Nuraliyeva xafiza otaevna
ATMOSFERA HAVOSINING FIZIK XUSUSIYATLARI VA
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
9.2. ATMOSFERA HAVOSINING FIZIK XUSUSIYATLARI VA
UNING GIGIYENIK AHAMIYATI Atmosfera havosining ifloslanishi XX asrning ikkinichi yarmida sanoat ishlab chiqarishi, elektr energiyasi iste‘moli va motorli har xil transport turlaridan foydalanishning jadal o‗sish sur‘atlari bilan xarakterlanadigan ilmiy-texnika progressi davrida ayniqsa dolzarb masala bo‗lib qoldi. Atmosfera xavosining ifloslanishi aholi salomatligining yomonlashuvi, atmosfera musaffoligining va ko‗rish uzoqligining kamayishi, o‗simliklarning shikastlanishi singari bir qator zararli ta‘sirlarni yuzaga keltirishi mumkin. Turar joylar havosi xalq xo‗jaligini industrlashtirish va avtomobil transportining rivojlanishi natijasida turli aralashmalar: zaxarli gazlar - uglerod (IV)-oksid, sulfid gazi, ammiak, azot oksidlari, vodorod sulfid, chang, bakteriyalar bilan ifloslanadi. Ifloslanishning asosiy manbalari quyidagilar: sanoat korxonalari , TES (issiqlik energiya sanoati) korxonalari, temir yo‗l va avtomobil transporti; tuproq. Ko‗rsatib o‗tilgan zararli aralashmalar aholi salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. F.F.Erisman ―Odam nafas oladigan havo o‗zining kimyoviy tarkibi va fizik xossalarining o‗zgarishi tufayli organizmimizdagi garmonik muvozanatni, ya‘ni salomatligimizni osongina buzishi mumkin‖ degan edi. Odatda inson organizmi bir sutka davomida hayotiy protsesslarni uzviy davom ettirish uchun 1,5-2 litr suyuklik, deyarli shu mikdorida ovqatli moddalar iste‘mol qiladi. Hayotiy protsesslarning mo‗‗tadil kechishi uchun qancha havo is‘temol qilishimiz zarur. Bir kecha kunduzda inson o‗rtacha hisobda og‗irligi bo‗yicha 25kg xajmi bo‗yicha 2500 –2600 l gacha havo oladi, jumladan shuning 600-1000 l ni kislorod tashkil qiladi. Biz tinch holatda 1 daqiqa davomida 9l, o‗tirganda 10,6 l, tik holatda 12 l, taxminan soatiga 3 km atrofida harakat qilganda 189 24,3 l, suzganda 41,3 l havoni nafas orqali qabul qilamiz. Bundan tashqari, tog‗li klimat sharoitlarida havo orqali organizmga kiradigan kislorod davolovchi vosita sifatida katta ahamiyatga ega, atmosfera havosi orqali o‗zimiz uchun kerakli gazlarni qabul qilib, nafas chiqarganda hayot jarayonida hosil bo‗ladigan gaz holdagi moddalarni tashqariga chiqaramiz. Atmosfera havosining kimyoviy tarkibi inson salomatligida muhim o‗rin tutadi. Kislorodning inson organizimi uchun ahamiyati quyidagilardan iborat: - organizmning hayot faoliyatidagi barcha oksidlanish jarayonlari bevosita kislorod ishtirokida sodir bo‗ladi; - kislorod organizmda tana haroratining bir me‘yorda saqlanishini ta‘minlaydi; - a‘zolarda ovqat moddalarning qayta ishlanishi,oksidlanishi va ulardan energiya ajralishini amalga oshiradi va boshqalar. Havo muhitida doimo kislorod aylanishi sodir bo‗lib turadi, shu sababli uning miqdori atmosferada deyarli o‗zgarmaydi. Suv bug‗larining atmosfera yuqori qatlamlarida ultrabinafsha nurlar ta‘siri ostida fotokimyoviy parchalanishi ham kislorod hosil bo‗lish manbaidir. Kislorod miqdorining o‗zgarishiga qarab inson organizmida xam turli xil o‗zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, turli balandlikda kislorod miqdori 16-17% bo‗lganda organizmda fiziologik siljishlar, kislorod miqdori 11-13% da gipoksiya kuzatiladi, ish qobiliyati keskin pasayadi, kislorod miqdorining 7-8%gacha kamayishi organizmning kislorod bilan etarlicha ta‘minlanmasligi sababchi bo‗ladi va hayot faoliyatining buzilishini keltirib chiqaradi. Atmosfera havosi tarkibidagi karbanat angidrid gaziga to‗xtaladigan bo‗lsak, karbonat angidrid gazi – rangsiz,hidsiz gaz, havoda ko‗p miqdorda bo‗lganda ham odam uni sezmaydi. Bu gazning atmosfera havosidagi konsentratsiyasi turg‗un (0.03-0.04%), chunki tabiatda doimo uning aylanish jarayonlari bo‗lib turadi. Karbonat angidrid gazi nafas markazining fiziologik qo‗zg‗atuvchisidir. Xona havosidagi karbonat angidrid gazi miqdori 0.07-0.1%dan ortiq bo‗lsa, havo yoqimsiz hidga ega bo‗ladi, 190 bu esa o‗z navbatida organizmning funksional holatini yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Karbonat angidrid gazining havodagi miqdori 1% etsa organizmda modda almashinuvi buzilishi (atsidoz) , 1,5-3% bo‘lsa nafas qisishi, bosh og‗rishi ya‘ni zaxarlanish belgilari kuzatiladi, 10-12% bo‗lganda narkotik ta‘sir ko‗rsatishi va o‗limga olib kelishi mumkin. Havo almashinuv tizimi yaxshi bo‗lmagan xonalarda, ko‗pchilik odamlar yig‗ilganda karbonat angidrid gazi to‗planishi (nafas bilan chiqariladigan havoda u 4,4% mikdorda bo‗ladi) bilan parallel holda hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari miqdorining oshishi, havo temperaturasi va namligining ko‗tarilishi, mikroorganizmlar miqdorining oshishi kuzatiladi. Karbonat angidrid gazi mikdoridan turar joy va jamoat binolari havosining tozalik ko„rsatkichi sifatida foydalaniladi. Azot atmosfera havosining eng salmoqli qismi bo‗lib, havo xajmining 4/5 qismini tashkil qiladi. Azot inert gazlar bilan birga kislorodni odamning nafas olishi uchun zarur darajada suyultirib beradi. Organizmda qon va to‗qima suyuqliklarida erigan holatda mavjud bo‗ladi, ammo kimyoviy reaksiyalarda ishtirok qilmaydi. Biroq azotning fiziologik roli atmosfera bosimi oshishi bilan o‗zgaradi. Bunday sharoitlarda azotning hayvonlarda asab-mushak koordinatsiyasining buzilishini keltirib chiqarishi va narkotik ta‘sir ko‗rsatishi aniqlangan. Havoning fizik xususiyatlari havo harorati, namlik, havo harakatining tezligi, tevarak-atrofdagi, shu jumladan, ishlab chiqarish jixozlarining xam harorati va atmosfera bosimi tushuniladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling