Nuraliyeva xafiza otaevna


 IONLOVCHI NURLANISHNI BIOLOGIK TA’SIRINING ASOSIY


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

6.3. IONLOVCHI NURLANISHNI BIOLOGIK TA’SIRINING ASOSIY 
QONUNIYATLARI. 
Nurlanishning organizmga biologik ta‘sir samarasi, nurlanish energiyasining 
yutilgan qiymatiga, uning ko‗rinishiga, nurlanish turiga (tashqi, ichki) hamda 
organlarning 
qay 
darajada 
radiosezgirligiga 
bog‗liqdir. 
Ionlantiruvchi 
nurlanishlarni 3 guruhga bo‗lish mumkin: 
1. Somatik-o‗tkir va surunkali nurlanish kasalligi, mahalliy jarohatlar (kuyish, 
katarakta) 
2. Somato-stoxastik-umr ko‗rish muddatining qisqarishi, leykozlar, xavfli 
o‗sma kasalliklari 
3. Genetik-genga doir mutatsiyalar va xromosomli aberratsiyalar-bu holatlar 
nurlanishga uchragan shaxslarning naslida kuzatiladigan oqibatlardir. 
Tirik to‗qimaning nurlanishi natijasida, xuddi boshqa muhitlardagi kabi, 
energiya yutiladi va to‗qimalarning qo‗zg‗alishi va nurlangan modda atomlarining 
ionlashuvi kuzatiladi. Odam organizmining asosiy qismini suv tashkil etganligi 
uchun, birinchi navbatda xujayradagi suvlar nurlarni o‗ziga biriktirib oladi, 
oqibatda suv molekulasi ionlashib kimyoviy nuqtai-nazardan yuqori aktivlikka ega 
bo‗lgan ON
-
va N
+
turkumidagi ozod radikallarni hosil qiladi. Keyinchalik esa bu 
birikmalar zanjirli katalitik reaksiyalarga kirishadi (bu radikallar asosan hujayra 
oqsillarini oksidlaydi). Bu esa suvning radiolizlanish mahsulotlari orqali qiyosiy 
(bilvosita) ta‘siri demakdir. Ionlantiruvchi nurlarning bevosita ta‘siri oqsil 
molekulalarini parchalanishini yuzaga keltirib, juda ham mustahkam bo‗lmagan 
oqsil bog‗larini uzib yuborishi, oqsil radikallarini uzilib chiqishi va boshqa 
denaturatsion o‗zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. 


156 
Keyinchalik birinchi jarayonda hosil bo‗lgan mahsulotlar ta‘sirida 
hujayralarda hayotning biologik qonuniga bo‗ysunuvchi funksional o‗zgarishlar 
sodir bo‗ladi va hujayra yoki to‗qima o‗ladi. 
Hujayralardagi eng muhim o‗zgarishlar: 
A) hujayraning bo‗linish mexanizmi va nurlangan hujayraning xromosom 
apparatining shikastlanishi 
B) hujayraning qayta tiklanishi va tabaqalanishi jarayonlarini to‗sib qo‗yadi 
V) hujayradagi proliferatsiya jarayonini bog‗laydi va keyinchalik to‗qimaning 
fiziologik regeneratsiyasini izdan chiqaradi. 
Ionlantiruvchi nurlanishlarning ta‘siridan yuzaga keladigan shikastlanish va 
uning samarasi eng avval nurlarning dozasiga va bu nurlarning organizmga ta‘sir 
etish samarasi yiliga 0,5 3v (50 ber yil
-1
) va undan ortiq dozada ta‘siri surunkali 
ravishda kuzatiladigan bo‗lsa u holda ionlantiruvchi nurlarning surunkali ta‘sirida 
har qanday dozada bo‗lsa ham ularning stoxastik ta‘sirini kutish mumkin. 
Ionlantiruvchi nurlar ta‘siriga barcha organizmlarning sezuvchanligi bir xilda emas 
shuning uchun xozirgi kungacha “kritik organlar” degan tushuncha organlarning 
shu xususiyatlarini ta‘riflab beradi. Eng yuqori darajadagi radiosezgir organlar 
qatoriga hujayrasi doimiy ravishda yangilanib turuvchi qizil suyak ko‗migi, jinsiy 
organlar, taloqni kiritish mumkin. Radiosezgirlik bo‗yicha ikkinchi o‗rinda 
mushaklar, qalqonsimon bez, yog‗ to‗qimasi, jigar, buyrak, o‗pka, oshqozon-ichak 
yo‗li, ko‗z gavhari turadi. Eng kam radiosezuvchanlik badan terisi, suyak 
to‗qimasi, qo‗l panjalari, barmoqlar, to‗piq, tovon kabi a‘zolarga xosdir. 
Organlarning turlicha radiosezuvchanligi nurlanish dozalarini gigiyenik 
me‘yorlashtirishda inobatga olinadi. 
Ionlantiruvchi nur manbalarida ishlovchilar va aholini ―Radiatsion havfsizlik 
me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari ‖O‗zR SSV 
tomonidan 05.01.2006 da buyrug‘i bilan tasdiqdan o‗tgan. 
Bu 
me‘yorlarning asosida qilib Radiatsion Havfsizlik Xalqaro 
Komissiyasining tavsiyalari, RXM (Radiatsion Xavfsizlik Me‘yorlari) 76/87ning 
ayrim Nizomlari hamda Radiatsion Havfsizlik Me‘yorlari ionlantiruvchi 


157 
nurlarning zararli nur manbalaridan foydalanish va qo‗llashdagi xavfsizlik 
qoidalarini hamda radiatsion-yadroli ob‘ektlarning atrof muhitga zararli ta‘siridan 
muxofaza qilish masalalarining aniqlab beradi. Sanitariya Qoidalari va Radiatsion 
xavfsizlik me‘yorlari (SQRXM) ning bajarilishini nazorat qilish Sanitariya 
epidemiologiya xizmati radiologik bo‗limlari zimmasiga yuklash va uni bajarish 
uchun doir yuklama (nagruzka) ni pasaytirishga qaratilgan nazorat qiluvchi
tadbirlar majmuasidan iboratdir. Bu tadbirlar Sanitariya dozimetrik nazorat deb 
nom olgan. Sanitariya nazorati quyidagi vazifalarni o‗z ichiga oladi: 
1. 
Radiologik 
ob‘ektlarni qurish va eskilarini qayta qurishdagi 
ogohlantiruvchi sanitariya nazorati. 
2. Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanadigan va ishlab turgan 
radiologik ob‘ektlarni qayd qilish. 
3. Turli toifadagi aholining nurlanish dozalarini o‗lchash va baholash. 
4. Tabiiy va texnogen radioaktiv moddalarni sanoatda, turar joy binolarida va 
atrof muhitdagi miqdorini nazorat qilib borish. 
5. Vaqtinchalik ruxsat etsa bo‗ladigan darajalarni o‗rnatish va radiatsion 
avariya sodir bo‗lgan holatlarda radionuklidlarning amaldagi miqdorlarini 
aniqlash. 
6. Radioaktiv moddalarni saqlash va tashish sharoitlarini nazorat qilish 
7. Kasbiy nurlanish oluvchi shaxslarning soni va ularni davriy tibbiy 
ko‗riklardan o‗tkazilishini nazorat qilish. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling