish koeffitsienti yuqori bo‘lgani uchun, bug‘ tomonidagi termik qarshilik kichik bo‘ladi. Bu esa, bug‘ yordamida isitish uchun kam yuza talab etadi. To‘yingan bug‘ning eng asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ma’lum bir bosimda, bir xil temperaturada kondensatsiyalanadi. Bu hol tegishli isitish temperaturasini yuqori anikdikda ushlab turish imkonini beradi.

Issiq suv bilan isitish .Ushbu usul mahsulotlarini 100°C gacha isitish uchun qo‘llaniladi. 100°C dan yuqori temperaturalargacha isitish uchun ortiqcha bosim ostidagi o‘ta qizdirilgan suv ishlatiladi Suvning afzalliklari juda ko‘p: yer kurrasida keng tarqalgan va arzon; korrozion faol emas. Odatda biror mahsulotni isitish issiqlik qurilmasining devori orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda isitish uchun suv bug‘i kondensatining issiqligidan ham foydalanish mumkin. Suv yoki boshqa organik suyuqliklar bilan isitish uchun ko‘pincha sirkulyatsion usul ishlatiladi. Sirkulyatsion harakat erkin yoki majburiy bo‘lishi mumkin. Lekin, sanoatda nasos yordamida amalga oshiriladigan . majburiy sirkulyatsion jarayonlar keng tarqalgan.

Yuqori temperaturali organik suyuqlik va ularning bug‘lari bilan isitish Ushbu guruh issiqlik eltkichlariga quyidagi organik moddalar kiradi: glitserin, etilenglikol’, naftalin, difenil efiri, difenilmetan, ditolilmetan, difenil va polifenollarni xlorli mahsulotlari, mineral moylar, tetraxlordifenil, kremniy organik birikmalar va hokazolar.


Sanoatda eng keng tarqalgan yuqori temperaturali organik suyukdiklardan biri difenil aralashma (26,5 - difenil va 73,5% - difenil efiri) sidir. Ushbu issiqlik eltkich sirkulyatsion usulda isitish uchun ishlatiladi va erkin sirkulyatsiya sharoitida issiqlik berish koeffitsienti 200...350 Vt/(m2-K).
To‘yingan suv bug‘i bilan isitish Ushbu usulda isitish amaliyotda keng miqyosda qo‘llaniladi. Bunga uning quyidagi afzalliklari sababchidir: kondensatsiyalanish jarayonida juda katta miqdorda issiqlik ajrab chiqadi (2024...2264 kJ/kg); kondensatsiyalanayotgan bug‘dan devorga issiqlik berish koeffitsienti juda yuqori; isitish bir tekisda sodir bo‘ladi. O‘tkir bug‘ bilan isitishda suv bug‘i bevosita isitilayotgan suyuqlikka yuboriladi. Natijada bug‘ kondensatsiyalanadi va issiqligini suyukdikka beradi. Jarayonda hosil bo‘lgan kondensat suyuqlik bilan aralashib ketadi. Isitish va aralashtirish jarayonlarini birdapiga amalga oshirish uchun bug‘ barboter yordamida suyuqlik qatlamiga yuboriladi.
Tugun gazlari bilan isitish turli sanoat soalarida ancha vaqtdan beri qo‘llanilib kelinayotgan usullardap biridir. Tutun gazlari suyuq, gazsimon va qattiq yoqilg‘ilarni maxsus o‘txonalarida yondirish natijasida hosil bo‘ladi. Ushbu gazlar yordamida 1000...1100°C temperaturagacha isitish mumkin. Tugun gazlari yordamida isitishning kamchiliklari: kichik issiqlik berish koeffitsienti [35...60 Vt/(m2 K)]; temperaturalarining farqi juda katta va isitish jarayoni bir tekisda emas; temperaturani rostlash murakkab; qurilma devorlarining oksidlanishi va tugun tarkibida zararli moddalarning borligi, ushbu usulni oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda qo‘llash mumkin emas.
Elektr toki yordamida materiallarni juda katga temperatura oraligida isitish, zarur temperaturani ushlab turish va oson rostlash mumkin. Undan tashqari, elektr isitish moslamalari sodda, ixcham, ishlatish va ta’mirlash qulaydir. Lekin, elektr toki bilan isitish ancha qimmat. Elektr tokini issikdik energiyasiga aylantirish usuliga qarab ushbu usul bir necha turga bo‘linadi: elektr qarshiligi yordamida isitish, induksion isitish, yuqori chastotali isitish, elektr yoyi bilan isitish. Elektr qarshiligi yordamida 1000... -1100°C gacha isitish mumkin. Atrofmuhitga issiqlik yo‘qotilishini bartaraf qilish uchun o‘txona issikdik qogitamasi bilan o‘raladi. O‘txonaning asosiy isitish elementlari sim yoki lentasimon qilib nixrom qotishmasidan yasaladi.
Xulosa
Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlar va qurilmalar fanidan jarayon turlarini yani mexanik, gidromexanik, bug’latish, modda almashinish jarayonlarida maxsulotni isitish, sovutishda issiqlik almashinish qurilmalarini ishlash prinsipini , kamchiliklari afzalliklarini o’rganish bilan birga ishlab chiqarish sohalarida qo’llanishni konstruksiyasini issiqlik, material balanslarni gidravlik, mehanik hisoblarni o’rgandim va tahlil qildim. Shu bilan birga trybaning issiqlik yuklamasi , xaroratlar o’rtasidagi issiqlik yuklamasi uchun xaroratlar yuzasi turbalarda issiqliklar xarakati yordamchi jixoz nasosning xajmiy sarfi va qurilmaning mustaxkamlik xisobini o’rgandim.Fan nafaqat “Kimyo-texnologiya” balki neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida barcha jarayonlarni amalga oshirishda kerakli ekanligini hamda texnologik liniyada ishtirok etishini tushundim. Bajargan kurs loyihada fandan kelib chiqib soha yo’nlalishlariga moslash va barcha tenglamalar, hisoblash metodlarini o’rganib kelinmoqda. Bug’latish qurilmalari modda kontsenratsiyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini yanya bir bor tushundim.Ishlab chiqarish sanoati, qolaversa oziq-ovqat hamda barcha sektorlarda bug’latish qurilmalaridan foydalanilar ekan. Olgan bilim malaka va kunikmalarini ishlab chiqarishga joriy etaman. SHu bilan birga kurs loyixa bajarishimda fanlar aro bog’lanishini tushundim.
Ushbu kurs loyihasi mobaynida plastinali issiqlik almashtirish qurilmasi yordamida limon kislatasini sovutish jarayonini amalga oshirishda bizga berilgan qiymatlardan foydalangan holda hisob kitoblar amalga oshirildi. Kurs loyiha mobaynida issiqlik o’tkazuvchanligi katta, oson yig’iladigan va ta’mirlash uchun oson bo’lgan qurilmanadan foydalanildi. Qurilmaning eng katta kamchiligi katta miqdorda moddaning sovutish jarayonini olib bora olmasligi va katta bosim ostida ishlay olmasligidir. Sovituvchi (isituvchi) sifatida ham suyuqlik, ham gaz ishlatilinishi mumkin. Asosan haroratgacha bo’lgan oralida kechayotgan sovutish (isitish) jarayonlari suyuqlik (suv) yordamida, hamda haroratdan yuqori bo’lgan oralida sovutish (isitish) jarayonlari gaz (suv bug’i) yordamida amalga oshiriladi. Bu loyiha ishida limon kislatasi suv yordamida sovutiladi bu esa jarayonni moddiy jihatdan narxini arzonlashtiradi. Plastinali issiqlkk almashinish qurilmasi sovutish jarayonlarida mahsulot sifat va narx me’zoniga javob bergan holda, jarayon ketishini uzluksiz va bir me’yorda ketishini ta’minlaydi

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling