Nuraliyeva xafiza otaevna
TABLETKALAR TAYYORLASHDA MEHNAT
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
7.4. TABLETKALAR TAYYORLASHDA MEHNAT
SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI. Tabletkalar - tayyor dorivor preparatlarning presslangan kukunlari yoki aralashmalaridan iborat qat‘iy dozalangan dorivor shakldir. Tayyorlash usuliga ko‗ra tabletkalar presslangan va trituratsion turlarga bo‗linadi. Presslangan tabletkalar eng keng tarqalgan. Tabletka tarkibiga dorivor moddadan tashqari yordamchi birikmalar ham kiradi, ular belgilanishiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi: - aralashtirmalar, ular tabletkaga zaruriy massa hosil qilish maqsadida quyiladi (kraxmal, sutli qand, lavlagi qandi, glyukoza, magniy oksidi kaolin, sorbit va boshqalar); - parchalovchilar - oshqozon yoki ichakda tabletkaning mexanik bo‗linishini ta‘minlovchi birikmalar. Ularga shishish (agar-agar, jelatin va boshqalar) yoki gaz hosil qilish (limonli yoki vino-tosh kislotali natriy nitrokarbonat) hisobiga tabletkani parchalovchi yoki namlanishni yaxshilovchi (kraxmal, tvinlar, spenlar va boshqalar) moddalarning uch guruhi kiradi; - sirg‗anuvchi yoki moylovchi moddalar, ular tabletkaga uning sirg‗anishini yaxshilash uchun qo‗shiladi (kraxmal, talk, parafin, stearin kislotasi, alyuminiy silikati va boshqalar); - granula va tabletkalarni mustaxkamligini oshirish uchun foydalaniladigan bog‗lovchi yoki elimlovchi moddalar (glyukoza, sellilyuza, algin kislotasi va boshqalar). 172 Tabletkalarning tayyorlash uchta asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini o‗z ichiga oladi, bular: aralashtirish, granulalash (donalash) va presslash (tabletkalash). Tabletkalashga mo‗ljallangan dorivor moddalar farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasiga etkazib berilib, omborda standart o‗ramda standartlanadi. Zaruratga ko‗ra ular tabletkalash sexiga kelib tushadi. So‗ngra dorivor va yordamchi birikmalarini quritish, maydalash, elakdan o‗tkazishdan iborat materialning tayyorlanishi amalga oshiriladi. Bu bosqichda ishlovchilarga turli xil moddalar changi ta‘sir qiladi, bunda nafas organlari orqali organizmga bir vaqtning o‗zida bir nechta moddalarning changi kirishi mumkin. Ingridientlarni aralashtirish dorivor moddalar reglamentiga ko‗ra aralashtiriladigan aralashtirgichlarda amalga oshiriladi, so‗ngra keyinchalik granulalash uchun zarur bo‗lgan elimlovchi modda bilan boshqa idishda namlanadi. Granulalash - kukunga o‗xshash materialni ma‘lum hajmdagi donalarga aylantirish. U tabletkalanayotgan aralashmaning qumoqligini yaxshilash va uning qatlamlanib qolishining oldini olish uchun amalga oshiriladi. Granulalashning har xil turlari mavjud: tuyish, bosish va tarkibiy granulalash. Granulalash mahsus granulyator apparatlarida amalga oshiriladi. Ko‗pincha ho‗l granulalashdan foydalaniladi, bundan so‗ng granulalar quritilishi zarur. U quritish javonlarida 30-40°S haroratda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda infraqizil nurlar, yuqori chastotali toklar va boshqalar yordamida quritishning turli usullaridan foydalanilmoqda. Sifatli presslashni ta‘minlash uchun olingan granulyatni maxsus upalovchi apparatda talk, kraxmal, tvin va boshqa sirpanuvchi moddalar bilan upalaydilar. So‗ngra tabletkalash mashinalarida presslash (tabletkalash) amalga oshiriladi. Tabletkalarni olish jarayoni materialni dozalash, presslash va tabletkani matritsadan chiqarish xamda uni qabul qiluvchiga tashlashdan iborat. Tabletkalash mashinasining asosiy detallari matritsalar (tabletka uchun silindrli teshiklarga ega po‗lat disk) va puansonlar (presslanadigan massani matritsaga chiqarish uchun xromlangan po‗latdan sterjenlar) hisoblanadi. Tabletkalash mashinalari avtomatik 173 ravishda ishlaydi. Trituratsion tabletkalarni presslanganlaridai farqli ravishda namlangan dorivor massani maxsus shaklga ishqalash, keyin uni puanson porshenlar yordamida chiqarish va 40 0 ga yaqin haroratda quritish yo‗li bilan oladilar. Bu operatsiyalar maxsus mashinada amalga oshiriladi. Nitroglitserin tabletkalari shu usulda tayyorlanadi. Bu usul boshqa preparatlar uchun xam ishlatiladi. Tabletkalash sexidagi ishning barcha bosqichlarida ishlovchilarga turli dorivor va yordamchi moddalar changi ta‘sir ko‗rsatadi. Bu tabletkalash sexining asosiy ishlab chiqarish zararidir. Aralashtirish, granulalash, granulyatni quritish va uni upalash chog‗ida eng katta chang konsentratsiyasi hosil bo‗ladi. Tabletkalash sexining o‗ziga xos jixati havoda aralash changning mavjudligi bo‗lib, bu o‗ta xavflidir, chunki bu changning ayrim komponentlari aralashgan aerozolining umumiy biologik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Quritish bo‗limidagi yuqori harorat sababli havoga eng ko‗p chang ajralib chiqadi. Quritilgan mayda dispers chang havoda uzoq turadi. Ishlayotgan tabletkalash mashinalarining tinimsiz shovqini va yuqori harorat xam muxitning noqulay ishlab chiqarish omillari hisoblanib, dorivor chang bilan birgalikda bu ta‘sir yanada kuchayadi. Shu tariqa quritish bo‗limida ishlovchilar kimyoviy va fizikaviy omillarni kompleks ta‘sirini his etadilar. Tabletkalash sexida ishlab chiqarish zararlari ta‘sirining oldini olish maqsadida asosiy va yordamchi jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, oqilona ishlaydigan maxalliy mexanik tortish havo almashinuv tuzilmasini o‗rnatish zarur. Tortqich eng ko‗p chang yuzaga keladigan joylarda va avvalo aralashtirgichlar, granulyatorlar, upalovchilar, kukunlash apparatlari, tabletkalash mashinalari oldida o‗rnatilishi kerak. Uskunalarning iloji boricha to‗liq germetizatsiyalanishiga katta e‘tibor berish zarur. Sochma moddalarni ortish, tushirish va tashish jarayonlarni mexanizatsiyalanish lozim. Quritish, presslash, granulalash va boshqa bo‗limlarda maxalliy tortma havo almashinuv tuzilmasidan tashqari umumiy almashtiruvchi oqimli tortish havo almashinuv tuzilmasini o‗rnatilishi shart. Shovqin bilan kurashish uchun tabletkalash mashinalarining 174 ishini takomillashtirish, xonalarni shovqin yutuvchi panellar bilan jihozlash, mashina bo‗limini sexning eng uzoq qismidagi alohida xonada joylashtirish zarur. Ishlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish maqsadida tabletkalash mashinalari tegishli chegaralarga ega bo‗lishi, ishlovchilar esa xavfsizlik texnikasi bo‗yicha doimiy ko‘rsatmalardan o‗tishi shart. Bundan tashqari, ular shahsiy himoya vositalari (maxsus kiyim-bosh, himoya qo‗lqoplari, «Lepestok», ShB-1, «Astra» turidagi changga qarshi respiratorlar va boshqalar), davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta‘minlangan bo‗lishlari shart. Barcha ishichilar ishga kirishi chog‗ida dastlabki, keyinchalik davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tishlari kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling