Nuraliyeva xafiza otaevna
FITOPREPARATLAR TAYYORLASHDA MEHNAT
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
7.2. FITOPREPARATLAR TAYYORLASHDA MEHNAT
SHAROITLARINING GIGIYENIK TAVSIFI Fitopreparatlar dorivor o‗simlik xom ashyosidan oladilar. Ularni ikki guruhga ajratadilar: yangi uzilgan o‗simliklardan tayyorlangan preparatlar va quritilgan o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlar. Yangi uzilgan o‗simliklardan tayyorlangan preparatlar sharbatlar va ajratmalarga bo‗linadi. Ularni tayyorlash chog‗ida apparaturaning germetikligi buzilgan holda va havo almashinuvi ishining samaradorligi past bo‗lganda ishlovchilarga ekstragentlarning (dixloretan, efirlar, spirtlar va b.) bug‗lari ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Yangi uzilgan dorivor o‗tlarni maydalash jarayonlarini gigiyenik jixatdan noqulay deb hisoblash lozim, chunki bu paytda ular sharbati tomchilari va mayda bo‗laklari nafas organlari tananing ochiq qismlari terisiga (qo‗llar, yuz) tushib, bunda terini yallig‗lantiruvchi va sensibilizatsiyalovchi ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Quritilgan o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlarga nastoyka va ekstraktlar kiradi. Nastoykalar quruq o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan spirtli yoki spirtli-efirli ajratmalar bo‗lib, ular isitishsiz va ekstragensiz olib tashlanmasdan olinadi. Nastoykalarni tindirish, perkolyasiya (filtr orqali uzluksiz filtrlash) va ekstraktlarni eritish yo‗li bilan oladilar. Ekstraktlar - quruq o‗simlik xom ashyosidan olingan konsentratsiyalangan tortmalar, ballast moddalardan tozalangan galenli preparatlar. Konsentratsiyasiga ko‗ra suyuq, quyuq va quruq ekstraktlarga ajratiladi. Ekstraktlarni olinishining texnologik jarayoni quyidagicha bo‘ladi: - quruq o‘simlik mahsulorlari; - suyuq qismi quruq qismidan ajratiladi, ya‘ni tindirish, filtrlash sentrafugalash yo‘li bilan olish; 167 - ekstragentlarni haydash, bunda suv, efir, spirt va boshqa moddalardan quyuq ekstraktlarni bug‘lantirish usuli bilan, quruq ekstraktlarni esa vakum ostida quritish usuli bilan haydash. Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‗ra organizmga turlicha ta‘sir qilishi mumkin: umumiy zaxarli, terini yallig‗lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi, masalan, tarkibida atropin guruhidagi alkaloidlar bo‗lgan belladonna o‗tini ortishda teriga tushib, uni yallig‗lantiradi. Uzoq ta‘sir etganda, ayniqsa ushbu o‗t yuqori nafas yo‗llari orqali tushganda zaxarli ta‘sir ko‘rsatidi va bosh aylanishi, umumiy qo‗zg‗alish, tomir urishi va nafas olishning tezlashishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Qizil qalampir, shalfey, va boshqalarning changi teriga yallig‗lantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Limonnik va boshqa o‗tlarning changi bilan aloqada allergik tasirlanish xillari ta‘riflangan. Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining ekstragentlar va eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‗lari bilan ifloslanishi ro‗y beradi. Masalan, bir qator korxonalarda spirtli eritmalar tayyorlash xonalarida etil spirti bug‗larining yuqori konsentratsiyalari aniqlandi, ularda ish zonasi havosida olingan sinamalarning 20-30% ida havodagi bug‗larning miqdori REMdan ortiq bo‗lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada ayrim uchastkalarda ishlovchilar me‘yoridan ortiq issiqlik bilan belgilanuvchi mikroiqlim va shovqinning bir vaqtdagi ta‘siri ostida bo‗ladilar. Farmasevtik ishlab chiqarish omillarining zararli ta‘sir ko‗rsatishining oldini olishda oqimli-so‘ruvci havo almashinuvining bo‘lisi, ishchilarni shahsiy himoya vositalari bilan ta‘minlanganligi katta ahamiyatga ega . Maydalagichlar, tegirmonlar, elaklar, shnekli va tasmali transportyorlar va boshqa texnologik uskunalarga xizmat ko‗rsatuvchi ishchilar maxsus kiyim-bosh, 03-N, 03-K turidagi ximoya ko‗zoynaklari qo‗lqoplar, ShB-1 turidagi respiratorlar bilan ta‘minlanishi shart. Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‗luvchi ishchilarda A rusumli filtrlovchi qutichali protivogaz bo‗lishi shart. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling