Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
3 Kirish Hozirgi kunda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilayotgani O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 14 fevraldagi PQ-3532 sonli ―Farmatsevtika tarmog‗ini jadal rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorida va 2019 yil 10 apreldagi PF-5707 ―2019-2021 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‗ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi farmonida batafsil bayon etilgan. Rivojlangan davlatlarda inson salomatligini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‗tarish haqida g‗amxo‗rlik qilish muhim davlat vazifalaridan hisoblanadi. Kasalliklarning oldini olishda, sog‗lom turmush tarzini shakllantirish va targ‗ib qilishda tibbiyotda profilaktika yo‗nalishining xizmati benihoya kattadir. Profilaktik tibbiyotga asos bo‗la oladigan fan - gigiyenadir. Gigiyena –yunoncha «higiyenos» so‗zidan olingan bo‗lib, inson salomatligiga tashqi muhit omillarining ta‘sirini o‗rganadigan, o‗rganish natijasida olingan ma‘lumotlarga asoslanib me‘yor va qoidalarni ishlab chiqadigan fandir. Gigiyena fani ishlab chiqqan me‘yor va qoidalar sanitariya muassasalari tomonidan joriy etiladi. Inson organizmi tashqi muhitning beto‗xtov almashinib turadigan ko‗p omillari ta‘siriga duch keladi, lekin organizmning tabiiy moslashuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‗l qo‗ymaydi. Organizm bilan tashqi muhit o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi esa kasalliklarga zamin yaratadi, chunki moslashuvchanlikning chegarasi bor. Gigiyena fani inson salomatligi va tashqi muhit orasidagi mutanosiblikni saqlash zarurligini o‗rgatadi, inson vujudi va faoliyati bilan atrof -muhitning uzviyligini ta‘minlaydi. Gigiyenaning asosiy muammolari - bu organizm bilan tashqi muhitning o‗zaro munosabatlari - hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning o‗zaro ta‘siri va birligi deb talqin qilinadi. Tashqi muhitning organizmga ko‗rsatadigan ta‘siri organizmning nafas olish, ovqatlanish, termoregulatsiya jarayonlarida namoyon 4 bo‗ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ta‘sirlariga, bularning sifati va miqdoriga bog‗liqdir. P. Pavlov odam salomatligi tashqi muhit omillari ta‘siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bilan organizm o‗rtasidagi muvozanat buziladi, deb ko‗rsatib o‗tgan edi. Gigiyena moduli farmatsevtik ishlab chiqarish muhitida fizikaviy, kimyoviy va biologik, radiologik omillar ta‘siri, farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va dorixonalarni loyihalashga, qurilishiga, jihozlanishiga va ekspluatatsiyasiga, toza va steril xonalarga, ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qo‗yiladigan gigiyenik talablarni o‗rganadi va farmatsevtik ishlab chiqarishida mehnat sharoitini sog‗lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Darslik gigiyenaning asosini ochib berib, uning vazifalari sog‗liqni saqlashdagi profilaktika masalalarini yoritib beradi. Farmatsevtika sohasida farmatsevtlarning kasalliklarni dorilar bilangina davolamasdan, kasallik sabablari va oldini olish ishlarini olib borishlarida yordam beradi. Darslikni yanada yaxshilash maqsadida o‗quvchilar tomonidan bildiriladigan fikr va mulohazalar, ko‗rsatilgan kamchiliklar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling