Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Nazorat savollari
1. Radiatsion gigiyenaning rivojlanish tarixi. 2. Radiaktivlik hodisasiga ta‘rif. 3. Ionlantiruvchi nurlarning biologik ta‘siri. 4. Ionlantiruvchi nurlar ta‘sir qiluvchi kritik organlar. 5. Ochiq nurlanish sabablari. 6. Ionlantiruvchi nurlarning REKsi va o‗lchov birliklari. 7. Ionlantiruvchi nurlardan saqlanish choralari. 8. Dozimetrik nazorat. 9. Radiatsion xolatni aniqlovchi usullari va asboblari. 165 VII BOB. GALEN VA NEOGALEN PREPARATLARINI ISHLAB CHIQARISHDA MEHNAT GIGIYENASI 7.1. TO‘G‘RI (YAXSHI) ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI QOIDALARI (GOOD MANUFACTURING PRACTICE) Farmatsevtika sohasini rivojlanitirishni yaxshi yo‗lga qo‗yish uchun Evropa mamlakatlarida ―Evropa birlashmasida dori-darmonlarni bir maromda ushlab turilishi‖ bo‗yicha qoida ishlab chiqilgan. Bu qoida asosan ishlab chiqarish jarayonida kam hatoga yo‗l qo‗yilishini va tayyor mahsulotning sifatini aniqlaydi. Asosan ikki turdagi hatoliklar ko‗p uchraydi: 1. Kesib o‗tilgan kontiminatsiya. 2. Aralashib, yoki adashib ketilgan tayyor mahsulot. Hatolikni oldini olish yo„llari: 1. Talab etilgan tayyor mahsulotni tayyorlanish va tasdiqlash jarayonida nazorat qilishning aniq reglamentini berish. 2. Har bir bosqichda taftish o‗tkazish: ―tayyor mahsulot sifatining o‗zgarishiga ta‘sir etishi‖ 3. Ishlab chiqarish quyidagi sharoitlarda: yopiq inshootlarda, jihozlar, xizmatlar, ta‘minot, qadoqlanuvchi va nomlanuvchi materiallar bilan ta‘minlanishi hamda tashish va etkazib berish kafolatlanishi shart. 4. Har bir tayyor mahsulotda ishlatish tartibi va reglamenti yozilishi shart. 5. Texnologik jarayonni olib boruvchi shaxs malakasini oshirishi shart. 6. Mahsulot xar bir bosqichda tekshirilib, tayyor bo‗lgandan keyin sifati va soni talabga javob berishi lozim. 7. Mahsulot ishlab chiqarilishi va saqlanish jarayonini qayd etib boriladigan xujjatlar, realizatsiya qilinadigan mahsulotlarni joyiga shikastsiz etkazib borilishini qayd qiluvchi xujjatlar saqlanishi shart. 8. Dori – darmonlar sotilgan yoki etkazib berilgan taqdirda sifati buzilmaganligini nazorat qilishshart. Tizimda ishtirok etish uchun mamlakatda uchta sharoit bo„lishi kerak: 1. Dori vositalarini Davlat ro‗yxatidan o‗tkazish idorasi va tizimining mavjudligi. 166 2. Vakolatli idoralar tomonidan farmatsevtika korxonalarini muntazam ravishda inspeksiyadan o‗tkazish. 3. Amaldagi korxonalarning - Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (Good Manufacturing Practice) qoidalaritalablariga mos kelishi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling