Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

 
Nazorat savollari 
1. Tabiiy havo almashinuviga gigiyenik baho va uning ahamiyati. 
2. Sun‘iy havo almashinuviga gigiyenik baho va uning ahamiyati. 
3. Joylarda havo almashtirish asboblari, tizimlari, ularning ahamiyati. 
4. Aeratsiya nima, uning kamchiligini ko‗rsating? 
5. Havoning takroriy almashinish sonini aniqlash. 
6. Almashinadigan havo miqdorini tarkibidagi uglerod oksid miqdoriga qarab 
hisoblash. 
7. Ventilyasion sistemaning effektiv ishlashini baholash. 
8. Havo almashinuvi turlariga tarif bering. 
9. Yorug‗lik koeffitsienti deb nimaga aytiladi va me‘yorlari? 
10. Tabiiy yorug‗lik koeffitsienti nima? 


150 
11. Yorug‗lik tushish burchagi va uning me‘yori. 
12. Yorug‗likni o‗lchash uchun ishlatiladigan asbob. 
13. Xonalar tabiiy yoritilishi qanday omillarga bog‗liq. 
14. Sun‘iy yoritilishni baxolash usullari. 
15. Xona havosining mikroblar bilan ifloslanish manbalari 
16. Xona havosining mikroblar bilan ifloslanishini o‗rganish usullari 
 


151 
VI BOB. RADIATSION GIGIYENA 
6.1. RADIATSIYA TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA 
Radiatsion gigiyena- bu ionlovchi nurlanishni inson organizmiga salbiy 
ta‘sirini shart-sharoitlarini o‗rganadigan va ionlovchi nurlarni organizmga salbiy 
ta‘sirini bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan fan 
hisoblanadi. 
Radiatsion gigiyenaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-xalq xo‗jaligi sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nurlanish manbalari turlari 
va qo‗llash sharoitlari bilan tanishish; 
-nurlanishni turiga, dozasiga, nurlanish vaqtiga va boshqa radiologik 
tomonlariga bog‗liq bo‗lgan nurlanishni salbiy ta‘sirlarini aniqlash; 
-radiatsion nurlanishdan himoya qilishni sanitariya me‘yor va qoidalarini 
ishlab chiqish; 
-amaliy faoliyat yuritayotgan ishchilar o‗rtasida radiatsion xavfsizlik, uni 
sanitariya me‘yorlari va qoidalarini tatbiq qilish. 
Radiaktivlikni ochilish tarixi 
Nemis fiziki Vilgelm Kondrad Rentgen 1895 yil 8 noyabrda o‗zining 
laboratoriyasida qorong‗ida bariyning ko‗kimtir platinali kristallariga yaqin joyda 
ko‗kimtir nur taralayotganini topadi. Olimning aniqlashicha, bu katodga oid nur 
tarqatadigan kruksovoy trubka yaqinida joylashgan elektr toki bilan bog‗liq edi. 
Necha marta tokka ulanilgan bo‗lsa, shuncha marta yorug‗lik sezildi, lekin katod 
nurlari ko‗rinmas nurlar bo‗lganligi uchun bu yorug‗lik yangi ma‘lum bo‗lmagan 
nur bo‗lishi mumkin edi. Rentgen bu nurlarni X-nurlari deb nomladi. Germaniya 
olimlari buyuk kashfiyot oldida hayajonda qoldilar va bu nurlarni rentgen nurlari 
deb atashni taklif qildilar. Bu nurlarni o‗ziga xos xususiyatlari shundan iborat 
ediki, bu nurlar o‗ralgan qora qog‗oz, insonni yumshoq to‗qimalari va hamma 
predmetlar orqali o‗tar edi. V. K Rentgen bu kashfiyoti uchun 1901 yilda nobel 
mukofotiga sazovor bo‗ldi. 1896 yilda fransuz olimi Anri Bekkerl bir necha kun 
oldin uran rudasi bo‗lagi bilan tasodifan bir joyda yotgan fotoplastinkani olib 


152 
keladi. Bu plastinka olib kelinganiga qadar kassetada bo‗lishiga qaramay kuygan 
edi. 
Radiaktivlik bu ba‘zi bir kimyoviy elementlarning yadrolarini ixtiyoriy 
ravishda parchalanishi oqibatida atrof muhitga turli nurlanishlarning tarqalishidir. 
Bu nurlanishni tashqi muxit bilan o‗zaro ta‘siri har xil belgili ionlarni hosil 
bo‗lishiga olib keladi va shunga bog‗liq holda bu nurlar ionlovchi nurlar deb 
aytiladi. 
Ionlovchi radiatsiya–bu shunday radiatsiyaki o‗zaro ta‘sir qiluvchi atomlarni 
ionlashga etarli bo‗ladigan energiyaga ega bo‗ladi. 
Ionlantiruvchi nurlar: alfa, beta, gamma, neytron, rentgen nurlari. 
Alfa nurlari- 2ta proton va 2ta neytronlardan mustaxkam tuzilgan, bu musbat 
ta‘sirlangan zarrachalar. Og‗ir atomlarning parchalanishi (masalan; uran, radiy, 
toriy) natijasida tabiatda xosil bo‗ladi. Havoda alfa nurlari 5sm gacha, qog‗ozda 
to‗liq ushlanib qoladi. Organizmga xavo orqali nafas yo‗llariga , oziq ovqatlar 
orqali ichak sistemasiga kirishi juda xavfli xisoblanadi 
Beta nurlari- elektronlar bo‗lib, alfa nurlaridan xam mayda va organizmga 
chuqurrok, bir necha santimetr kirishi mumkin. Yupqa temir to‗siq, oyna, kiyimlar 
bilan undan himoyalanish mumkin. Ochiq joylarga kirishi natijasida kuchli 
kuydiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. 
1986 yili Chernobil avariyasida ko‗pgina odamlar orasida kuyish kuzatilgan. 
Ichki a‘zolarga kirib, ularni nurlantiradi. 
Gamma nurlar-fatonlar, energiya tarqatuvchi elektromagnit to‗lqinlardir. 
Havoda tarqalashida o‗z energiyasini yo‗kotadi. Beto‗xtov ta‘siri faqat terini emas, 
balki ichki a‘zolarni xam zararlaydi. Qattiq va og‗ir materiallar,temir, qo‗rg‗oshin 
to‗siqlari himoya qila oladi. 
Rentgen nurlari - gamma nurlariga juda o‗xshash, sun‘iy rentgen trubkalari 
orqali hosil qilinadi, rentgen trubkalari elektr energiya orqali ishlagani uchun bu 
nurlarni yoqish va o‗chirish mumkin. 


153 
Neytron nurlari- atom yadrosining parchalanishi orqali paydo bo‗lib, kuchli 
kira olish xususiyatiga ega. Neytronlarni suv, parafin va beton to‗siq bilan ushlab 
qolinadi. Yadroli reaktorlardan tashqari neytronlarni sanoatda ishlatilmaydi. 
Rentgen va gamma nurlarga nisbatan qattiq, yumshoq formalar ishlatiladi. 
Bu ularning energiya xarakteriga va nurlantirishiga bog‗liq. 
Yuqorida qayd qilingan nurlar kashf qilinganidan keyin bu nurlarni odam 
organizmiga salbiy ta‘sir qilishini shu sahoda ishlaydigan ko‗pgina olimlar 
o‗zlarini qo‗l terisini nurlantirib ko‗radilar. Ionlovchi nur manbalari bilan ishlovchi 
va tajriba o‗tkazuvchi bir qancha olim va vrachlar nurlanish qurbonlari bo‗ldilar. 
D.F.Reshetilo 1906 yilda yozgan monografiyasida ionlovchi nurlanish 
manbalari bilan ishlaganda albatta ko‗z va terini himoya qilish kerakligi 
to‗g‗risida yozadi. 
Ionlovchi nurlardan alfa, beta, gamma nurlar radioaktiv moddalarning
parchalanishidan hosil bo‗ladi. Qolganlari: aksariyat suniy ravishda hosil qilinadi
yoki kosmik nurlar tarkibiga kiradi. 
Ionlantiruvchi nurlarning manbalari (INM). IN manbalari ikki guruhga 
bo‗linadi: tabiiy va sun‘iy manbalar. Tabiiy muhitda uchraydigan IN manbalariga 
tabiiy radiaktiv moddalar, kosmik nurlar kiradi. Sun‘iy manbalar: sun‘iy radiaktiv 
moddalar, rentgen trubkalari, zaryadli zarrachalarni tezlatgichlar – betatronlar, 
siklotronlar, chiziqli tezlatgichlar, sinxrofazatronlar, mikrotronlar, yadro 
reaktorlari, yadro energetik va texnologik qurilmalari. 
INlarning sun‟iy manbalari. Rentgen apparatlari. Qo‗llanish maqsadiga 
qarab ikki xil – diagnostik va terapevtik uskunalar tafovutlanadi. Ularda nur 
manbasi – rentgen trubkasidir. Diagnostik va terapevtik rentgen trubkalari 
tuzilishining prinsipial farqi yo‗q. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling