Nuraliyeva xafiza otaevna
DOZIMETRIK VA RADIOMETRIK NAZORAT OLIB BORISHDA
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
6.5. DOZIMETRIK VA RADIOMETRIK NAZORAT OLIB BORISHDA
QO‘LLANILADIGAN TEKSHIRISH USULLARI Dozimetrik va radiometrik nazoratini olib borish asosida ionlovchi nurlanishni qayd qilish yotadigan instrumental tekshiruvlardan foydalanishga asoslanadi. Ionlovchi nurlanishni qayd qilish usullarini quyidagi guruhlarga bo‗lish mumkin: 1. fizikaviy, ionlashtiruvchi, sintilyasion, kalorimetrik, spektrometrik 2. kimyoviy, fotografik, radiokimyoviy 162 3. biologik. Fizikaviy usullari 1. Ionizatsiya usuli. Bu usul Geyger-Myuller hisoblagichini to‗ldiradigan gazning ionizatsiyalanish samarasini qayd qilinishiga asoslangan. Ionlanish natijasida hisoblagichni darajalanishi yoki ular zaryadlari potensialining kamayishiga olib keladi. Hisoblagichga priborni pasportida ko‗rsatilgan muayyan ish kuchlanish berilganda hisoblagichni darajalanishidan kelib chiqadi. Geyger-Myuller hisoblagichi yordamida beta-zarrachalari, gamma-kvant, shuningdek rentgen nurlari qayd qilinadi qattiq turdagi nurlarni dozimetriya va dozimetriyasi. 2. Sintilyasion usul. Ba‘zi bir moddalar (rux sulfid, stilben, antratsit) ionizatsion nurlanishi ta‘siri ostida yorug‗lik va sintilyasion portlash hosil qilishiga asoslangan. Sintilyasiya intensivligi ionlovchi nur instensivligiga proporsional bo‗ladi. Bu usul har xil nurlanishlarni aniqlashda ishlatiladi. 3. Kalorimetriya usuli. Bu usul nurlanish energiyasining kalorimetik tanasida yutilib unda issiqlik energiyasiga aylanishiga asoslangan. Alfa nurlarini kalorimetrik usulda o‗lchash osonroq. Chunki ular kalorimetr tanasiga to‗liq yutiladi. Ko‗proq dozimetriyada qo‗llaniladi. Kimyoviy usullar. Kimyoviy usul. Bu usul yordamida ionizatsion nurni moddalarga ta‘sir qildirib kimyoviy o‗zgarishi aniqlaniladi: valentligining o‗zgarishi, molekulyar tarkibini o‗zgarishi, ochiq materiallarni qorayishi. Shaxsiy nurlanish dozasini aniqlash uchun ishlatiladi. Fotografiya usul. Ionlovchi nurlanish ta‘sirida fotoqog‗ozning qorayishni qayd qilinishiga asoslangan. Bu fotoqog‗ozning qorayishi darajasi nurlanish dozasiga bog‗liq bo‗ladi. Asosan korpuskulyar nurlarni tashqi oqimini o‗lchash uchun ishlatiladi. Biologik usul. Bu usul ionlovchi nurlanish ta‘sirida organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarni darajasi va xarakterini qayd qilishga asoslangan. Odamga nisbatan bu usul 163 qandaydir avariya natijasida shtatdan tashqari holatda olgan nurlanish dozasini baholash uchun ishlatiladi. Bu murakkab, mehnat talab qilinadigan usullar olingan nurlanish dozasi haqida aniq ma‘lumot bermasligi ham mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling