Nuraliyeva xafiza otaevna
IONLOVCHI NURLANISH MANBALARIDAN
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
6.4. IONLOVCHI NURLANISH MANBALARIDAN
FOYDALANGANDA SANITARIYA-DOZIMETRIK NAZORATI Ionlovchi nurlarni yuqori biologik faollikka ega bo‗lishiga qaramay bir qancha vaziyatlarda tibbiyot tufayli ionlovchi nur manbalarini inson faoliyatining har qanday sohalarida qo‗llanilishi ko‗paymoqda va haqiqatda ham ionlovchi nurlanish bilan kontaktda bo‗lish muhim kasbiy omil bo‗lib qolgan shaxslar soni ko‗paymoqda. Ionlovchi nurlanish manbalari bilan aholini kontakti ehtimoli va darajasini hisobga olib barcha aholi 2 kategoriyaga bo‗linadi. 158 A-kategoriya - ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‗luvchi xodimlar. B-kategoriya - aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish manbalari bilan kasb tufayli bog‗liq emas, lekin uni ta‘sir qilish sohasida bo‗ladigan aholi. Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash yo‗nalishlarining ko‗payishi halq xo‗jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda nazorat olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham nazorat olib borish kerakligini bildiradi. Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi: - radiologik ob‘ektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi sanitariya nazorati olib borish; - qo‗llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan radiologik ob‘ektlarni qayd qilish; - har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‗lchash va baholash; - tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish; - radiatsion avariyalar sodir bo‗lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‗rnatish; - radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‗lgan nazorat; - kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‗rik vaqtini nazorat qilish. Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan radiatsion havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi: -ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha faoliyat agar u ishdan foydadan ko‗ra zarari ko‗p bo‗ladigan bo‗lsa bajarilmasligi kerak; -iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‗lishi kerak; 159 -ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak.Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda gigiyenik sharoitlarni belgilab beruvchi asosiy hujjat ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.01.2006 da buyrug‘i hisoblanadi. Inson faoliyatining turli sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‗linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari Yopiq manbalar-bu ionlovchi nur manbalarini shunday turiki-bunda ishchi ishlash jarayonida nurlanish olishi mumkin, lekin radiaktiv birikmalar me‘yordagi ekspluatatsiya sharoitlarida organizmga tushishi mumkin emas. Bunday ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‗linadi: a) doimiy ta‘sirli nur manbalari hisoblangan izotop manbalar b) nurlanish generatorlari-izotop bo‗lmagan manbalar Doimiy ta‘sirli yopiq ionlovchi nur manbalari-bu radiaktiv birikmalarni oldindan ko‗rilgan ekspluatatsiya sharoitida tashqi muhitga tushishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Bunday manbalarga beta, neytron nurlari, har xil vazifadagi gamma- uskunalar kiradi. Nur generatorlari-bu nurlarni davriy ravishda generatsiya qiladigan manbalar. Bularga rentgen apparatlari va zaryadlangan zarrachalarni tezlatuvchilari kiradi. Yopiq manbalar bilan ishlaydigan ishchilar me‘yordagi ekspluatatsiya sharoitida faqat tashqi nurlanishga uchraydilar. Aniqlanishicha izotop manbalaridan foydalanganda personal oladigan tashqi nurlanish dozasi manba aktivligi, ular bilan ishlash vaqti, gamma doimiy izotopga proporsional bo‗ladi va masofa kvadratiga va nurni ekran bilan susaytirish karraligiga teskari proporsional bo‗ladi. D=(Q x k λ x t):(KxR 2 ) Bu erda: D-nurlanish dozasi R Q-manba faolligi, m Ki 160 K-manbaning gamma-doimiyligi T-manba bilan ishlash vaqti, saot R-manbadan ishchigacha bo‗lgan masofa, sm Haqiqatdan ham tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun quyidagi 4 ta prinsipga asoslangan holda himoya ta‘minlangan bo‗lishi kerak: - miqdor bilan himoyalanish-ishni ish joyida eng kichik faollik bilan olib borish. Bu prinsip chegaralangan qo‗llanishga ega, demak uni qo‗llanilish ko‗pincha texnologiyani o‗zgartirish zarrurati yoki ish vaqtini uzaytirish bilan bog‗liq bo‗ladi; - vaqt bilan himoyalanish, demak ionlovchi nur manbalari bilan ishlash vaqtini qisqartirish (ish kunini qisqartirish, cho‗zilgan ta‘til); - masofa bilan himoyalanish (distansion boshqaruv, manipulyatorlarni qo‗llash). Bu usul juda samarali chunki manbadan ishchigacha bo‗lgan masofani 2 martaga ko‗payishi nur dozasini 4 marta kamaytiradi. - ekran bilan himoyalanish-har xil qalinlikdagi va har xil materiallardan qilingan ekranlarni qo‗llash. Ekranlashtirish uchun qo‗llaniladigan materialning turi nurning energiyasi va xarakteriga, uning quvvatiga va qo‗llaniladigan materialning turiga bog‗liq bo‗ladi. Rentgen va gamma nurlaridan himoyalanish uchun qo‗rg‗oshin, qo‗rg‗oshinli shisha yoki rezinka, temir, g‗isht, beton, suv ishlatiladi. Bunda ekranlar sifatida konteynerlar, qurilish konstruksiyalari, eshik, deraza, pol, shift, parda, fartuk, qo‗lqop va ko‗zoynaklar bo‗lishi mumkin. Neytronlardan himoyalanish uchun bir necha qavatli himoya qo‗llaniladi: 1 qavat- tezkor neytronlarni susaytirish uchun (parafin, suv); 2 qavat-sekin neytronlarni shimishi uchun (bor, kadmiy); 3 qavat-sekin neytronlarni yutilishida kelib chiqadigan gamma nurlarni yutish uchun. Beta nurlaridan himoyalanish uchun engil materiallar qo‗llaniladi (alyuminiy, plastmassa, organik shisha). 161 Ochiq ionlovchi nur manbalari-bu shunday manbalarki ulardan foydalanganda tashqi muhit radiaktiv birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. Shunday manba bilan ishlovchi ishchilar radiaktiv birikmalarni inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar. Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda nafaqat tashqi nurlanishdan himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv birikmalarni organizmga tushishini oldini olish choralari ham ko‗zda tutilishi kerak. Ochiq manbalar bilan ishlash uchun sanitariya epidemiologiya xizmatidan ruxsatnoma olish kerak, lekin ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.01.2006 buyruqida eng kam ahamiyatga ega faollik o‗rnatilgan - bu degani ish joyida kam ahamiyatga ega bo‗lgan faollik uchun Sanitariya epidemiologiya xizmatini qarori talab qilinmaydi. Eng kam ahamiyatli faollik miqdori radionuklidlarni havflilik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Radiatsion xavflilik darajasi bo‗yicha barcha radionuklidlar 4 guruhga bo‗linadi: A,B,V,G. Radionuklidlarni qaysi guruhga mansubligi va uni eng kam ahamiyatga ega bo‗lgan faolligi ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.01.2006 da buyruqi bo‗yicha aniqlanilishi mumkin. Agar ionlovchi nur manbalarining faolligi eng kam ahamiyatli faollikdan yuqori bo‗lsa radiaktiv birikmalar bilan ishlash sinfi aniqlanishi kerak. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling