Nuraliyeva xafiza otaevna
ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISHDAGI
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
8.2. ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISHDAGI
SHAROITLARINING ISHCHILAR SALOMATLIK HOLATIGA TA’SIRINING GIGIYENIK TAVSIFI Aholini zaruriy dori vositalari bilan etarli darajada ta‘minlashdagi muhim vazifalardan biri kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida keng qo‗llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqishni yanada kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib tibbiy korxonalarda 50 dan ortiq turdagi antibiotiklar va 100 ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda. Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o‗simlik va hayvonlarning hayot faoliyati jarayonida ishlab chiqariladigan va bakteritsid yoki bakteriostatik ta‘sir xususiyatiga ega bo‗lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar sinfiga taalluqli bo‗lgan 500 ga yaqin antibiotiklar ishlab chiqarilmoqda. Antibiotiklarning antibakterial 178 hususiyatlari tibbiyotda, xususan, yuqumli kasalliklar va yallig‗lanish jarayonlari terapiyasi va ularni oldini olish amaliyotida keng ko‗lamda qo‗llanishi uchun asos bo‗ldi. Antibiotiklar quyidagicha sinf va guruhlarga taqsimlanadi: - tabiiy antibiotiklar; - yarim sintetik antibiotiklar; - ingibitordan himoyalangan antibiotiklar; - sintetik antibiotiklar. Tabiiy antibiotiklar quyidagilardan olinadi: - hayvonlardan olingan (lizotsim, ekmolin, eritrin va boshqalar); - o‗simliklardan olingan (fitonsidlar); - bakteriyalardan olingan (polimiksinlar - B.polymyxa); - o‗zlari ishlab chiqaruvchilar (mog‗or zamburug‗lari va aktinomitsetlar). Antibiotiklar tibbiy amaliyotda qo‗llanishidan tashqari, oziq-ovqat va sut- go‗sht sanoatida ham keng qo‗llanadi. Ularni hayvonlar va qushlarning vaznini tezroq oshirish maqsadida ovqatlariga qo‗shib beriladi va x.h. Antibiotiklarni olishdagi texnologik jarayon jihozlarda ketma-ket bajariladigan bir nechta bosqichlardan iborat: a) ekish, ya‘ni materialini etishtirish va antibiotiklarni biosintezlash (fermentatsiyalash); b) kultural suyuqliklarni birlamchi ishlovdan o‗tkazish; v) filtrlash; g) ajratish va kimyoviy usulda tozalash (ekstraksiya, ion almashinish usuli, cho‗ktirish usuli); d) tayyor dori shakllarini tayyorlash; e) qadoqlash va idishlarga joylash. Birlamchi texnologik jarayonlar ekish materialini kolbalar va fermentyorlarda o‗stirishga asoslangan (produtsent). O‗stirilgan ishlab chiqarish produtsent shtammi, uni yanada boyitish maqsadida maxsus apparatlar- inokulyatorlarga o‗tkaziladi. Inokulyatorlarda mog‗orlar, bakteriyalarni etishtirish jarayoni qattiq belgilangan sharoitlarda amalga oshirilib, ular isitish va sovutish tizimlari, havo berish, o‗stirilayotgan va boyitilayotgan massani aralashtirish uchun 179 maxsus jihozlar bilan ta‘minlanadi. Shundan so‗ng produtsent fermentatsiya jarayoniga o‗tkaziladi. Fermentatsiya deb - produtsentni kultivatsiya qilish (o‗stirish) va maksimal darajada antibiotikni hosil qilinishiga aytiladi. Antibiotiklar mikroorganizmlar tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida ajraladi. Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jihoz bo‗lib fermentyorlar hisoblanadi. Ularning hajmlari turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo‗lishi mumkin. Fermenterlar isitish va sovutish sistemalari, sterillangan havo aralashmasini berish, aralashtirgich, ovqatli muhit va kultural suyuqlikni kiritish va chiqarish mexanizmlari bilan jihozlangan. Texnologik jarayonning mazkur bosqichi qo‗llanadigan jihozlarning germetikligi bilan ta‘riflanadi. Bunda havo muhitining antibiotiklarni biosintezlash uchun qo‗llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya jarayonining yakuniy bosqichi bo‗yicha hosil bo‗ladigan biomassa bilan ifloslanish mumkinligi amalda bartaraf qilingan. Antibiotiklarning kultural suyuqlikda bo‗ladigan juda ko‗p moddalar bilan birikib, erimaydigan birikmalarni hosil qilishi, konsentratsiyani oshirish uchun hamda undagi aralashmalarni to‗liq cho‗kishini ta‘minlash maqsadida, suyuqlikni suyuqlikning pH 1,5-2,0 bo‗lguncha shovil va xlorid kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural suyuqlikni mitseliyalar va cho‗ktirilgan ballast moddalardan holi qilish uchun «nativ eritma» deb ataluvchi tiniq filtrat olinguncha suziladi (filtrlanadi). Ishlov berilgan filtral suyuqlik suzish ochiq turkumdagi romli filtr- presslarda amalga oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-presslarga mahsulotni qo‗lda solishda ishchilar, tarkibida antibiotiklari bo‗lgan kultural suyuqlik bilan aloqada bo‗lishi mumkin. Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi ajratish va kimyoviy tozalash hisoblanadi. Mazkur bosqichda antibiotikli eritmani konsentrlash va tozalash shunday bo‗lguncha olib boriladiki, toki undan tayyor dori preparatini olish mumkin bo‗lsin. Nativ eritmada antibiotiklarning miqdori juda kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor dori shakliga keltirish - juda murakkab va ko‗p mehnat talab qiladigan jarayondir. 180 Masalan, 1 kg antibiotik olish uchun 600 litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta ishlash kerak bo‗ladi. Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‗tkazishda quyidagi usullardan birini qo‗llash mumkin: 1) turli eritmalardan, foydalanish bilan ekstraksiya qilish usuli; 2) cho‗ktirish usuli; 3) ion almashtirish usuli. Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli keng qo‗llanishga egadir. Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion almashtirish usulidan boshqa turdagi dori preparatlarini olishda ham foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy ustunligi shundan iboratki, bunda zaxarli va portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman xojat qolmaydi: usul iqtisod tomonidan ham foydali, chunki uning texnologiyasi oddiy va qimmatbaho jihozlar va xom-ashyolarni talab qilmaydi. Nativli eritmadan antibiotiklarni ekstraksiya qilish ekstraktor-separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi ekstraktorlarga mahsulotni qo‗lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar bilan ifloslanishi mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab chiqarishda izooktanol moddasi bilan havo muhiti ifloslanishi mumkin. Antibiotiklarni ajratish va kimyoviy tozalash jarayonida qo‗llanilayotgan jihozlarning yaxshi takomillashtirilmaganligi tufayli havo muhitiga eritmalardan tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovil kislotasi, butil va etil spirtlari, butilatsetat va b.q tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, nativ eritma sulfokationit SBS-3 solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan qochuvchi nasoslar yordamida uzatiladi. Ion almashinishi natijasida antibiotik ionitlarga sorbsiyalanadi, so‗ngra uni ammiak-boratli bufer eritmada desorbsiya qilinadi. Bu usul cho‗ktirish va ekstraksiya qilish usuliga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. Cho‗kmalar bilan ishlashda qo‗l mehnatini talab qilmaydi, bu shu o‗rinda ishchilarni konsentirlangan eritmalar va cho‗kmalar va antibiotik qoldiqlari bilan bo‗ladigan aloqaga chek qo‗yadi. Bundan tashqari bu usulda zaxarli organik eritmalardan foydalanilmaydi. Kimyoviy tozalash jarayonida olingan pastasimon mahsulot, keyinchalik quritiladi va elashdan o‗tkaziladi. 181 Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi quritish jarayoni juda muhim rol o‗ynaydi, chunki uni to‗g‗ri tashkil qilish ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini belgilaydi. Kristall holida olinadigan va ma‘lum namlikka ega bo‗ladigan termostabil antibiotiklar vakuumli quritish shkaflarida quritiladi. Kimyoviy tozalashdan keyin suvli konsentratlar ko‗rinishida olinadigan antibiotiklar bug‗lantiruvchi-quritish agregatlar va vakuum-sublimatsiyali quritgichlarda quritishga duchor qilinadi. Quritish bo‗limida mahsulotlarni shkaflarga solish va chiqarishda qo‗l mexnatining ishlatilishi, bu bo‗limdagi texnologik jarayonning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu operatsiyalarni bajarish, hamda kukunsimon dori massasini aralashtirish va quritish agregatlarining, ish tartibini nazorat qilish, ishchilarni antibiotik changlari bilan aloqada bo‗lishi mumkinligidan dalolat beradi. Quritish shkaflarining etarlicha germetik yopilmaganligi ishlab chiqarish xonalari havosiga ayrim zaxarli moddalarning chiqarilishiga yordam beradi va bu moddalarning qoldiq konsentratsiyalari antibiotiklar tarkibida ham bo‗lishi mumkin. Masalan, tayyor holdagi xlortetratsiklin tarkibida metanol qoldig‗i, tetrotsiklinda - izooktil spirti, xlorgidratli tetratsiklin va oksitetratsiklin- p- butanol va xlorid kislota qoldig‗ini uchratish mumkin. Steril holda quritilgan antibiotiklarni sterillangan shisha idishlariga (flakon) qadoqlanadi. Flakonlarlardagi quruq antibiotiklarni dozalash, tiqinlab berkitish, berkitish va pishitish avtomatlarda bajariladi. Ayrim hollarda bu maqsadda «texnolog» yarim avtomatlanishi mumkin. Bunda faqat flakonlarni antibiotiklar bilan to‗ldirishgina avtomatlashtirilgan, qolgan barcha operatsiyalar qo‗lda bajariladi, shuning uchun bunday sharoitda ishlab chiqarish xonalarining havosi antibiotiklar changi bilan ifloslanishi mumkin. Bir vaqtning o‗zida bir necha turdagi antibiotiklarni qadoqlash vaziyatida ishchilar bu mahsulotlarning kombinatsiyalashgan ta‘siriga uchrashi mumkin. Ichish maqsadlari uchun antibiotiklarni tabletka yoki draje shaklida chiqariladi. Antibiotiklarni tabletkalash jarayoni quyidagilardan iborat: antibiotik tarkibiga kiruvchi hamma komponentlar – to‗ldiruvchilar (shakar tolqoni, kalsiy stearat, talk) aralashtirgichga solinadi, aralashtiriladi va shakarli qiyom, jelatina, xlorid kislota va etil spirti aralashmasi bilan namlantiriladi. So‗ngra hosil bo‗lgan massa 182 granula holiga o‗tkaziladi va quritishga yo‗naltiriladi. Quritish, odatda kaloriferli quritgichlarda amalga oshiriladi. Granulalar quritilgandan so‗ng, sochiluvchanlik xossasini oshirish uchun talk, kalsiy stearat va kraxmal aralashmasi talqoni bilan ishlovdan o‗tkaziladi, keyin rotatsion tabletkalash mashinalarida jipslashtiriladi va konvalyutalarga joylanadi, gigiena nuqtai-nazaridan tabletkalash jarayoni bo‗linib tutuvchanligi, germetiklikning etarlicha emasligi va qo‗lda bajariladigan operatsiyalarning ko‗pligi bilan ta‘riflanadi. Shu sabablar bilan antibiotik changlari amalda tabletkalash jarayonining barcha bosqichlarida ishchi zona havosiga tushishi mumkin. Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti havo muhitiga yuqori dispersli antibiotik changlari, texnologik jarayonda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning bug‗ va gazlar va ortiqcha haroratning chiqarilishi bilan ta‘riflanadi. Fermentatsiyalash bosqichida ishchilar xonalar va jixozlarni sterilizatsiya qilishda qo‗llanadigan fenol va formaldegid hamda produtsent changlari ta‘siriga duchor bo‗lishlari mumkin. Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish va filtrlash bosqichlarida ishchilar shovil va sirka kislotasi bug‗lari bilan aloqada bo‗ladilar, qo‗lda bajariladigan operatsiyalar ko‗pincha badan terisi va maxsus kiyimlarni kultural suyuqlik va antibiotiklarning - nativ eritmalari bilan ifloslanishiga olib keladi. Antibiotiklarni ekstraksiyalash va cho‗ktirish usullari yordamida ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‗tkazish jarayonlarida ishchilar organizmi bu bosqichda qo‗llanadigan butil, izopropil va metil spirtlari, butilatsetat, shovil, sirka, sulfat va xlorid kislotalari ta‘siriga uchrashi mumkin. Bu moddalarning ishchi havosidagi konsentratsiyasi ayrim hollarda ruxsat etiladigan miqdorlardan ortib ketishi mumkin. Zararli moddalar bilan ishchi zonasi havosining ifloslanishiga sababchi bo‗ladigan jarayonlar apparatlarni nogermetikligi, qo‗l operatsiyalarining mavjudligi, shamollatish tizimlarining past samarador ishlashi hisoblanadi. Tekshirishlarning ko‗rsatishicha, yakuniy bosqichda antibiotiklarni quritish, elash, tabletkalash, qadoqdash va idishlarga joylashda atrof muxit tayyor mahsulotning kichik dispersli changlari bilan ifloslanishi bilan kuzatiladi. Bundan 183 tashqari, tayyorlov sexlari, quritish, fermentatsiyalash bo‗limlarining ishchilari kimyoviy omildan tashqari, bir vaqtning o‗zida teploizolyasiyasi etarlicha puxta bo‗lmagan inokulyatorlar, fermentyorlar, quritish agregatlari, hamda kommunikatsion tarmoqlarining yuzasidan ortiqcha issiqlik ta‘siriga duchor bo‗ladilar. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling